Ftalotsianin boʻyagichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ftalotsianin bo‘yagichlardan yoʻnaltirildi)

Ftalotsianin boʻyagichlar - tetrabenzotetrazaporfin (ftalotsianin) hosilalari, sintetik organik boʻyagichlar guruhi. Ftalotsianin boʻyagichlardan mis ftalotsianin — zangori rangli pigment muxim texnik ahamiyatga ega. Bu guzni xlorlab yashil, sulfirlab feruza rangli, suvda eruvchan, quyosh nuriga chidamli Ftalotsianin boʻyagichlar olinadi. Ftalotsianin boʻyagichlar yorqin rangli, issiqqa, kislota va asoslar taʼsiriga chidamli, juda tatimli. Sintetik tolalar, plastmassalar va rezinani boʻyashda, suvda eruvchan Ftalotsianin boʻyagichlar esa jun, ipak va boshqa matolarni boʻyashda ishlatiladi.