Frank Buglioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frank Buglioni
Statistikasi
Laqabi The Wise Guy
Vazni
  • Super-middleweight
  • Light-heavyweight
Millati British
Tavalludi 18-aprel 1989-yil (1989-04-18) (35 yosh)
London Borough of Enfield|Enfield, London, England
Uslubi Orthodox stance|Orthodox

Frank Buglioni (1989-yil 18-aprelda tugʻilgan) — britaniyalik sobiq professional bokschi, 2011—2018-yillarda mashhur musobaqalarda juda faol qatnashgan. U 2015-yilda superoʻrta vazn toifasining WBA yoʻnalishi boʻyicha chempionlik uchun ochiq kurashgan bokschidir. Mintaqaviy miqyosda u 2016-yildan 2018-yilgacha yengil vazn toifasida Buyuk Britaniya chempionligini qoʻlga kiritgan va bundan tashqari bokschi 2018-yilda Hamdoʻstlikning yengil vazn toifasi unvoni uchun bir marta ringda kurashgan.

Havaskor faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buglioni 14 yoshida boks bilan mashgʻul boʻlib kelgan, oʻzining jismoniy tayyorgarligi va kuchini oshirish uchun, oʻsha paytda uning ustuvorligi futbol boʻlgan edi[1]. Buglioni Waltham Forest havaskor boks klubiga qoʻshiladi va dastlabki toʻrtta jangida gʻalaba qozonganidan keyin, u Bethnal Greendagi Repton boks klubida bosh murabbiy Tony Burns qoʻl ostida mashgʻulotlarga borishga va qatnashib oʻrganishga astoydil qaror qiladi.

Yetmishta jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yetmishta jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buglioni havaskorlar uchun 70 ta jang o‘tkazgan edi, jangning 60 tasida mutlaq g‘alaba qozongan va 10 tasida esa mag‘lub bo‘lgan, g‘alabalarining yarmidan ko‘pini nokautga uchratgan[2]. U ikkita milliy unvonni qoʻlga kiritadi, shuningdek, xalqaro turnirlarda oʻz mamlakatini himoya qilishda turli medallarni ham qoʻlga kiritishga ulgirgan edi, jumladan, 2010-yilda Dehlidagi Hamdoʻstlik federatsiyalari turnirida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Vijender Singhga qarshi jangdan oʻtkazgandan keyin, kumush medalni qoʻlga kitigan[3].

Buglioni 2010-yilda Buyuk Britaniya olimpiya terma jamoasi bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun tanlab olingan. Biroq, keyingi yili u professional boʻlishga qaror qilib faoliyatini olib boradi.

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"The Wise Guy" laqabini olgan Buglioni professional debyutini 2011-yilning noyabrida oʻtkazadi va birinchi raundda Sabie Montiethni toʻxtata olib yutib chiqdi. U 2013-yil noyabr oyida sakkizinchi raundda Stepan Horvathni to‘xtatgunga qadar o‘zining dastlabki 10 ta jangida g‘alaba qozonib, supero‘rta vaznda WBO Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U uch oy oʻtgach, Gaetano Nesproga qarshi oʻyinda chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qiladi, ammo 2014-yilning aprelida Sergey Khomitskiy tomonidan unga qarshi jangda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng u unvondan mahrum boʻlib qoladi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buglioni italyan merosiga ega boʻlgan bokschidir, uning asl kelib chiqish tarixiga nazar solib qaralsa, Neapolga borib taqalar ekan. Uning katta bobosi 1920-yillarda Londonga ham borgan. U Londonning Enfield shahrida tugʻilib oʻsgan va u yerda hali ham mashgʻulotlar bilan shugʻullanib oʻsha yerda istiqomat qiladi.

Highlands maktabida xalqaro bakalavr diplomini qoʻlga kiritgandan soʻng, Buglioni Vestminster universitetida qurilishni oʻrganish boʻyicha oʻqishga kiradi. U GB olimpiya terma jamoasiga tanlanganida taʼlimini toʻxtatib qoʻyishni tanladi. Buglioni yana qaytib kelib, oʻqishni tamomlamoqchi ekanligini aytib qarorini bildirgan[4].

Boks qahramonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buglioning boks qahramonlari — Oscar De La Hoya va Arturo „Thunder“ Gattilarni boks qahramonlari sifatida koʻradi[5].

Buglioni toʻliq vaqtini boks bilan shugʻullanishidan oldin, u qurilishda ishlagan edi[6]. U Londonning "Chelsea" futbol jamoasini qoʻllab-quvvatlab keladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Prospect Profile: Frank Buglioni“. boxingasylum.com. 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  2. „Frank Buglioni: A fighter heading in the right direction“. Hattonboxing.com (2012-yil 14-mart). 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
  3. „Frank Buglioni interview – explosive knockout on bonfire night and beyond“. News.boxrec.com (2011-yil 14-noyabr). 2013-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
  4. Fella Tio says. „Frank Buglioni Q&A“. Boxingnews24.com (2012-yil 6-fevral). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
  5. „Frank Buglioni Q&A &#124“. Frankwarren.com (2012-yil 7-fevral). Qaraldi: 2012-yil 22-avgust. [sayt ishlamaydi]
  6. Davies (2015) „Frank Buglioni faces tough task against Fedor Chudinov to lift supermiddleweight crown“, Daily Telegraph, 26 September 2015.
  7. Gary Smith/Frank Buglioni. „Frank Buglioni Interview (by Gary Smith)“. Boxtacular (2012-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]