Fuk'anggan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fuk'anggan (Manjurcha : ᡶᡠᠺᠠᠩᡤᠠᠨ;[1] xitoycha: 福康安; 1753–1796-yillar), norasmiy nomi Yaolin, manjur zodagoni va Sin sulolasining generali edi. U Fuka urugʻidan edi va Sin sulolasi davrida eng yaxshi tayyorgarlik oʻtagan vai shonilgan qoʻshinlardan hisoblanuvchu Sakkiz bayroq qoʻshinlarining chegaralangan sariq bayrogʻiga mansub.

Fuk'anggan

Fuk'anganning otasi, imperator Syaoxianchunning ukasi Fuheng imperator Syanlun hukmronligining oʻrta yillarida davlat katta vaziri boʻlib ishlagan. Fuk'anggan Syanlun hukmronligi davrida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, general-gubernator , Liangjiang vitse-qiroli va Liangguang vitse-qiroli sifatida ham faoliyat olib borgan. Fuk'anggan oʻz davrida harbiy faolligi hamda jasoratlari tufayli Sin sulolasining ishonchli harbiy yoʻlboshchilaridan biriga aylana olgan edi. Keyingi faoliyati davomida u koʻplab harbiy yurishlarda ishtirok etib, koʻpida tengsiz gʻalabalarni qoʻlga kiritadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salar Jahriyya soʻfiy qoʻzgʻoloni 1784-yilda Fuk'anggan tomonidan Agui va Li Shiyao Gansu bilan birgalikda bostirildi. Xeshen qoʻzgʻolon paytida esa muvaffaqiyatsizligi uchun chaqirib olindi.

1787-yilda Tayvandagi Lin Shuangven qoʻzgʻolonida Sin hukumatiga qarshi 300000 kishi qatnashdi. Mana shunday vaziyatda Sin hukumati Fuk'anggan yordamiga tayanishga majbur boʻldi. Fuk’angan 20 ming qoʻshinga qoʻmondonlik qilib, qoʻzgʻolonni bostirdi. 1790-yilda Nepal Gurkha armiyasi Tibetga bostirib kirdi va 8-Dalay Lama Jamphel Gyatso Lxasadan qochib, Sin hukumatiga yordam soʻrab murojaat qildi. Imperator Syanlun Fuk'angganni Tibet yurishining bosh qoʻmondoni etib tayinladi va Fuk'anggan Nuvakotga yetib borguncha dushmanlar hujum qildi va oʻz qoʻshinlarini himoya qilishga intilib, Xitoy-Nepal urushida muzokaralar olib bordi.[2]

Darajalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1776–1784: Uchinchi darajali 三等嘉勇男)
  • 1784-1787: Birinchi darajali 一等嘉勇侯)
  • 1787–1793: Birinchi darajali 一等嘉勇公)
  • 1793–1796: Dyuk Zhongrui 忠銳嘉勇公)
  • oʻlimidan keyingi unvoni: Ikkinchi darajali shahzoda 嘉勇郡王)
  • oʻlimdan keyingi ism: Wenxiang (文襄)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Anonymous 1795, s. 84
  2. „Nepal and Tibetan conflict“. Official website of Nepal Army. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-aprel.