Fransiya Prezidentlari roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransiya Prezidentlari roʻyxatiga Fransiya Prezidenti lavozimini egallagan barcha shaxslar kiradi. Fransiya Respublikasi Prezidenti (fransuzcha: Président de la République Française) Fransiya Respublikasi davlat boshligʻi hisoblanib, Birinchi Respublika davridan farqli oʻlaroq, turli kollegial organlar davlat boshligʻi boʻlgan, keyingi respublika konstitutsiyalarida respublika Prezidenti lavozimi belgilangan. 1848-yilgi konstitutsiyada Ikkinchi Respublika rejimi rasmiylashtirilgan[1]. 1875-yilgi konstitutsiyaviy qonunlar esa Fransiyada Uchinchi Respublika tuzilishiga asos boʻlgan shuningdek 1946-yilda eʼlon qilingan Konstitutsiya toʻrtinchi Respublikani eʼlon qilgan va 1958-yilgi amaldagi konstitutsiya Beshinchi Respublikaning asosiy qonuni hisoblanadi[2][3][4].

Faubourg Saint-Honore koʻchasidagi Yelisey saroyi darvozasi

Agar shaxs dastlabki vakolatlardan keyin ketma-ket takroriy vakolatlarni olgan boʻlsa, bunday muddatlarning har biri alohida aks ettiriladi (masalan, Sharl de Gollning 1959-1969-yillarda ketma-ket ikki vakolat muddatida faoliyat yuritgan). Bundan tashqari, muvaqqat Prezident vazifasini bajargan shaxslar aks ettiriladi. Agar ular keyinchalik prezidentlikka saylangan boʻlsa (masalan, 1920-yilda Aleksandr Millerand), bu davrlar alohida koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Prezident yoki Prezident vazifasini bajaruvchi bunday vakolatlarga ega boʻlmagan taqdirda, ustun boʻsh qoladi. Jadvallarning partiyaga mansublikni aks ettiruvchi ustunlari birinchi ustunlarida qoʻllaniladigan raqamlash shartli, jadvallarning birinchi ustunlarida rangli toʻldirishdan foydalanish ham shartli boʻlib, bu turli siyosiy kuchlarga mansub shaxslarni idrok etishni soddalashtirishga xizmat qiladi. „Partiya“ ruknida partiyaga mansublik bilan bir qatorda shaxslarning partiyasiz (mustaqil) maqomi ham aks ettirilgan.

Qulaylik uchun roʻyxat fransuz tarixshunosligida qabul qilingan mamlakat tarixining davrlariga boʻlingan. Shuningdek, har bir boʻlimning muqaddimasida berilgan bu davrlarning tavsiflari siyosiy hayotning xususiyatlarini tushuntirishga qaratilgan.Fransiyaning hozirgi respublika 5-respublika hisoblanadi.

Ikkinchi respublika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Respublika (fransuzcha: Deuxième République) — Fransiya tarixidagi 1848-yildan 1852-yilgacha boʻlgan davr hisoblanadi. 1848-yilgi inqilobdan, Lui Filipp I taxtdan voz kechishi va qochib ketishidan soʻng, vaqtinchalik boshqaruv hukumat nazoratida boʻlgan. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uchun Milliy Taʼsis Assambleyasi (fransuzcha: Assemblée nationale constituante) yigʻilgan hamda Konstitutsiya yaratish ishlari 1848-yil 4-noyabrda yakunlangan. Unga muvofiq 1848-yil 10-dekabrda Respublika Prezidenti saylovi tashkil etilgan. 1848-yil 20-dekabrda Napoleon I ning jiyani shahzoda Lui-Napoleon Bonapart Prezident lavozimini egallagan. 1851-yil 2-dekabrda plebissit orqali u eksklyuziv vakolatlarga ega boʻlgan va bir yil oʻtgach, 1852-yil 2-dekabrda Napoleon III nomi bilan oʻzini imperator deb eʼlon qilgan. Shundan soʻng Ikkinchi Respublika oʻz faoliyatini toʻxtatgan hamda Ikkinchi Fransiya imperiyasi davri boshlangan[1][5][6].

Portret Ism

(hayot yillari)
Prezident lavozimidagi yillari Saylovlar
Boshlash Oxiri
1 Lui Napoleon Bonapart

(1808-1873)

fransuzcha: Louis-Napoléon Bonaparte


Charlz Lui Napoleon Bonapart



fransuzcha: Charles-Louis Napoléon Bonaparte
1848-yil 20-dekabr[7] 1852-yil 2-dekabr[8] 1848-yil[9]

Uchinchi respublika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchinchi respublika (fransuzcha: Troisième République) — Fransiyada 1870-yil 4-sentabrdan 1940-yil 10-iyulgacha mavjud boʻlgan siyosiy rejimga nisbatan qoʻllaniladi. Uning shakllanishiga Franko-Prussiya urushi paytida Sedan jangidan soʻng imperator Napoleon III ning 1870-yil 2-sentabrda taslim boʻlganligi sabab boʻlgan. 3-sentabrdan 4-sentabrga o‘tar kechasi qonun chiqaruvchi korpus yig‘ilishida Jyul Favr imperatorni taxtdan tushirish va muvaqqat hukumatni saylashni taklif qilgan. Ertalab parlamentga bostirib kirgan olomon yangi respublikani eʼlon qilgan va „Milliy mudofaa hukumati“ tayinlandi[3]. Parij taslim boʻlganidan keyin (1871-yil 28-yanvar) hukumat nemislarning roziligi bilan 8-fevralda milliy assambleyaga saylovlar oʻtkazgan. 1871-yil 17-fevralda Adolf Tyerni Fransiya Respublikasining bosh ijrochi rahbari etib saylangan. 1871-yil 31-avgustda esa respublika Prezidenti etib tasdiqlangan[10].

Toʻrtinchi respublika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning amaldagi Prezidenti Emmanuel Makron. 2017-yil

Toʻrtinchi respublika (fransuzcha: Quatrième République) — Fransiyada 1946-yil 27-oktabrdan 1958-yil 4-oktabrgacha mavjud boʻlgan siyosiy rejim hisoblangan. 1946-yil 2-iyunda saylangan Taʼsis majlisi 1946-yil sentabrda konstitutsiya loyihasini qabul qilgan hamda 1946-yil 13-oktabrdagi referendumda maʼqullangan. Konstitutsiya respublika Prezidentining zaif vakolatiga ega boʻlgan parlament tizimini oʻrnatgan. Shundan soʻng,1958-yilda Jazoir inqirozi ortidan hukumatga Sharl de Goll kelgan. Shuningdek Sharl de Goll prezidentlik respublikasi oʻrnatilishi bilan konstitutsiyaviy islohotlarni boshlab yuborgan. 1958-yil 4-oktabrda referendumda uning matni tasdiqlanganidan keyin yangi konstitutsiya qabul qilingan. Bu bilan Toʻrtinchi Respublika tarixi yakunlangan va Beshinchi Respublika davri boshlangan[2][11].

Beshinchi respublika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beshinchi respublika (fransuzcha: Cinquième République) — Fransiyada 1958-yil 4-oktabrdagi referendumda konstitutsiyaning yangi tahriri matni tasdiqlanganidan keyin mavjud boʻlgan siyosiy rejim. Konstitutsiya Prezidentning vakolatlarini sezilarli darajada oshirgan, bu esa Milliy Assambleyaning vakolatlariga zarar yetkazgan. Ayni tahrirga koʻra, Prezidentga o‘z nomzodini parlament muhokamasiga kiritmasdan mamlakat Bosh vazirini tayinlash huquqi berilgan. Ammo shunga qaramay hukumatning Milliy assambleya oldidagi asosiy mas’uliyati unga ishonchsizlik votumi eʼlon qilish orqali saqlanib qolgan. 1958-yilda Prezidentni bilvosita saylash tizimi saqlanib qolgan, biroq uning Milliy Assambleya tomonidan saylanishi 80 ming xalq vakillaridan iborat maxsus saylov kollegiyasini saylash bilan almashtirilgan va faqat 1962-yildagi referendumda konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Choisel, Francis. La Deuxième République et le Second Empire au jour le jour: chronologie, Biblis. Paris: CNRS Éditions, 2015. ISBN 978-2-271-08322-7. (Fransuzcha)
  2. 2,0 2,1 Fauvet, Jacques. La IVe République, Les Grandes Études Contemporaines. Paris: Fayard, 1959. (Fransuzcha)
  3. 3,0 3,1 Miquel, Pierre. La Troisième République. Paris: Fayard, 1989. ISBN 978-2-213-02361-8. (Fransuzcha)
  4. 4,0 4,1 Sales, Eric. Le Droit Constitutionnel de la Ve République. Paris: Ellipses, 2015. ISBN 978-2-340-00388-0. (Fransuzcha)
  5. Aprile, Sylvie. La IIe République et le Second Empire, 1848—1870: Du prince président à Napoléon III. Paris: Pygmalion, 2000. ISBN 978-2-857-04680-6. (Fransuzcha)
  6. Murat, Inès. La Deuxième République. Paris: Fayard, 1987. ISBN 978-2-213-01832-4. (Fransuzcha)
  7. Bresler, Fenton. Napoleon III: A Life. London: HarperCollins, 1999. ISBN 978-0-002-55787-0. (ingl.)
  8. Карл-Людовик-Наполеон Бонапарт (Наполеон III). Его жизнь и сочинения, {{[[Andoza:{{{1}}}|{{{1}}}]]}}. ISBN 978-5-397-01652-0. 
  9. „Louis-Napoléon Bonaparte 1848—1851“. Palais de l'Élysée. 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. (Fransuzcha)
  10. Valode, Philippe. Thiers: Bourgeois et révolutionnaire. Paris: Flammarion, 2007. ISBN 978-2-082-10046-5. (Fransuzcha)
  11. Raflik, Jenny. La République moderne — La IVe République (1946—1958). Paris: Points, 2018. ISBN 978-2-757-87266-6. (Fransuzcha)