Francesco Pianeta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francesco Pianeta
Statistikasi
Laqabi Italian Ace
Vazni Heavyweight
Millati Italian
Tavalludi 8-oktyabr 1984-yil (1984-10-08) (39 yosh)
Corigliano Calabro, Italy
Uslubi Southpaw

Francesco Pianeta (1984-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional bokschi, 2005-2018-yillarda musobaqalarda faol tarzda qatnashib kelgan[1]. U 2013-yilda ogʻir vazn toifasida WBA (Super), IBF, WBO va The Ring boʻyicha yagona chempionlik qilgan bokschi, bundan tashqari 2015-yilda WBA (Regular) chempionlik unvoniga ham daʼvogarlik qilgan. Mintaqaviy miqyosda 2008-yildan 2009-yilgacha Yevropa Ittifoqining ogʻir vazn toifasidagi chempioni boʻlgan bokschidir[2].

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pianeta Cosenza provinsiyasidagi Corigliano shahrida tugʻilgan. Olti yoshida uning oilasi Germaniyaga koʻchib ketishgan, otasi esa qassob doʻkoniga ishlashga ketib qolgan ekan[3].

Professional boksga qaytishdan oldin Pianeta muay-tay bilan ham shugʻullangan va oʻz hisob daftarida 9 ta gʻalaba va bitta magʻlubiyat qayd etgan[4].

Uzoq vaqt davomida Germaniya rezidenti boʻlishiga qaramay, Pianeta Italiya bilan yaqin aloqalarni oʻrnatgan va 2008-yilda u oʻzining orzusi Italiyaning ogʻir vazn toifasida chempionlik unvonini ham qoʻlga kiritish ekanligini aytib oʻtgan edi[3].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pianetaning professional bokschi sifatidagi birinchi jangi 2005-yilning iyul oyida Germaniyaning Hessen shahrida slovakiyalik Sylvestr Petrovicni ikkinchi raundda nokaut bilan magʻlub etib ulgirgan[1].

Keyinchalik Pianeta oʻzining keyingi 27 ta jangining barchasida magʻlubiyatga uchratmagan, 14 ta gʻalabasida nokautga uchratgan boʻlsa, 1 tasi durang bilan yakunlangan edi.

Chempionlik unvonlar uchun jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 4-may kuni Pianeta Wladimir Klitschkoga qarshi WBA (Super), IBF, WBO, IBO, lineal va The Ring chempionlik unvonlari uchun jang qiladi. U Klichko tomonidan 3 marta nokautga uchradi va texnik nokaut bilan Wladimirga yutqazib qoʻyadi[5].

2018-yilgacha Pianetani Alexander Petkovic oʻqitib taʼlim bergan va Petkovic Petkoning LMS Promotion tomonidan targʻib qilinib kelingan. Bu joy Germaniyada joylashgan boʻlib, u Italiya, Irlandiya, Avstriya, Polsha va Belgiyada ham jang qilgan edi[1].

Nafaqaga chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pianetaning so‘nggi jangi 2018-yil 18-avgust kuni Windsor bog‘ida og‘ir vazn toifasida sobiq birlashgan va lineal yaʼni chiziqli chempion Tyson Furyga qarshi bo‘lib o‘tdi. Fury jangda ishonchli tarzda ustunlik qiladi va har bir raundda hakam Steve Grayning koʻrsatkichlari boʻyicha gʻalaba qozonib, Pianetaga faoliyatidagi beshinchi magʻlubiyatini topshirishiga sababchi boʻladi[6].

2019-yil fevral oyida Pianeta nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi. Hozir u boks boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat yuritadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Boxrec. „Francesco Pianeta“. Boxrec Fighter Page. 2015-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-yanvar.
  2. „BoxRec: Francesco Pianeta“.
  3. 3,0 3,1 Luca De Franco. „Francesco Pianeta: Heavyweight Prospect“. TheSweetScience.com. 2006-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-yanvar.
  4. „Francesco Pianeta: Heavyweight Prospect“ (2006-yil 5-sentyabr).
  5. „Klitschko Dominates Pianeta BY TKO“. www.espn.go.com (2013-yil 4-may).
  6. Loop. „Tyson Fury Soundly Beats Francesco Pianeta Via Unanimous Decision“ (en). Bleacher Report. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  7. „Francesco Pianeta: "Ich habe mit allem abgeschlossen"“ (2019-yil 6-fevral).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]