Frittlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frittlar (ital. fritta, frigo — qovuraman, quritaman) — shisha yoki keramikaning mikroelementlar (bor, pyx, marganets, molibden, mis, temir) bilan qotishmasi holidagi mikrooʻgʻit. Taʼsir etuvchi moddalar miqdori F. tayyorlash texnologiyasiga bogʻliq. Koʻproq konsentrlangan borli F.da 6% gacha, misli F.da 15,2% gacha, ruxli F.da 19% gacha, marganetsli F.da 26% gacha, molibdenli F.da 4,5% gacha mikroelement boʻladi. F. oʻsimliklar mikroelementlar bilan bir tekisda oziqlanadigan manbadir. F. tuprokda sekin eriydi (nordon muhitda tezroq), mikroelementlar yuvilib ketmasligi sababli oʻsimliklar bir necha yil davomida oʻzlashtiradi. F. oʻsimlik oʻsishini, mahsulot sifatini yaxshllaydi, baʼzi fermentlar, mas, askorbinoksidaza, peroksidaza, polifenokendazalar faolligani oshiradi, barg toʻqimalarining oksidlanishini kamaytiradi. Juda maydalangan F. tuproqqa asosiy ishlov berishda yoki ekish paytida organik va mineral oʻgʻitlar bilan birga solinadi.