Fridun Safarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Safarov Firudin Sattor oʻgʻli
Tugʻilishi 1-avgust 1933 (1933-08-01) (86 yosh)
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

SAFAROV Firudin Sattor oʻgʻli (1933. 1.8, Boku) — opera rejissyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1986). Ozarbayjon davlat konservatoriyasini (1957), Leningrad davlat konservatoriyasini (1968) tugatgan. 1953—64 yillar Ozarbayjon simfonik orkestrida ishlagan. Ozarbayjonning birinchi professional opera rejissyori. S. keng diapazonli rejissyor boʻlib, asarning gʻoyaviy-badiiy mazmuniga chuqur kirish, yorqin sahna tili va yuqori sahna madaniyati bilan ajralib turadi. 196977 yillar M.F. Oxundov nomidagi Ozarbayjon davlat opera va balet teatrida, 1977—86 yillar Navoiy teatrining bosh rejissyori, 1986 yildan postanovkachirej. "Layli va Majnun", "Goʻroʻgʻli", "Pyotr I", "Faust", "Sadoqat", "Qargʻa motkasi", "Otello", "Maysaraning ishi", "Hayotbaxsh oʻlim","SayatNova", "Boʻron", "Iolanta", "Ona yuragi", "Xiva ordeni" kabi operalarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil