Kontent qismiga oʻtish

Fridolina Rolfö

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fridolina Rolfö
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 24-noyabr 1993-yil (1993-11-24) (30 yosh)
Tavallud joyi Kungsbacka, Shvetsiya
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Fjärås
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Tölö
2011—2013 Jitex 59 (16)
2014—2016 Linköping 51 (16)
2017—2019 Bayern Munich 40 (18)
2019—2021 VfL Wolfsburg 25 (9)
2021– Barcelona 26 (9)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Shvetsiya U19 26 (8)
2015– Shvetsiya terma jamoasi 65 (22)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-iyun 2022-yil (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-aprel 2022-yil (utc) uchun)

Fridolina Rolfö (1993-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Primera Divizioni Barselona klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.[2]

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tolodan kelganidan soʻng, Rolfö oʻzining Damallsvenskandagi debyut mavsumida, 2011-yilda Jitex uchun toʻqqizta gol urdi. Uning eng yaxshi pozitsiyasi oʻng qanotda edi[3]. U Göteborgs-Posten tomonidan 2011-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi.

Rolfö 2014-yilda Linköping bilan shartnoma imzolagan va UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Angliya chempioni Liverpul ga qarshi debyutida xet-trik qayd etgan[4].

2016-yilning noyabrida Rolfö Frauen-Bundesliganing amaldagi chempioni Bavariya bilan shartnoma imzolashi eʼlon qilindi. U 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab 18 oylik shartnoma imzoladi[5]. Germaniyadagi uch mavsumining har birida Bavariya ligada VfL Volfsburgdan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi[6]

2019-yil may oyida Frauen-Bundesliganing amaldagi chempioni VfL Volfsburg Rolfö bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7].

2020-yil 25-avgust kuni Rolfö Chempionlar Ligasi yarim finalida Barselona darvozasiga kiritilgan yagona gol sohibi boʻlib jamoasiga final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishda yordam berdi, ammo finalda uning jamoasi Lion ga 1:3 hisobida magʻlub boʻlishdi[8][9].

2021-yil 30-iyunda Rolfö shartnoma muddati tugaganidan keyin VfL Volfsburgni tark etdi. 2021-yilning 7-iyulida u Barselona bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. 4-sentyabr kuni Rolfö Barselona safida rasmiy debyutini oʻtkazdi va u soʻnggi 18 daqiqalikda maydonga Rolfö Granadilla Tenerifega qarshi oʻyinida jamoadoshi Mariona Kaldenteyni oʻrniga maydonga tushgan[11]. Bir hafta oʻtgach, u Real Betisga qarshi yana bir 5:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi, bu Rolfönig klub uchun birinchi golini boʻldi[12].

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rolfö 2011-12-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan ayollar chempionatida Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan xalqaro[13] jamoasida oʻynagan. U Shvetsiyaga Ispaniyani qoʻshimcha vaqtda 1:0 hisobida magʻlub etib, musobaqada gʻalaba qozonishga yordam berdi[14].

Rolföning Linköping bilan klub milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundhagening eʼtiborini tortdi, u 2014-yil 29-oktabrda Eyravallenda Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Shvetsiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida Rolföga debyut oʻyini uchun imkon berishdi. Oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida zahiradan maydonga tushdi oʻyinida golli vaziyatni yuzaga keltirdi, ammo nemis darvozaboni Nadin Angerer u zarbani qaytardi[15].

Rolfö 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etib, finalda Germaniyaga imkoniyatni boy berishdi, Shvetsiyaga kumush medallar nasib etdi[16]. Rolfö USWNTga qarshi chorak finalda jarohat olib, Oltin medal uchun boʻlgan oʻyinda maydonga tusha olmadi[17].

2019-yil 16-iyun kuni Rolfö 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Tailand ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi golini kiritdi[18].

Rolfö 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. U Shvetsiyaning Yangi Zelandiyaga qarshi guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinidan tashqari barcha oʻyinlarda maydonga tushdi. U beshta oʻyinda uchta gol urdi, Shvetsiya finalda Kanadaga penaltilar seriyasida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi va yana kumush medalni qoʻlga kiritdi[19].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]


Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa UWCL Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Jitex 2011 Damallsvenskan 21 9 2 0 23 9
2012 16 3 3 0 19 3
2013 22 4 1 0 23 4
Jami 59 16 6 0 65 16
Linköping 2014 Damallsvenskan 20 8 3 0 23 8
2015 18 3 3 1 0 0 5 4 26 8
2016 13 5 4 7 1 1 18 13
2017 1 0 1 0
Jami 51 16 11 8 1 1 5 4 68 29
Bayern Munich 2016–17 Frauen-Bundesliga 5 0 0 0 0 0 5 0
2017–18 19 9 2 2 2 1 23 12
2018–19 16 9 1 1 6 2 23 12
Jami 40 18 3 3 8 3 51 24
VfL Wolfsburg 2019–20 Frauen-Bundesliga 11 6 1 0 4 2 16 8
2020–21 14 3 3 0 5 1 22 4
Jami 25 9 4 0 9 3 38 12
Barcelona 2021–22 Primera División 26 9 3 0 2 1 11 3 42 13
Karyerada jami 201 68 27 11 3 2 33 13 264 94
Gol Oʻyin Sana Manzil Raqib Oʻyinga tushish Min Hisob Natija Musobaqa
Niderlandiya 2017-yilgi Yevropa chempionati
1
2017-07-17 Breda Germaniya 56-daqiqada almashtirildi 0-0 Guruh oʻyini
2
2017-07-21 Deventer Rossiya 46-daqiqada maydonga tushdi 2-0 Guruh oʻyini
3
2017-07-25 Doetinchem Italiya 46-daqiqada maydonga tushdi 2-3 Guruh oʻyini
4
29.07.2017 Doetinchem  Niderlandiya 73-daqiqada almashtirildi 0-2 Chorak final


  • Damalsvenskan : 2016-yil
  • Svenska Kupen : 2013–14, 2014–15

Germaniya VfL Volfsburg

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Frauen-Bundesliga : 2019–20
  • DFB-Pokal Frauen : 2019–20, 2020–21
  • Primera divizioni : 2021–22
  • Ispaniya Superkubogi : 2021–22
  • Yozgi Olimpiya oʻyinlari : kumush medal, 2016, 2020
  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : Bronza medali,[20] 2019-yil

Shvetsiya Shvetsiya U19

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2012-yil gʻolibi

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fotbollsgalan Diamantbollen : 2021-yil
  • Fotbollsgalan Shvetsiyada yilning eng yaxshi hujumchisi: 2021-yil
  • Fotbollsgalan Shvetsiyada yilning eng yaxshi goli: 2021
  1. Fridolina Rolfo (Wayback Machine saytida 22-sentyabr 2016-yil sanasida arxivlangan). rio2016.com
  2. Statistics in the SFA's website
  3. Sköld. „Fridolina – bara bättre och bättre“ (shvedcha). Göteborgs-Posten (8-aprel 2012-yil). 14-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2013-yil.
  4. „Rolfö rolls Liverpool over, Wolfsburg hold nerve“. UEFA (16-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
  5. „FCB-Frauen verpflichten Fridolina Rolfö“ (olmoncha). FC Bayern Munich (22-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  6. Frauen-Bundesliga – Wikipedia
  7. „Rolfö joins She-Wolves“ (inglizcha). Rolfö joins She-Wolves (15-iyun 2019-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  8. „Wolfsburg 1-0 Barcelona: semi-final report“. UEFA (25-avgust 2020-yil). Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  9. „Wolfsburg 1-3 Lyon: Women's Champions League final report“. UEFA (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  10. „Fridolina Rolfö signs until 2023“ (inglizcha). fcbarcelona.com. FC Barcelona. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  11. „Barça 5-0 Granadilla: Magnificent start“. FC Barcelona (4-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentyabr 2021-yil.
  12. „Betis 0-5 Barça: Women get five again“. FC Barcelona (11-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentyabr 2021-yil.
  13. Profile in UEFA's website
  14. „Sweden U19 vs. Spain U19 – 14-iyul 2012-yil – Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  15. Hilmersson, Eric. „Schelin blev tidernas bästa målskytt“ (shvedcha). Göteborgs-Posten (29-oktabr 2014-yil). 3-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
  16. „2016 Olympic Games: MATCH Report: Sweden - Germany: Gold Medal Match“. ESPN.
  17. Lawson, Sophie. „Rolfö's Olympics is over“. Vavel (15-avgust 2016-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
  18. „Sweden book place in last 16 of World Cup as Thailand endure another rout“. Telegraph. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  19. Matchett. „Canada beat Sweden on penalties to win gold medal in women’s football at Tokyo Olympics“. Independent (6-avgust 2021-yil). Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  20. Sinnott, John. „Sweden secures bronze medal after narrow win over England“. CNN (6-iyul 2019-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.