Fozila Sulaymonova
- Vikipediyada ismi Fozila va familiyasi Sulaymonova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Fozila Sulaymonova | |
|---|---|
| Tavalludi |
20-sentyabr 1919 |
| Vafoti |
2011-yil |
Fozila Sulaymonova — (1919, Margʻilon, — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1991), professor.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1941). Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan (1946-1948). Oʻzbekiston Milliy Universitetida katta oʻqituvchi (1948-1960), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat adabiyot muzeyida katta, yetakchi ilmiy xodim (1968-1978, 1998-2006), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida katta ilmiy xodim (1978-1998) boʻlib ishlagan. Koʻplab ilmiy maqola, monografiya va Sharq miniatyuralarini chop ettirgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Sogʻlom avlod uchun» (1994), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari va Fransiya Fanlar akademiyasining oltin palma mukofoti (1998) bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 83-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |