Kontent qismiga oʻtish

Franz Xaver von Baader

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Franz Xaver von Baader

Benedikt Franz Xaver Baader (27-mart 1765-yil — 23-may 1842-yil) — katolik faylasufi, sotsiolog va ilohiyotchi, romantizm vakili. 1781-1784-yillarda Ingolshtadta va Vena universitetlarida tibbiyotni o‘rgangan. Oʻzining ilmiy faoliyati davomida ilohiyotni falsafa bilan bog‘lashga harakat qilgan. I.Kantning „Sof idrok tanqidi“ nomli asari bilan bahslashgan, Baaderning taʼkidlashicha, ushbu asarda Xudoni tanishda idrokning „ko‘r“ bo‘lishi maʼlum bo‘lgan, lekin shu bilan birga kantchilikning dinga bo‘lgan ehtiyojni asoslab bergan „Amaliy idrokning tanqidi“ nomli asarini juda yuqori baholagan. Keyinchalik mistika va okkultizmga doir adabiyotlar bilan qiziqa boshlagan (kabbala, Ya. Yuyomeva boshqalar).

Uning taʼkidlashicha, insonning hissiy bilish bilan aqliy qobiliyatining ajralishidagi noqislik ilk gunohning oqibatidir. Baader dunyoni ijobiy va salbiy tamoyillar o‘rtasidagi kurash maydoniga o‘xshatadi. Aksar romantiklar singari, uning davri eskirgan va qotib qolgan diniy institutlarning „yangilanishi“ga zarur shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblagan. Rus Pravoslavligi taʼsiri ostida bo‘la turib, xristianlikning yangilanishi pravoslav sobori gʻoyalari tufayli amalga oshirilishi mumkin, deb taʼkidlagan. Rossiyaga yuklangan maxsus diniy-tarixiy vazifasiga tayangan holda, Baader rus millati o‘z „diniy instinkt“ini saqlab qolganini eʼtirof etadi. Baader Xudoning borligini isbotlovchi barcha aqliy dalillarga qarshi chiqqan; Xudo haqidagi turli bahs-munozaralarni „taxminiylik“ deb hisoblagan. Xudoni idrok etishning asosiy obyekti insonning o‘zi hisoblanadi („mikrobog“). Bilish jarayonida vijdon muhim rol o‘ynaydi. Baader ijodiga G. V. F. Gegel juda katta taʼsir ko‘rsatgan; shu bilan birga, Baaderning diniy-falsafiy g‘oyalari F.Shelling, S.Kyerkegor, slavyanparastlar V. S. Solovyeva, N. A. Berdyayevalarning ijodida o‘z taʼsirini ko‘rsatgan. Baaderning asosiy asarlari: „Idrokni harakatga keltiruvchi omillar“; „Falsafiy asarlar va nutqlar“, „Amaliy dogmatika bo‘yicha maʼruzalar“[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 66-67.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.