Fuat Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fuat Husainovich Tojiyev (1913.13.9, Kattaqoʻrgʻon 2001.13.5, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari doktori (1967), professor (1969). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937). Mahalliy sanoat ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1937— 41), urush qatnashchisi (1941—43). Oʻrta Osiyo industrial institutida katta oʻqituvchi (1944—46), ToshPI kimyotexnologiya fakulteti silikatlar texnologiyasi kafedrasi mudiri (1947—91). Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekiston hududidagi mahalliy tuproq, gil va xom ashyolarning texnologik xossalarini sistematik tarzda oʻrganish va ularni qurilish keramikasi ishlab chiqarish.da qoʻllashga oid. T. rahbarligida ilk bor Angren kaolinining texnologik xossalari chuqur oʻrganilgan va uning asosida keramik qorishmalar, sirlar, xoʻjalik va elektrotexnik chinni, olovbardosh va kislotabardosh materiallar olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Anorganik moddalarning fizikkimyoviy analizi (hamkorlikda), T., 1977.