Fransuz Ittifoqi
Fransuz Ittifoqi (fransuzcha: Union française) — Fransuz mustamlaka imperiyasini isloh qilish uchun To‘rtinchi Fransiya Respublikasi tomonidan tuzilgan siyosiy tuzilma.

Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz Ittifoqi 1946-yil 27-oktyabrda Konstitutsiyaning VIII moddasiga muvofiq tashkil etilgan[1]. Fransuz koloniyalari departamentlar va dengiz ortidagi hududlarga aylantirildi, hududlardagi fuqarolarning yuridik maqomi oʻzgardi.
1958-yilda Beshinchi Respublika tuzilgach, Fransuz ittifoqi Fransuz hamjamiyatiga aylantirildi.
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz Ittifoqi metropoliya, dengizorti departamentlar, dengizorti hududlar, assotsiatsiyalashgan hududlar va assotsiatsiyalashgan davlatlardan iborat edi:
- Fransiya metropoliyasi
- Dengizorti departamentlar (les départements d’outre-mer):
- Dengizorti hududlar (les territoires d’outre-mer):
- Fransuz Gʻarbiy Afrikasi
- (Gʻarbiy qirgʻoqlari)
- (Janubi-gʻarbiy qirgʻoqlari)
- Kot-d'Ivuar
- Dagomeya (Benin)
- Yuqori Volta (Burkina-Faso)
- Niger
- Fransuz Ekvatorial Afrikasi
- Chad
- Ubangi-Shari (MAR)
- Kongo
- Gabon
- Madagaskar
- Fransuzlarning Hindistondagi mulklari
- Fransuz Somalisi (Jibuti)
- Komor orollari
- Yangi Kaledoniya
- Fransuz Polineziyasi
- Sen-Pyer va Mikelon
- Jazoir (Jazoir, Oran, Konstantina departamentlari va Janubiy hududlar)
- Fransuz Gʻarbiy Afrikasi
- Assotsiatsiyalashgan hududlar (les territoires associés):
- Assotsiatsiyalashgan davlatlar (États associés):
- Protektorat davlatlar (Marokash protektorati, Tunis protektorati) Fransuz ittifoqi tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan edi, biroq ular bunga rozi bo‘lmadi. Ular uchun mo‘ljallangan o‘rinlar Fransuz ittifoqi Assambleyasida hech qachon egallanmadi. 1956-yilda ular mustaqil davlatlarga aylandilar.
- Sobiq Fransuz Hindxitoyi uchta assotsiatsiyalashgan davlatga aylantirildi:
- Vyetnam davlati (1949-yil 14-iyunda mustaqilligi e’lon qilingan, 1954-yil 20-iyuldagi Jeneva bitimlariga muvofiq Fransuz ittifoqidan chiqqan).
- Kambodja Qirolligi (mustaqillik — 1953-yil 9-noyabr, Jeneva bitimlariga muvofiq Fransuz ittifoqidan chiqqan).
- Laos Qirolligi (1949-yil 19-iyulda mustaqilligi e’lon qilingan, To‘rtinchi Respublika tugaguniga qadar Fransuz ittifoqi tarkibida qolgan).
Tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz ittifoqining tuzilishi Fransiya Konstitutsiyasining 63-72-moddalari bilan belgilandi. U Fransuz Ittifoqi Prezidenti, Fransuz Ittifoqi Oliy Kengashi va Fransuz Ittifoqi Assambleyasidan iborat edi.
- Fransuz ittifoqi Prezidenti Fransiya Respublikasi Prezidenti edi.
- Oliy Kengash (Haut Conseil) Fransiya hukumati va aʼzo davlatlar vakillaridan iborat edi. U Fransiya hukumatiga ittifoq bilan bogʻliq masalalarda yordam bergan.
- Assambleyaning yarmi (Assemblée de l’Union) Fransiya metropoliyasi vakillari, qolgan yarmi - dengizorti departamentlar, dengizorti hududlar va assotsiatsiyalashgan davlatlar vakillari edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FRANSUZ ITTIFOQI • Katta Rossiya ensiklopediyasi - elektron versiyasi“. old.bigenc.ru. 2024-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.