Frappe qahvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
frappe qahva

Frappe qahvasi (fran: frappé-sovutilgan) — sutli koʻpik bilan qoplangan yunonda kelib chiqqan sovuq qahva ichimligi.

Ichimlik koʻpincha frantsuz frappe nomi (fran ― „muz boʻaklarida sovutilgan“, frapper ― urish) va granit deb nomlangan Amerika ichimligining bir turi bilan bogʻliq[1].

Ichimlik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957 yilda  Salonika xalqaro savdo yarmarkasida Nestle vakili Yannis Rizos bolalar uchun yangi shokoladli ichimlikni taqdim etdi, sutni shokolad bilan shaykerda aralashtirish yetarli edi. Dritsasning qoʻl ostidagi xodimi Dimitrios Vakondios tanaffus paytida, riydigan qahva tayyorlash yoʻlini qidirib, hech qayerdan issiq suv topolmay, uni sovuq suv bilan  shaker yordamida aralashtirishga qaror qildi. Qahva, shakar va suvni shu tarzda aralashtirib, tarixdagi birinchi frappe qahvasini tayyorladi[2].

Tayyorlash uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frappe qahvasi sheyker va mikser yordamida shakar, oz miqdorda suv va bir yoki ikki portsiya qahvani, kopik hosil boʻlgunicha koʻpirtirib tayyorlanadi. Ichimlik sovuq suv, muz va sut qoʻshib shisha stakanda beriladi.

Turli xil variantlarda frappe turli likyorlar[3], shokolad va muzqaymoq bilan tayyorlanishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Milwaukee Journal Arxivlandi 2015-10-06 Wayback Machine saytida. (ingl.)
  2. 1957 International Trade Fair in Thessaloniki Arxivlandi 2006-05-02 Wayback Machine saytida.
  3. „www.fridays.gr/FoodMenu.aspx?C=75“ (deadlink). 9-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-mart 2012-yil. Arxivlandi 2020-01-09 Wayback Machine saytida.