Kontent qismiga oʻtish

Francisco Conceição

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Francisco Conceição
Conceição Portugaliya tarkibida (2026-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francisco Fernandes da Conceição[1]
Tavallud sanasi 2002-yil 14-dekabr (2002-12-14) (23 yosh)[1]
Tavallud joyi Coimbra, Portugaliya
Boʻyi 1.66 m[1]
Ampluasi Oʻng qanot vingeri
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Juventus
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011 Belenenses
2011—2017 Sporting CP
2017—2018 Padroense
2018—2020 Porto
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Porto B 20 (4)
2021—2022 Porto 39 (2)
2022—2023 Jong Ajax 7 (5)
2022—2024 Ajax 19 (0)
2023—2024 →  Porto 27 (5)
2024—2025 Porto 0 (0)
2024—2025 →  Juventus 26 (3)
2025— Juventus 31 (3)
Milliy terma jamoa
2018 Portugaliya U16 9 (1)
2018 Portugaliya U17 3 (1)
2019 Portugaliya U18 3 (1)
2021—2023 Portugaliya U21 23 (6)
2024— Portugaliya 18 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 24-may uchun)

Francisco „Chico“ Fernandes da Conceição (2002-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Italiyaning A Seriya klubi „Juventus“ va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Porto yoshlar tizimida taʼlim olgan va klubning farm jamoasida professional debyutini amalga oshirgan. Conceição 2021-yilda farm jamoasidan asosiy jamoaga tarkibiga jalb etilgan. Porto klubi bilan birgalik 2022-yilda Primeira Ligasi va Portugaliya kubogida gʻalaba qozongan. 2022-yil iyul oyida u Eredivisiening „Ajax“ jamoasiga oʻtgan. 2023-yil sentyabr oyida mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara shartnomasi asosida Portoga qaytgan. Conceição 2024-yil avgust oyida mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara shartnomasi asosida „Juventus“ klubiga oʻtgan.

Conceição Portugaliya yoshlar terma jamoasining sobiq oʻyinchisi boʻlib, Portugaliyaning turli yoshlar darajasidagi jamoalarida oʻynagan. 2021-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. U Portugaliya terma jamoasi safidagi debyutini 2024-yilda oʻtkazib, UEFA Yevro-2024 va 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 2025-yilda UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida ham boʻlgan.

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Conceição — texnik jihatdan kuchli qanot vingeri boʻlib, kichik radiusda burila oladi, toʻpni yaqin masofada aʼlo darajada nazorat qiladi va markaziy hududlarda oʻyinni tashkil etish qobiliyatiga ega. Uning oʻyini asosan toʻpni qanotdan reydlar va havolatma uzatmalar orqali jarima maydonchasiga yetkazib berishga asoslangan. Ixcham gavdasi, past ogʻirlik markazi hamda tez va mayda qadamlari unga toʻpni olib yurishda u bilan doimiy aloqada boʻlish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida unga tez-tez va keskin yoʻnalish oʻzgartirishga yordam beradi. Shuningdek, chaqqon oyoqlari unga jarima maydonchasi ichida burchaklarni oʻzgartirish, oʻzi zarba berish yoki jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqarish uchun tezda moslashish qobiliyatini beradi[2].

Conceiçãoning tana tuzilishi unga oʻz tezligini yaxshi boshqarish imkonini beradi. Uning yoshligidanoq porlagan isteʼdodi va kichik gavdasi (1,70 m),[3] tufayli Portugaliya matbuoti uni Eden Hazard va Lionel Messi bilan qiyoslay boshlagan[4]. Muxlislar va ommaviy axborot vositalari esa uni baʼzan „Messi do Olival“ (Olival Messisi) deb ham atashardi[5].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coimbra shahrida tugʻilgan Conceição, Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va „Al-Ittihod“ klubi bosh murabbiyi Sérgio Conceiçãoning toʻrtinchi oʻgʻlidir. Uning akalari Sérgio va Rodrigo ham professional futbolchilar sanaladi[6][7].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2026-yil 24-mayda bo‘lib o‘tgan o‘yin holatiga koʻra[8][9]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[a] Liga kubogi[b] Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Porto B 2020–21 Liga Portugal 2 204————204
Porto 2020–21 Primeira Liga 14010002[izoh 1]000170
2021–22 Primeira Liga 25241103[c]0—333
Jami 39251105000503
Jong Ajax 2022–23 Eerste Divisie 75————75
Ajax 2022–23 Eredivisie 19050—4[d]100281
Porto (ijara) 2023–24 Primeira Liga 27561218[izoh 1]1—438
Juventus (ijara) 2024–25 Serie A 26321—9[izoh 1]13[e]2407
Juventus 2025–26 Serie A 31320—9[izoh 1]1—424
Juventus jami 57641—182328211
Umumiy faoliyat statistikasi 16922203313543223032
  1. ↑ Jumladan, Portugaliya kubogi (Taça de Portugal), Niderlandiya kubogi (KNVB Cup), Italiya kubogi (Coppa Italia)
  2. ↑ Taça da Liga ham kiradi
  3. ↑ UEFA Chempionlar Ligasida ikki marta, UEFA Yevropa Ligasida bir marta ishtirok etgan
  4. ↑ UEFA Chempionlar Ligasida uchta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan, UEFA Yevropa Ligasida bitta o‘yinda ishtirok etgan.
  5. ↑ FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki
  1. 1 2 3 4 UEFA Chempionlar Ligasidagi ishtiroki
2026-yil 17-iyunda bo‘lib o‘tgan o‘yin holatiga koʻra[10]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Portugaliya 202481
202552
202651
Jami184
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Portugaliya gollari soni koʻrsatilgan; „Hisob“ ustunida esa har bir Conceição golidan keyingi hisob aks ettirilgan[10].
Francisco Conceição tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
№ Sana Stadion Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa
12024-yil 18-iyunRed Bull Arena, Leipzig, Germaniya3 Chexiya2–12–1UEFA Yevro-2024
22025-yil 4-iyunAllianz Arena, Munich, Germaniya10 Germaniya1–12–12025-yilgi UEFA Millatlar ligasi finali
32025-yil 16-noyabrEstádio do Dragão, Porto, Portugal13 Armaniston9–19–12026-yilgi jahon chempionati saralashi
42026-yil 10-iyunEstádio Dr. Magalhães Pessoa, Leiria, Portugal17 Nigeriya2–12–1Oʻrtoqlik
Porto
  • Primeira Liga: 2021-22[11]
  • Taça de Portugaliya: 2021-22[11] 2023-24[12]
Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi: 2024-25[13]
  • SJPF oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2024-yil mart[14]
  • A Seriyada oyning eng yaxshi goli: 2026-yil mart[15]
  1. 1 2 3 „FIFA World Cup 2026™ – Squad List: Portugal (POR)“. FIFA (2026-yil 2-iyun). Qaraldi: 2026-yil 2-iyun.
  2. ↑ „Francisco Conceição: The Portuguese Winger Stepping Out of His Father's Shadow“ (en). Breaking the lines (2024-yil 5-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  3. ↑ Querido, Rodrigo. „Há um 'Messi' a nascer no Olival e cada vez mais decisivo no FC Porto“ [A "Messi" is born at Olival and he is increasingly decisive in FC Porto] (pt). Notícias ao Minuto (2021-yil 24-fevral). 2024-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  4. ↑ Custódio, Miguel. „Francisco: o filho de Conceição que 'não tem nada a ver com o pai' e 'faz lembrar Messi'“ [Francisco: Conceição's son that is "nothing like his father" and "reminds of Messi"] (pt). Record (2021-yil 14-fevral). 2024-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  5. ↑ Martins, Arnaldo. „"Messi do Olival" cumpre sonho e dá a vida pelo pai“ ["Olival's Messi" fulfills his dream and gives his life for his father] (pt). Jornal de Notícias (2021-yil 15-fevral). 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  6. ↑ Roseiro, Bruno. „O clã Conceição: o pai treina o FC Porto, um filho joga no Benfica, outro está no Sporting“ [The Conceição family: the father manages FC Porto, a son plays in Benfica and another in Sporting] (pt). Observador (2017-yil 8-iyun). 2017-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  7. ↑ Soares da Silva, Eduardo. „Filho de Sérgio Conceição estreia-se na II Liga“ [Sérgio Conceição's son debuts in II Liga] (pt). Rádio Renascença (2019-yil 28-dekabr). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  8. ↑ Francisco Conceição ForaDeJogo saytida (arxivlangan)
  9. ↑ Francisco Conceição Soccerway saytida
  10. 1 2 „Francisco Conceição“. EU-Football.info. 2024-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  11. 1 2 „Francisco Conceição nas redes sociais: "Sempre especial voltar às origens"“ (Portuguese). O Jogo (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  12. ↑ „Taça de Portugal. Sérgio Conceição é o terceiro treinador a vencer quatro finais“ [Portugal Cup. Sérgio Conceição is the third manager to win four finals] (pt). Rádio e Televisão de Portugal (2024-yil 26-may). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  13. ↑ „Portugal vs Spain - UEFA Nations League Final 2025“. UEFA.com. Qaraldi: 2025-yil 8-iyun.
  14. ↑ „FRANCISCO CONCEIÇÃO ELEITO MELHOR JOVEM DA LIGA EM MARÇO“ (pt). FC Porto (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-iyun.
  15. ↑ Serie A (2026-yil 1-aprel). „The iliad Goal Of The Month for March“. Press-reliz.