Ftabatey simey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ftabatey Simeydan yoʻnaltirildi)

Ftabatey simey (taxallusi; asl ismsharifi Xasegava Tatsunoske) (1864.28.2, Tokio 1909.10.5, Singapur) — yapon yozuvchisi. Yapon tanqidiy realizmi va hozirgi yapon adabiy tili asoschisi. Tokio chet tillar institutining rus boʻlimida oʻqigan. F.S. ijodiga rus adabiyoti katta taʼsir koʻrsatgan. "Romanning umumiy nazariyasi" (1886) asarida F.S.ning sanʼat mohiyatiga, adabiyotning ijodiy metodi boʻlmish realizmga qarashlari bayon etilgan. "Suzayotgan budut" (1887—88) romanida yangi burjua voqeligidan koʻngli qolgan "ortiqcha kishi" obrazi tasvirlangan. "Uning qiyofasi" (1907), "Oddiy odam" (1907) kabi romanlari xam bor.