Ftorid kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ftorid kislota - vodorod ftorid HF ning suvdagi eritmasi. 77% li eritmaning zichligi 1262 kg/m3, 95,2% li eritmaniki esa 1082 kg/m3. Ftorid kislota oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, ftoridlar va ularni eritib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Ftorid kislota boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq silikat materiallar bilan (jumladan, shisha bn) ham shiddatli reaksiyaga kirishadi. Shishani tezoblab gul va turli belgilar chizishda, ftoridlar olishda, erituvchi va reagent sifatida ishlatiladi.