Francesco Albani
| Franchesko Albani | |
| Tavalludi | 17-avgust 1578-yil Bolonya |
| Vafoti | 6-oktyabr 1660-yil (82 yoshda) Bolonya |
| Millati | italyan |
| Sohasi | Rassomlik sanʼati |
| Oqim | Barokko |
Franchesko Albani yoki Albano (talaffuzi: Franchesko Albani) (1578-yil 17-mart yoki 17-avgust — 1660-yil 4-oktyabr) – Bolonya (1591—1600), Rim (1600—1609), Bolonya (1609), Viterbo (1609—1610), Boloniya (1610), Rim (1610—1617), Boloniya (1618—1660), Mantova (1621—1622), Rim (1623—1625) va Florensiya (1633) shaharlarida faoliyat yuritgan italyan barokko rassomi[1].
Boloniyadagi ilk yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albani 1578-yilda Italiyaning Bolonya shahrida tugʻilgan[2]. Uning otasi ipak savdogari boʻlib, oʻgʻlini oʻz hunari bilan shugʻullanishini niyat qilgan. Oʻn ikki yoshida u malakali rassom Denis Calvaertga shogirdlikka tushadi va uning ustaxonasida Guido Reni bilan tanishadi. Keyinchali u Guido Reni ortidan Annibale, Agostino va Ludoviko Karrakchi boshqaradigan akademiyaga bordi. Ushbu akademiya Bolonya maktabining koʻplab rassomlarini, jumladan Domenichino, Massari, Viola, Lanfranco, Giovanni Francesco Grimaldi, Pietro Faccini, Remigio Cantagallinalarni bir joyga jamlagan edi.
Rimdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1600-yilda Albani Annibale Carracci studiyasi tomonidan qurilayotgan Palazzo Farnese galereyasini freska bilan bezashda ishlash uchun Rimga koʻchib oʻtdi. Bu vaqtda Rim Klement VIII Aldobrandini (1592—1605) davrida maʼlum darajada maʼmuriy barqarorlikda edi. Sanʼatga boʻlgan homiylik ragʻbatlantirildi. Rim papasi Klement Urbino shahrida yashovchi oilada tugʻilgan boʻlsa-da, uning oilasi Emiliya-Romagna va Farnes bilan ittifoqchi edi. Chunki Parma gersogi Ranuccio I Farnese Margherita Aldobrandiniga uylangan edi. Parma, xuddi Bolonya singari, Emiliya-Romagna mintaqasining bir qismi boʻlganligi sababli, Ranuccioning akasi Kardinal Odoardo Farnese Boloniyadagi Karraksisga homiylik qilishni tanlagani ajablanarli emas edi. Shu bilan qariyb yigirma yil davomida Rim freskasida ushbu holat tasvirlandi.
Albani Annibalening eng koʻzga koʻringan shogirdlaridan biriga aylandi. Annibale dizaynidan foydalanib, Lanfranko va Sisto Badalocchio yordami bilan Albani 1602 va 1607-yillar oraligʻida San-Jiakomo degli Spagnoli cherkovi freskalarni tugatdi. 1606—1607-yillarda Albani Mattei Giov saroyidagi freskalarni tugatdi. Keyinchalik u xuddi shu saroyda Yusufning hayoti mavzusida yana ikkita freska yaratgan.
1609-yilda u Bassano Romanodagi Palazzo Giustiniani (hozirgi Palazzo Odescalchi) uchun Panteonning qulashi va Xudolar kengashi freskasini yaratdi.
1612—1914-yillarda Albani Pietro da Kortona tomonidan yangilangan Santa Mariya della Peys cherkovida freskalarini tugatdi. 1616-yilda u kardinal Fabritsio Verospi uchun maxsus freskalarni chizdi.
Keyingi yillarida Albani faoliyati yanada muvaffaqiyatli boʻlgan. Gido Reni bilan aloqalarini rivojlantirdi. U Aldobrandini tomonidan homiylik qilingan Palazzo del Quirinale cherkovida ishlagan.
Albanining eng yaxshi freskalari mifologik mavzulardagi rasmlardir. Uning eng mashhur muqaddas mavzulari orasida Rimdagi San-Sebastiano fuori le Mura cherkovida joylashgan freskasi hisoblanadi. U oʻzini kabinet rasmlarni boʻyashga bagʻishlagan italiyalik rassomlar qatoriga kiritgan. Uning mifologik mavzulari: Uxlayotgan Venera, Vannadagi Diana, Dengizdagi Galateya va boshqalar.
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albani oʻz davrida rassomlarga xos monumentallikka hech qachon ega boʻlmagan va koʻpincha oʻzining lirik, karublar uslubidan chetga chiqmagan. Uning uslubi koʻproq dekorativ rokoko bilanq oʻxshashliklarga ega edi.
Uning shogirdlari orasida Giacinto Bellini, Girolamo Bonini, Giacinto Campagna, Antonio Catalani, Carlo Cignani, Giovanni Maria Galli, Filippo Menzani, Bartolommeo Morelli, Andrea Sacchi, Andrea Sghizzi, Giovanni Battista Speranza, Antonio Maria del Sole, Emilio Taruffi va Francesco Vaccarolar bor edi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Neues allgemeines Künstler-Lexicon; oder Nachrichten von dem Leben und den Werken der Maler, Bildhauer, Baumeister, Kupferstecher etc. Bearb. von Dr. G. K. Nagler. — München: E.A. Fleischmann, 1835—1852
- ↑ Puglisi, Catherine; Francesco Albani. Francesco Albani. Yale University Press, 1999.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Francesco Albani in the "History of Art"
- Francesco Albani Paintings Gallery (Wayback Machine saytida 2012-03-30 sanasida arxivlangan)