Freya Allan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Freya Allan
Tavalludi 6-sentyabr 2001-yil (2001-09-06) (22 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2017-hozirgacha

Freya Allan (6-sentabr, 2001-yil, Oxford, Birlashgan Qirollikda tugʻilgan) — buyuk britaniyalik aktrisa. Allan Netflix suratga olgan serial — The Witcherda Cintra saltanati taxt vosirisi malika Cirilla roli bilan mashhur. U, shuningdek, 2021-yilgi Gunpowder Milkshake filmida yosh Sam sifatida va AMC telekanali efirga uzatgan Into the Badlands filmida yosh beva ayol sifatida paydo boʻladi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Freya Allan 2001-yilning 6-sentyabr sanasida Angliyaning Oksford shahrida tug‘ilgan va ushbu shahardagi Headington maktabida tahsil olgan[1][2]. Allan oʻzining sanʼatkorlik taʼlimini Buckinghamshireda joylashgan Beaconsfielddagi National Film and Television School (Mahalliy film va televedeniye maktabi)da davom ettiradi.

U yerda aktyorlik faoliyati doirasida ikkita qisqa metrajli filmlar— Bluebird and The Christmas Tree filmlarida rol oʻynaydi. Allan Bournemouth san'at universitetida oʻqishni davom ettiradi va u yerda Captain Fierce qisqa metrajli filmida Linda rolini ijro etadi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allan 2019-yilgi BBC telekanali efirga uzatgan dramatik britaniya televizion seriali — "The War of the Worldsning birinchi epizodida kichik rol oʻynagan[4].

Oʻsha yili u Schön! jurnali oʻzlarining 10 yilligini nishonlayotgan paytda, jurnalning birinchi muqovasida paydo boʻldi[5].

Allan Netflix original seriali The Witcherda Ciri rolidagi Anya Chalotra hamda Henry Cavill bilan birga rol oʻynaydi. Bu serial polshalik yozuvchi Andrzej Sapkowskining The Witcher kitoblari seriyasidan Lauren Schmidt Hissrich tomonidan moslashtirilgan fantastik dramadir.

U dastlab birinchi epizodda kichik rolga tayinlangan, ammo keyinchalik Ciri obrazida, asosiy rol sifatida qayta ishlagan[6]. Allan sakkiz oy davomida Vengriyaning Budapesht shahrida yashaydi va ushbu davr mobaynida serialning birinchi mavsumi suratga olinadi[7]. Aktrisa 2020-yil boshida Londonda ishlab chiqarilgan va 2021-yilda Netflix-da chiqarilgan "The Witcher" filmining ikkinchi mavsumida ham rol o‘ynagan[8][9].

Allan 2021-yilgi Saturn mukofoti uchun teleserialdagi yosh aktyor tomonidan eng yaxshi ijro nominatsiyasiga nomzod boʻladi[10]. Allan qahramoni Ciri 2-mavsumda Witcher bilan birga jangchi boʻlish uchun mashgʻulotlarda paydo boʻladi[11].

2021-yilda Allan Ruby Barker bilan birga boʻlajak Baghead qoʻrqinchli filmida bosh rolga tayinlangan. Film rejissyori Alberto Corredor boʻlgan[12].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Mnb.
2017 Bluebird Caitlin Qisqa metrajli film
The Christmas Tree Christmas tree girl
Captain Fierce Linda
2021 Gunpowder Milkshake Young Sam
TBA Baghead

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Mnb.
2018 Into the Badlands Young Minerva 1ta epizod
2019 The War of the Worlds Mary 1ta epizod
2019-present The Witcher Cirilla „Ciri“ Bosh rol [13]
2020 The Third Day Kali Miniserial; 5ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Kategoriya Nomzod serial/film Natija Mnb.
2021 Saturn Awards Best Performance by a Younger Actor on a TV Series The Witcher Nominatsiya [14]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Didymus, John Thomas. „Princess Cirilla of Cintra on Netflix's The Witcher: Who is the actress Freya Allan?“. Monsters and Critics (2019-yil 20-dekabr). „Freya Allan was born in September 2001 in Oxfordshire, England. She attended Headington School in Oxford“.
  2. „Freya Allan“. United Agents (2019).
  3. Bucholtz, Meg. „Why Ciri from the Witcher looks so familiar“. Looper.com (2019-yil 25-dekabr).
  4. Harp, Justin; Opie, David. „The Witcher star says casting was "a really bizarre, confusing experience"“. Digital Spy (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  5. „Schön! 37 digital cover - Freya Allan“. schonmagazine.com (2019-yil 29-noyabr).
  6. Harp, Justin; Opie, David. „The Witcher star says casting was "a really bizarre, confusing experience"“. Digital Spy (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.Harp, Justin; Opie, David (19 December 2019). "The Witcher star says casting was „a really bizarre, confusing experience“". Digital Spy. Retrieved 9 March 2020.
  7. Smith, Josh. „Netflix's The Witcher just broke a record with 76 million views (and people say it's the new Game of Thrones)“. Glamour UK (2020-yil 22-yanvar).
  8. Otterson, Joe. „'The Witcher' renewed for Season 2 at Netflix ahead of Network premiere“. Variety (2019-yil 13-noyabr).
  9. „'The Witcher' Season 2“. instagram (2020). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  10. „Saturn Award Nominations 2021“. saturnawards.org (2021). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.. saturnawards.org. 2021. Archived from the original on 14 August 2021.
  11. „'The Witcher': Freya Allan on Finally Working With Henry Cavill in Season 2, More Fighting in Season 3 (Video)“. yahoo.com (2021-yil 17-dekabr).
  12. „Bridgerton star joins The Witcher's Freya Allan in new horror movie“. MSN (2021-yil 7-iyul).
  13. Chitwood. „'The Witcher' Season 2: Kristofer Hivju Says Nivellen Was 95% Prosthetics, Explains the Design's Evolution“. yahoo.com (2021-yil 21-dekabr).
  14. „Saturn Award Nominations 2021“. saturnawards.org (2021). 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]