Frédéric Joliot-Curie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frédéric Joliot-Curie (1900.19.3 — Parij — 1958.14.8) — fransuz fizigi. Xalqaro tinchlik tarafdorlari harakati asoschilari va rahbarlaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yadro kimyosi, yadro texnikasiga oid. I. Jolio-Kyuri bilan birgalikda birinchi boʻlib gamma-kvantdan xosil boʻlgan elektron-pozitron juftlari izining fotosuratini oldilar (1933) va shu yilning oʻzida fransuz fizigi J. Tibo bilan hamkorlikda birinchi marta elektron-pozitron juftlari annigilyasiyasti kuzatdilar. Fransuz olimlari G. Alban va L. Kovarskixlar bilan hamkorlikda birinchi boʻlib yadro portlashida zanjir reaksiya boʻlishini isbotlagan (1939), neytron massasining proton massasiga nisbatan bir qancha kattaligini koʻrsatgan (1939). Kollej de Frans yadro fizika va kimyo laboratoriya sida birinchi fransuz siklotronniy ishga tushirgan. 1948-yil 15-dekabrda J.-K. rahbarligida Fransiyada birinchi atom reaktori ishga tushirildi. 1940-yildan J.-K. Tinchlik tarafdorlari xalqaro kongressi doimiy qoʻmitasining, 1951-yildan esa Xalqaro tinchlik kengashining raisi. Nobel mukofoti (1935), "Xalqaro tinchlikni saqlash uchun" mukofoti (1951) laureati.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil