Frances Bavier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frances Elizabeth Bavier (1902-yil 14-dekabr — 1989-yil 6-dekabr) marhum amerikalik sahna va televidenie aktrisasi. Dastavval, New York teatrida, keyinchalik, 1950-yillardan 1970-yillargacha kino va televideniyeda ishlagan. U 1960-yildan 1970-yilgacha The Andy Griffith Show va Mayberry R.F.D filmidagi Bee xola roli bilan mashhur. U 1967-yilda ushbu roli uchun ikkinchi darajali komediya aktrisasi uchun Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bavier qoʻshimcha ravishda „Itʼs a Great Life“ (1954—1956) serialida Amy Morgan rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan.

Frances Bavier
Tavalludi
Frances Elizabeth Bavier

14-dekabr 1902-yil
Vafoti 6-dekabr 1989-yil(1989-12-06)
(86 yoshda)
Siler City, Shimoliy Karolina, AQSh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1927—1974-yillarda

Yoshligi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bavier New York shahrida Gramercy bogʻidagi jigarrang toshda[1] statsionar muhandis Charles S. Bavier va Mary S. (qizlik familyasi: Birmingham) Bavier oilasida tugʻilgan. U dastlab Columbia universitetida oʻqiganidan keyin oʻqituvchi boʻlishni rejalashtirgan. U dastlab vodevilda paydo boʻladi, keyinroq Broadway sahnalarida rol ijro etishga oʻtadi[2].

Andy Griffith Show produserlari Bavier bilan muloqot qilishda ehtiyotkorona munosabatda boʻlishardi, chunki u sal narsaga hafa boʻladigan koʻngilchan ayol edi. Serial yulduzi Andy Griffith bir paytlar serial davomida ikkalasi orasidan ola mushuk oʻtganini tan olgandi[3][4]. Larri King Live (2003-yil 27-noyabr) koʻrsatuvida Griffitning aytishicha, Bavier oʻlimidan toʻrt oy oldin unga qoʻngʻiroq qilgan va serial davomida „unga qiyinchilik tugʻdirgani“ uchun uzr soʻragan. Bavier Bill Ballard bilan Carolina Camera uchun bergan intervyusida „Aktrisa uchun rol yaratish va oʻzini namoyon qilish juda qiyin“ ekanligini tan olgan[5].

Bavier 1967-yilda komediyada ikkinchi darajali roldagi aktrisaning ajoyib ijrosi uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Keyingi yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda Bavier aktyorlik faoliyatini yakunlaydi va Shimoliy Karolina shtatining Siler City shahridan oʻziga uy sotib oladi[6]. Oʻzining tugʻilgan joyi Nyu-York oʻrniga Shimoliy Karolinada yashashni tanlagan Bavier shunday dedi: „Men Shimoliy Karolinani, barcha goʻzal yoʻllar va daraxtlarni sevib qoldim“. Bavier oʻz karyerasi ilk davrlarida Rassell Carpenterga turmushga chiqqan, lekin hech qachon farzand koʻrmagan. The Courier Tribune xodimi Chip Vomickning 1981-yildagi maqolasiga koʻra, Bavier oʻzining Siler shahridagi uyidan Rojdestvo va Pasxa muhrlari jamiyatlarini ishtiyoq bilan targʻib qilgan hamda koʻpincha dastxat soʻragan muxlislarga ilhomlantiruvchi maktublar yozgan. Bundan tashqari u Shimoliy Karolina shtati Siler City politsiyasi uchun 100 000 dollarlik ishonchli jamgʻarma qoldiradi. Uning foizlari har dekabr oyida bonus sifatida taxminan 20 nafar xodim oʻrtasida taqsimlanardi[7].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yil 22-noyabrda u Chatham kasalxonasiga yotqiziladi va u yerda ikki hafta davomida koronar davolash boʻlimida saqlanadi. U 1989-yil 4-dekabrda, 87 yoshga toʻlishidan sakkiz kun oldin oʻz uyida vafot etgan[8][9].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1931 Girls About Town Joy akncedited
1943 O, My Darling Clementine Mrs. Asbury
1951 The Day the Earth Stood Still Mrs. Barley
1951 Stooge, TheThe Stooge Mrs. Rogers
1952 The Lady Says No Alice Hatch xola
1952 Bend of the River Mrs. Prentiss Yana bir nomi: Where the River Bends
1952 Sally and Saint Anne Mrs. Kitty „Mom“ OʻMoyne
1952 My Wifeʼs Best Friend Mrs. Chamberlain
1952 Horizons West Martha Hammond
1953 Man in the Attic Helen Harley
1956 Bad Seed, TheThe Bad Seed Woman in dinner party scene ankredited
1958 A Nice Little Bank That Should Be Robbed Mrs. Solitaire Yana bir nomi: How to Rob a Bank
1959 It Started with a Kiss Mrs. Tappe
1974 Benji Lady with cat (filmlardagi oxirgi roli)

Televizion shartnomalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1952 Racket Squad Martha Carver 1ta epizod
1952-

1953
Gruen Guild Playhouse Sarah Cummings 2ta epizod
1953 Hallmark Hall of Fame Lou Bloor 1ta epizod
1953-

1954
City Detective Har xil rollar 3ta epizod
1953-

1954
Letter to Loretta Har xil rollar 3ta epizod
1953-

1955
Dragnet Hazel Howard 3ta epizod
1954 Pepsi-Cola Playhouse, TheThe Pepsi-Cola Playhouse Thelma 2ta epizod
1954-

1955
Waterfront Martha

Amy
2ta epizod
1954-

1956
Itʼs a Great Life Mrs. Amy Morgan 62ta epizod
1955 Lone Ranger, TheThe Lone Ranger Maggie Sawtelle xola 1ta epizod
1955 Soldiers of Fortune Amelia Lilly 1ta epizod
1955 Damon Runyon Theater 1ta epizod
1955 Alfred Hitchcock Presents: Revenge Mrs. Fergusen 1ta epizod
1956 Lux Video Theatre 1ta epizod
1956 Cavalcade of America Mrs. Hayes 1ta epizod
1957 Jane Wyman Presents The Fireside Theatre 1ta epizod
1957 General Electric Theater Miss Trimingham 1ta epizod
1957 Perry Mason Louise Marlow 1ta epizod
1957-

1958
Eve Arden Show, TheThe Eve Arden Show Mrs. Nora Martin 5ta epizod
1958 Colgate Theatre 1ta epizod
1959 Ann Sothern Show, TheThe Ann Sothern Show Mrs. Wallace 1ta epizod
1959 Thin Man, TheThe Thin Man 1ta epizod
1959 Sugarfoot Nancy Thomas xola 1ta epizod
1959 Wagon Train Sister Joseph 1ta epizod- „The Sister Rita Story“
1959 77 Sunset Strip Grandma Fenwick 1ta epizod
1960 Danny Thomas Show, TheThe Danny Thomas Show Henrietta Perkins 1ta epizod
1960 Rawhide Ellen Ferguson 1ta epizod
1960-

1968
Andy Griffith Show, TheThe Andy Griffith Show Beatrice „Bee“ xola Taylor 175ta epizod

Primetime Emmy Award for Outstanding Supporting Actress — Comedy Series (1967)
1967 Gomer Pyle, U.S.M.C. Bee xola Taylor 1ta epizod
1968-

1970
Mayberry R.F.D. Bee xola Taylor 24ta epizod

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Childhood Jealousy Leads Frances Bavier to Stage“. The Ogden Standard-Examiner. 26–iyun 1936–yil. 13-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Frances Bavier Dead; TV Performer Was 86“. The New York Times (8-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 14-may 2009-yil.
  3. „Frances 'Aunt Bee' Bavier dead at 86“. United Press International (7-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
  4. Foley. „Aunt Bee's Studebaker and other fine vehicles“. State Line Observer (23-oktabr 2014-yil). 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
  5. Carolina Camera: Aunt Bee Retires. Ballard, Bill. www.youtube.com
  6. Kelly, Richard Michael. The Andy Griffith Show, 1985 — 13–14 bet. ISBN 0-89587-043-6. 
  7. „Did Aunt Bee leave 800K for the Siler City police? Here's the answer“. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  8. „The cast of 'Griffith Show' mourns Frances Bavier“. Chicago Tribune (8-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
  9. Frances Bavier death certificate, autopsyfiles.org; accessed September 28, 2016.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]