Fransuz adabiyoti



Fransuz adabiyoti (fransuzcha: littérature française) – odatda fransuz tilida yozilgan adabiyotga nisbatan qoʻllanadi, xususan Fransiya fuqarolari tomonidan yaratilgan asarlar tushuniladi. Shuningdek, bu atama Fransiyada yashovchi, ammo fransuz tilidan tashqari mamlakatning anʼanaviy tillarida ijod qiladigan yozuvchilarning adabiyotiga ham taalluqli boʻlishi mumkin. Fransuz tilida, lekin boshqa davlat fuqarolari tomonidan, masalan, Belgiyada, Shveysariyada, Kanadada, Senegalda, Tunisda, Jazoirda, Marokashda va boshqa mamlakatlarda yozilgan asarlar esa Frankofon adabiyoti deb yuritiladi.
Asrlar davomida fransuz adabiyoti fransuz xalqi uchun milliy faxr boʻlib kelgan va Yevropa adabiyotining eng taʼsirchan yoʻnalishlaridan biri hisoblangan[1][2]. Fransiya adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari soni jihatidan mamlakatlar orasida birinchi oʻrinda turadi.
Fransuz adabiyotining eng qadimiy namunalardan biri – Roland haqida qoʻshiq boʻlib, u „chansons de geste“ deb nomlanuvchi epik sheʼrlar turkumining birinchi yirik asari hisoblanadi[3].
Fransuz tili lotin tilidan kelib chiqqan, asosan kelt va frank tillarining taʼsiriga uchragan roman tilidir. XI asrdan boshlab oʻrta asr fransuz tilida yozilgan adabiyot Gʻarbiy Yevropadagi eng qadimiy xalq tilidagi (lotincha boʻlmagan) adabiyotlardan biri sifatida shakllandi va butun qitʼa boʻylab Oʻrta asrlarda adabiy mavzularning muhim manbaiga aylandi.
XIV asrda Italiyadagi xalq tilidagi adabiyotning yuksalishi bilan fransuz adabiyotining Yevropadagi nufuzi qisman pasaygan boʻlsa-da, XVI asrda Fransiya adabiyoti katta ijodiy rivojlanish davrini boshdan kechirdi. Eski tartibning siyosiy va badiiy dasturlari orqali XVII asrga kelib fransuz adabiyoti Yevropa adabiyotida ustun mavqega ega boʻldi.
XVIII asrda fransuz tili Gʻarbiy Yevropaning (qisman Amerikada ham) adabiy lingua frankasi va diplomatik tili boʻldi. Fransuz adabiyoti barcha Yevropa va Amerika adabiy anʼanalariga chuqur taʼsir koʻrsatdi, shu bilan birga oʻzi ham boshqa milliy anʼanalardan kuchli taʼsir oldi. Afrika va Uzoq Sharq orqali fransuz tili Yevropadan tashqaridagi madaniyatlarga kirib bordi. Bu jarayon fransuz adabiy tajribasini boyitib, bugungi kunda uni yangi shakllar va yoʻnalishlar bilan toʻldirmoqda.
Eski tartibning aristokratik ideallari („honnête homme“), inqilobdan keyingi Fransiyaning millatchilik ruhi hamda Uchinchi Respublika va zamonaviy Fransiyaning ommaviy taʼlim gʻoyalari taʼsirida fransuzlar oʻz adabiy merosiga chuqur madaniy bogʻliqlik hosil qildilar. Bugungi kunda Fransiya maktablarida roman, drama va sheʼriyatni (koʻpincha yodlab oʻrganish shaklida) oʻrganishga katta eʼtibor beriladi. Adabiyot sanʼati davlat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanadi, adabiy mukofotlar esa muhim madaniy voqea sifatida ommaviy axborot vositalarida yoritiladi. Fransiya akademiyasi va Fransiya instituti mamlakatning muhim tilshunoslik va badiiy institutlari hisoblanadi. Fransuz televideniyesi yozuvchilar va shoirlarga bagʻishlangan koʻplab koʻrsatuvlarni efirga uzatadi (ulardan biri Apostrophes adabiyot va sanʼatga oid haftalik tok-shou boʻlib, Fransiyada eng koʻp tomosha qilingan koʻrsatuvlardan biri boʻlgan). Adabiyot fransuz xalqi uchun nihoyatda muhim boʻlib, ularning milliy oʻzligini shakllantirishda asosiy oʻrin tutadi[4].
2022-yil holatiga koʻra, Fransiyadan 15 nafar adib adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan boʻlib, bu boshqa har qanday mamlakat yozuvchilari, shoirlari va essenavislaridan koʻproqdir. 1964-yilda Jean-Paul Sartre adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan, biroq u mukofotni qabul qilishdan bosh tortgan. Bunga sabab qilib u shunday degan: „Jean-Paul Sartre“ deb imzo chekish bilan „Jean-Paul Sartre, Nobel mukofoti sohibi“ deb imzo chekish bir xil narsa emas. Yozuvchi oʻzini muassasaga aylantirishga yoʻl qoʻymasligi kerak, hatto bu eng sharafli shaklda amalga oshirilsa ham.[5]"
Fransiyaning adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asrning aksar qismida fransuz mualliflari boshqa har qanday davlat vakillariga qaraganda ko‘proq Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar[6]. Quyida Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan fransuz yoki fransuz tilida ijod qilgan mualliflar ro‘yxati keltirilgan:
- 1901 – Sully Prudhomme (Adabiyot bo‘yicha birinchi Nobel mukofoti sovrindori)
- 1904 – Frédéric Mistral (Oksitanchada yozgan)
- 1915 – Romain Rolland
- 1921 – Anatole France
- 1927 – Henri Bergson
- 1937 – Roger Martin du Gard
- 1947 – André Gide
- 1952 – François Mauriac
- 1957 – Albert Camus
- 1960 – Saint-John Perse
- 1964 – Jean-Paul Sartre (qabul qilishni xohlamagan)
- 1969 – Samuel Beckett (Irlandiyalik, ingliz va fransuz tillarida ijod qilgan.)
- 1985 – Claude Simon
- 2008 – J. M. G. Le Clézio
- 2014 – Patrick Modiano
- 2022 – Annie Ernaux
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ French literature (Wayback Machine saytida April 19, 2016, sanasida arxivlangan) Discover France
- ↑ Romance languages and literatures: why study French ? (Wayback Machine saytida April 19, 2012, sanasida arxivlangan) University of Michigan
- ↑ „Internet History Sourcebooks“. sourcebooks.fordham.edu. 2020-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ Roger Cohen, "The Media Business; Books Star on TV, but Only in France" (Wayback Machine saytida July 25, 2016, sanasida arxivlangan), The New York Times, September 10, 1990.
- ↑ „Saying 'No thanks' to Nobel | News | al Jazeera“. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
- ↑ National Literature Nobel Prize shares 1901–2009 by citizenship at the time of the award (Wayback Machine saytida August 5, 2014, sanasida arxivlangan) and by country of birth (Wayback Machine saytida August 5, 2014, sanasida arxivlangan). From J. Schmidhuber (2010), Evolution of National Nobel Prize Shares in the 20th Century (Wayback Machine saytida March 27, 2014, sanasida arxivlangan) at arXiv:1009.2634v1 (Wayback Machine saytida April 15, 2016, sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Fransuz adabiyoti haqida turkum mavjud |
- French Language & Literature Resources at Yale University
- Littérature francophone virtuelle (ClicNet) online texts
- Athena Textes Français[sayt ishlamaydi] online texts
- The Marandet Collection of French Plays
- ABU online texts
- French Literature at Digital Librarian
- Jean-Michel Maulpoix & Co.: Modern and contemporary French literature site maintained by prominent French poet Jean-Michel Maulpoix
