Frans Levinson-Lessing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frans Levinson-Lessing

Frans Yulyevich Levinson-Lessing (1861.25.2, Sankt-Peterburg — 1939.25.10) — rus geologi va petrografi. Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1925). Yuryev (hozirgi Tartu) universiteti (1892—1902), Sankt-Peterburg universitetida Rossiyada birinchi eksperimental petrografiya labratoriyani tashkil etgan. 1921-yildan oʻsha universitetda petrografiya kafedrasi mudiri. Geologiya muzeyi va Rossiya Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik instituti (1925—29), Petrografiya instituti (1930—38) direktori, Kamchatka Vulkanologiya st-yasining birinchi direktori. Kaspiy dengizini kompleks oʻrganish Komissiyasi raisi (1934—39), keyinroq SSSR Fanlar Akademiyasi Ozarbayjon va Armaniston filiallari raisi. Asosiy ilmiy ishlari nazariy petrografiya, petrogenezis masalalariga, tog jinslarining kimyoviy tarkibini tasniflashga bagʻishlangan. Levinson-Lessing rahbarligida otqindi va metamorfik togʻ jinslari haqida toʻplam, oʻquv qoʻllanmalari, "Petrograficheskiy slovar"ning (1932) birinchi ruscha nashri tayyorlangan va nashr etilgan. Rossiya Fanlar Akademiyasida Levinson-Lessing mukofoti taʼsis qilingan.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petrografiya [5 izd.], L.—M., 1940; Izbr. trudi, t. 1-4, M.-L., 1945-55.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil