Frits Gaber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaber (Nayeg) — Frits (1868.9.12, hozirgi Vrotslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi prof. (1898 y.dan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN ini oʻlchashda qoʻllaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil