Freonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Freonlar — yogʻ qatori uglevodorod ftoridlar va uglevodorod ftorxloridlar guruhi. F. suvda erimaydigan, organik erituvchilar va koʻpgina surkov moylarida esa yaxshi eriydigan gazsimon yoki suyuq moddalardir. F. nisbatan kimyoviy inert, havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qilmaydi, yonmaydi, lekin alanga taʼsirida parchalanib zaharli diftor va ftorxlorfosgenga aylanadi. F. sulfat kislota va konsentrlangan ishqorlar taʼsiriga chidamli, texnikada qoʻllanadigan koʻpgina metall va qotishmalar (latun va magniy asosidagi qotishmalardan tashqari) bilan reaksiyaga kirishmaydi. F. vodorod ftorid yoki surma ftoridlarga tegishli uglevodorod xloridlar taʼsir ettirib hosil qilinadi. Sovitish mashinalarida sovitkich modda oʻrnida (mas, CC13F, CC12F2 va boshqalar), yongʻinni oʻchirishda (mas, CBrF3), baʼzi F. ftorli olefinlar va ular asosida polimerlar olishda xom ashyo sifatida qoʻllanadi.