Francis Lee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Francis Henry Lee (inglizcha: Francis Henry Lee)—ingliz futbolchisi va hujumchisi.1944-yil 29-aprelda Lankashirning Uestxoton shahrida tavallud topgan.U Angliyaning „Manchester Siti“ klubida oʻynagani bilan mashhur. Angliyaning ikki karra chempioni,Angliya Superkubogining uch karra gʻolibi,Angliya kubogi,Futbol Ligasi kubogi va UEFA kubogi egalari kubogi gʻolibi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻzining professional futboldagi debyutini 1959-yilda „Bolton Uonderers“ klubida oʻtkazgan.U yerda sakkiz mavsumni oʻtkazgan va liganing 139 ta oʻyinida qatnashgan. „Bolton“ tarkibida u jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlib, har bir oʻyinda oʻrtacha 0,66 gol urgan.

Bu jamoadagi oʻyini bilan u 1967-yilda oʻzi qoʻshilgan „Manchester Siti“ klubi murabbiylar shtabi vakillari eʼtiborini tortdi.U futbolchilik faoliyatining keyingi yetti mavsumida Manchesterda oʻynadi."Manchester Siti"da koʻp vaqtini u jamoaning hujum chizigʻi asosiy oʻyinchisi boʻlgan.Yangi klubida u chempionatning deyarli har ikkinchi oʻyinida oʻrtacha hisobda urilgan gol bilan ajralib turuvchi eng yaxshi toʻpurarlar qatoridan joy oldi."Manchester Siti" tarkibida u Angliya chempioni unvoni, ikki marta Angliya Superkubogi,Angliya kubogi,UEFA kubogi egalari kubogini qoʻlga kiritdi[1][2].

U professional futbolchilik faoliyatini 1974-1976-yillarda oʻynagan „Derbi Kaunti“klubida yakunladi[3]."Derbi Kaunti" klubi bilan u Angliya chempioni va Angliya Superkubogi sohibiga aylandi[4].Klublardagi butun faoliyati davomida 500 ta oʻyinda 228 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yilda Angliya terma jamoasi tarkibida rasmiy oʻyinlarda debyut qilgan.4 yil davom etgan terma jamoadagi faoliyati davomida u mamlakat bosh jamoasi tarkibida 27 uchrashuvda maydonga tushib 10 ta gol urgan.

Terma jamoa tarkibida 1970-yilgi Meksikada bo'lgan jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adamson, Mike. „Are Palace set for a penalties record?“. Guardian (2-mart 2005-yil). Qaraldi: 15-aprel 2007-yil.
  2. Jacob, Gary. „Duff works on happy landings“. The Times (19-aprel 2005-yil). Qaraldi: 15-aprel 2007-yil.
  3. Clayton, David Everything under the blue moon: the complete book of Manchester City FC – and more!. — Edinburgh: Mainstream publishing, 2002. — ISBN 1-84018-687-9
  4. „The 10 most spectacular dismissals“. Observer. Qaraldi: 14-aprel 2007-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]