Fregatsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fregatsimonlar (Fregatidae) -dengiz saqoqushlari oilasi. Uzunligi 78—104 sm. Tumshugʻi uzun, uchi juda egilgan, qanotlari uzun (2 m gacha) va ingichka. Barmokdarida uzun tirnoklari bor; suzgich pardasi faqat barmoqlari asosida rivojlangan. Yengil va chiroyli uchadi. Dam olish uchun suvga qoʻnmaydi (dumgʻaza bezi yaxshi rivojlanmagan, qanotlari xoʻl boʻlib qoladi). Okeanlardagi orollarda 5 turni oʻz ichiga olgan bitta urugʻi (fregatlar) bor. Guruh boʻlib daraxt, qoyalar yoki yerga in kuradi. 1 ta, baʼzan 2 ta tuxum bosadi. Baliqlar va dengiz umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Oʻljasini pastlab uchib suvdan ushlaydi. Boshqa qushlar koloniyasi yaqinida yashaydi; ularning oʻljasini va joʻjalarini oʻgʻirlaydi. 2 turi Xalqaro kizil Kitobga kiritilgan.