Franklin instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Franklin instituti (inglizcha: Franklin Institute) Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi ilmiy muzey, ilmiy taʼlim va tadqiqot markazidir. U Benjamin Franklin nomi bilan atalgan va unda Benjamin Franklinning Milliy memoriali[en] joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institut Filadelfiyada 1824-yil 5-fevralda Semyuel Merrik[en] va Uilyam Kiting[en] tomonidan mexanik sanʼatlarni (lat. artes mechanicae) tadqiq qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Franklin instituti XIX-asr davomida bugʻ dvigatellari va gidroenergetika boʻyicha dastlabki tadqiqotlardan boshlab, Amerika fan va texnologiyasini professionallashtirishda muhim bosqich boʻldi. Shuningdek, u maktablarni boshqarish, Franklin institutining nufuzli jurnalini nashr etish, koʻrgazmalarga homiylik qilish hamda ilmiy yutuqlar va ixtirolarni medallar va mukofotlar bilan taqdirlash orqali tadqiqot va taʼlimni targib qildi[1].

XX-asrda institutning ilmiy-tadqiqot roli oʻz oʻrnini muzey orqali keng jamoatchilikni tarbiyalashga boʻshatib berdi. 1924-yilda fizika fanlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish uchun tashkil etilgan The Bartol Research Foundation fondi esa hozir Delaver universiteti tarkibiga kiradi va Bartol tadqiqot instituti deb ataladi[2].

1884-yil 2-sentabrdan 11-oktabrgacha Franklin institutida 1984-yildagi Xalqaro elektr koʻrgazmasi[en] boʻlib oʻtdi bu Qoʻshma Shtatlardagi birinchi yirik elektr koʻrgazmasi boʻldi. Bu yerda 1934-yil 25-avgustda elektron televideniye tizimining dunyodagi birinchi ommaviy namoyishi boʻlib oʻtdi. Franklin institutining birinchi ayol aʼzosi 1833-yilda Elizabet Skinner boʻldi.

Franklin instituti ilmiy markazining eng taniqli qismi bu Franklin instituti ilmiy muzeyi boʻlib, unda aka-uka Raytlar ustaxonasidan olingan eng katta artefaktlar toʻplami saqlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Morris, Stephanie A. «The Dynamics of Change: The Franklin Institute and the Making of Industrial America.» The Franklin Institute and the Making of Industrial America. Guide to the Microfiche Collection . Bethesda, MD: CIS Academic Editions, 1987, pp. 1-12.
  2. Rowland-Perry, Sherry L. «The Bartol Research Institute: A Brief History.» Retrieved Jan 30, 2015.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]