Fran Karačić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fran Karačić
Karačić 2018-yil Avstraliya bilan mashg'ulotda.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fran Karačić[1]
Tavallud sanasi 12-may 1996-yil (1996-05-12) (27 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvatiya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi O'ng qanot
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brescia
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000 Kustošija
0000–2012 NK Zagreb
2012–2016 Lokomotiva
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2020 Lokomotiva 103 (7)
2015Lučko 8 (0)
2020–2021 Dinamo Zagreb 0 (0)
2020–2021Lokomotiva 26 (1)
2021– Brescia 42 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Xorvatiya U21 7 (2)
2021– Avstraliya 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 20-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-noyabr uchun)

Fran Karačić (1996-yil 12-mayda tugʻilgan) — Xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning “Breshiya” jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi. U Xorvatiyada tugʻilgan boʻlsada, Avstraliya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi vazifasida oʻynaydi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 14-yanvarda Karačić ikki yarim yillik shartnoma asosida B Seriyaning “Breshiya” jamoasiga kelib qo‘shiladi[3].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karačićning otasi Sidneyda tugʻilganligi sababli u Xorvatiya yoki Avstraliyani terma jamoa sifatida tanlash huquqiga ega edi[4].

2017-yilda Karačić Xorvatiya yoshlar terma jamoasida yil davomida bir necha o‘yin o‘tkazdi, yoshligidan Avstraliyada katta bo‘lgan va Yevropa sharoitiga o‘rganmagan yosh futbolchi Xorvatiya yoshlar futbol terma jamoasida muvaffaqiyat qozona olmadi va bir yildan so‘ng Avstraliya terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. FIFA futbolchining yangi terma jamoada o‘ynashni boshlashi mumkinligini tasdiqladi.

2018-yil may oyida Karačić Avstraliyaning Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun dastlabki 26 kishilik tarkibiga kiritildi[5]. 2018-yilning 25-mayida u FIFA tomonidan Avstraliya terma jamoasini himoya qilish uchun rasman ruxsat oldi[6]. Shuncha urunishlarga qaramay keyinchalik Karachich yakuniy tarkibdan chetlashtirildi[7][8].

Karačić 2021-yil iyun oyida 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi oʻyinlari uchun yana Avstraliya terma jamoasiga chaqirildi va u yerda Quvaytga qarshi oʻzining ilk debyut uchrashuvini oʻtkazdi[9].

U 2022-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun Avstraliya terma jamoasiga safiga kiritilgan[10]. Ushbu musobaqada Avstraliya terma jamoasi Fransiya, Daniya va Tunisga qarshi bahs olib borib, guruh bosqichidan Fransiyadan keyingi 2-o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliya
Yil Oʻyinlar Gollar
2021-yil 6 1
2022-yil 5 0
Jami 11 1
Sana, joy, raqib, hisob, natija va raqobat boʻyicha xalqaro gollar
No Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 11-iyun Jabir al-Ahmad xalqaro stadioni, Quvayt Siti, Quvayt    Nepal 2 – 0 3–0 FIFA 2022 Jahon chempionati saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Australia (AUS)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. Fran Karačić Soccerway saytida. Qaralgan sana: 5 January 2019.
  3. „Fran Karačić è un nuovo giocatore del Brescia“. Brescia Calcio (2021-yil 14-yanvar). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
  4. „‘Like a dream’: The Socceroo proud to represent the country he’s never visited“. smh.com.au. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  5. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  6. „FIFA gives seal of approval to Karacic's Socceroos switch“ (en). The Sydney Morning Herald (2018-yil 24-may). Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  7. 'Almost Socceroo' Karacic: No regrets over chasing World Cup spot theworldgame.sbs.com.au
  8. „World Cup 2018: Tim Cahill selected in Australia's 23-man squad“. BBC Sport (2018-yil 22-iyun). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  9. „Socceroos quartet back from wilderness“. Yahoo Sports (2021-yil 26-may). 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  10. „SOCCEROOS SQUAD ANNOUNCED: FIFA World Cup Qatar 2022™“ (en). Socceroos (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.