Foydali qazilmalar havzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Foydali qazilmalar havzasi — togʻ jinslarining maʼlum formatsiyasi bilan bogʻliq, qatlamli choʻkindi foydali qazilmalarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk oblasti. Foydali qazilmalar havzasih. kumir (Kuznetsk, Donetsk, Moskva yoni va boshqalar), neft va yonuvchi gaz (Amudaryo, Buxoro neftgaz oblasti bilan birga, Fargona, Fors qoʻltigʻi, Perm — AQShda, Gʻarbiy Sibir, Meksika qoʻltigʻi va boshqalar), noruda foydali kazilmalari (tuz havzalari — ArtyomovskSlavyansk, Irkutsk va boshqalar), rudali (Krivoy Rog temir rudasi, Nikopolsk marganets rudasi va boshqalar) konlar uchun xos. Foydali qazilmalar havzasih maydoni bir necha yuz km² dan bir necha yuz ming km² gacha boʻlib, uning hududida yirik konchilik sanoati majmualari mavjud.