Foydalanuvchi munozarasi:Uz Master

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Uz Master!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

--Ximik1991Bot (munozara) 14:45, 14-Dekabr 2015 (UTC)[javob berish]

Islom dinini kelib chiqishi

Islom dini. Islom – dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri bo`lib, 1,3 milrd.ga yaqin mushulmonlar unga e`tiqod qilishadu. Osiyo qit`asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston, Afrika qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efeopiya, g’arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoniziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Flippin aholisining ma`lum bir qismi, yevropa qit`asidagi Balqon y--84.54.87.198 12:06, 23 dekabr 2010 (UTC)arim orolida yashovchi xalqlarning bir bo’lagi islomga etiqod qiladi. Musulmonlarning haj qiladigan joyi – Makkada. U yerda islom dinida eng muqaddas hisoblangan Ka`ba – “Allohning uyi” (“Baytulloh”) deb nom olgan Ibodatxona mavjud.

Islomning mohiyati

“Islom” so’zi arabcha bo’lib, “xudoga o’zini topshirish”, “itoat”, “buysunish” degan ma`nolarni bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar “muslim” deb ataladi. Uning ko’plik shakli “muslimun”. Islom dini Arabiston yarim orolida VII asr boshlarida paydo bo’lgan. Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub bo’lgan Xoshimiylar xonadonida tug’ulganlar. Ular 609-610 yillarda makkada yakka xudoga etiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlaganlar. Biroq zodagonlarning qarshiligiga uchrab, 622-yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib)ga ko’chganlar (hijrat qilganlar). Musilmonlarning hijriy yili hisobi o`sha yildan boshlanadi. 630-yilga kelib makka ham musulmonlar qo’liga o’tib u yerda musulmon davlati shakllanadi. Makka birinchi marta Ptalamey asarida (II asr) Makoraba nomi bilan tilga olingan. Islom dinigacha majusiy qabilalarning diniy markazi bo’lgan. Shu o’rinda Madina haqida qisqacha ma`lumot berib o’tish joiz. Qadimda uni Yasrib (Yatrib) – savdo-sotiq shahri, deb atashgan. Yuqorida aytilganidek, 622-yili Muhammad Alayhissalom Makkadan Madinaga ko’chib o’tgan. Uning daxmasi Madinada bo`lganligi uchun shahar musulmonlarning Makka (Ka`ba) dan keyingi ikkinchi ziyoratgohi hisoblanadi. Madina markazida VII asrda qurilgan katta Jome` masjidi bor. Muhammad Alayhissalom vafotlaridan keyin bu davlatni ularning o’rinbosarlari, ya`ni noib-xalifalar boshqaradilar. Shu munosabat bilan ham musulmonlar davlati tarixida “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta hududni egallagan edi. O’rta osiyo yerlari – Movorounnahr VIII asr boshlaridan VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan fath etilib, ular bilan birga islom dini kirib kelgan. Islom dini Turonga Arab xalifaligining amiri Qutayba ibn Muslim va askarlari tomonidan 705-715 yillarda yoyilgan. Arab fotihlari bosib olingan yerlarda xalqni islom diniga kirita boshladilar. Arablar islom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar. Jumladan, islom dinini qabul qilganlar soliqlardan ozod etilgan. Ana shu davrdan boshlab. O’rta Osiyo mintaqasida islom madaniyati va ma`rifati o’ziga xos ravishda shakllandi hamda taraqqiyot bosqichini bosib o’tdi.

“Qur`oni karim” – ibrat kitobi

Islom aqidalarining asosiy axloqiy – huquqiy tamoyillari Muqaddas “Qur`on”da o’z ifodasini topgan. Qur`oni karim, hadisi shariflarda ma`no va mazmun teran, umuminsoniy qadriyatlarni himoya etuvchi va targ’ib qiluvchi falsafiy xulosalar chuqur. Bu muqaddas kitob yer yuzi musulmonlarining dasturlamali, diniy ahkomlar manbayidir. Qur`oni karim sahifalarini bir kitobga jamlash halifa hazrati Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa xazrati Usmon davrida yakunlangan va to’rt nusxada ko’chirilgan. Ana shu ko’chirilgan dastlabki nusxalardan biri O’zbeliston musulmonlari idorasida saqlanadi. “Qur`on” – dunyo madaniyatining ulkan boyligi barcha musulmonlarning kitobi bo’lib, arab tilida “qiroat” ma`nosini anglatadi. Islomning sha`riy ma`nosi – Allohning yagonaligiga iymon keltirib, unga bo`ysunish va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik, Alloh amrini bajarmoqlikdir. Allohga iymon keltirgan va Alloh yuborgan payg`ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi. Qur`oni karimning eng muhim hikmati shuki, unda har bir inson uchun bevosita ahamiyatli bo`lgan so`zlar, yo`l-yo`riqlar,asosiy qoidalar, ta`limotlar aniq ko`rsatilgan. Qur`ni karimdagi ilm haqidagi, madaniyat, ma`naviyat ma`rifat haqidagi g`oyalar umumbashariyatga tegishlidir. Unda ilm-ma`rifatga inson ma`naviy-axloqiy barkamolligining ustuvor sohalaridan biri sifatida qaralgan. Axloq va odob masalasiga aloxida e`tibor berilgan. “Qur`on” kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shunga ko`ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “Qur`on”da saxovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, qo`li ochiqlik, bag`ri kenglik, muruvvatlik, keng fe`llik, to`g`rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e`tabor berilgan va yuksak ma`rifat belgisi, deb qaraladi.Unda ehson mazmuni keng qamrovda olinadi. Unga muomala ham, inson amalgam oshiradigan barcha yaxshi ishlar ham kiritiladi. Ehson insonning tabiiy vazifasi bo`lishi kerakligi talqin etiladi. Kim birovga ehson qilsa, uning foydasi o`sha kimsaning o`ziga qaytishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi o`zida ruhiy qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurmat-ehtiromga sazovor bo`lishi ta`kidlanadi. Qur`oni karimda ehsonga loyiq kishilarga birinchi navbatda ota-onalar kiritiladi ota-ona haqi belgilab beriladi. “Al-Isro” surasining 23-24- oyatlarida ota-onaga yaxshilik Alloh taologa ibodat qilishdan keyin ikkinchi vazifa sifatida ta`kidlanadi. Ota-ona qanday bo`lishidan qati` nazar, farzand ularga nisbatan hurmat saqlashi, ularning so`zlarini qaytarmasligi, ota-ona bolani dunyoga keltirish bilan birga, farzandga ta`lim-tarbiya ham berganligini unutmay, ularning haqqini ado etishga doimo tayyor turishi lozimligi ta`kidlanadi. Mazkur oyatlarda eng oliy insoniy muomala qoidalari sifatida quyidagilar belgilangan: -ota-onaga ehtirom bajo keltirishi; -ota-onaga rahm-shafqat qilish; -ularning haqiga duo qilish. “Qur`on”ni o`rganish jarayonida faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a`zolariga: qarindoshlar, yetimlar, kambag`allar, qo`ni-qarindoshlarga ham yaxshilik qilish zarurligi haqidagi ma`lumotlarni bilib olish mumkin. Ezgulik qilish, el-yurtga foyda keltirish, yomonlarni yo`ldan qaytarish, to`g`ri yo`lga solish yuksak ma`naviy fazilat sifatida e`zozlanadi. Yurtboshimizning Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag`ishlangan marosimda so`zlagan nutqidagi fikrlari bu masalada katta ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega: “Savob-ulug’ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki… savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-u yurtiga, albatta, Allohning rahmatlari yog’iladi. Muqaddas Qur`oni oyatda ta`kidlanganidek, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”. “Qur`on”da sabr ham ehson bilan bir qatorda sanaladi: “Hud” surasi 115-oyatida: “Ey, Muhammad, mashaqqat va ozorlarga sabr qiling! Zotan Alloh chiroyli amal qiluvchilarning ajr mukofotlarini zoye etmas”, - deyiladi. “Qur`on”da oliy hislatlardan yana biri sadoqat, deb ta`lim beriladi. Sadoqat bor joyda ishonch, e`tiqod mavjud. Sadoqat barcha yaxshilikning debochasi sifatida talqinda etiladi. Kishilarda bir-biriga ishonch faqat sadoqat orqali paydo bo`ladi. “Qur`on”insonlarni shunga undaydi. “Qur`on”da kishilar o`rtasida o`zaro munosabatlarni yaxshilash to`g`risida ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat bo`lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Unda odob-axloq madaniyati, huquqiy munosabatlar va insonni ulug`lashga oid muhim ko`rsatmalar mavjud. Jumladan, “Bandalarimizga aytingki, ular eng go`zal so`zlardan so`zlashsinlar”, “Biz odam bolalarini mukarram qildik… ularga halol-pok narsalardan rizq-u ro`z berdik va ularni o`zimiz yaratgan juda ko`p jonzotlardan afzal – ustun qilib qo`ydik”, “Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen hargiz yerni teshib ketolmaysan va bo`y-ibastda tog`larga yetolmaysan”,- deb ko`rsatiladi. Ijtimoiy hayotda bir shaxs yoki jamiyat kishilarining farovon va baxtli hayoti ko`p jihatdan ularning tinch-totuv yashashiga bog`liq. “Qur`on”da yaxshilik tushunchasi ostida rostgo`ylik, qanoat, saxiylik, shijoat kabi fazilatlar ko`zda tutiladi. Har bir kishiga zarar yetkazuvchi yomonlik bilan dushmanlik qoralanadi. “Qur`on”da shirinsuxanlik, to`g`ri so`z va muomala madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari keltiriladi. Shirinsuxanlik insonning muomala madaniyatiga ega ekanligini ko`rsatadi, ichkilikbozlik, qimorbozlik, yolg`onchilik, boshqalarni kamsitish, badgumonlik, ochko`zlik kabilar xususida ham ibrat oladigan fikrlar bildirilgan. Manmanlik – o`z aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. Manmanlik illati kishilarni sog`lom fikr yuritishdan, o`zini takomillashtirib borishdan mahrum etadi. “Qur`on”da yolg`onchilik va uning turlari, zararli oqibatlari haqida ham fikr bildiriladi. Yolg`onchilikning eng xavflisi xiyonat deyiladi. Chunki xiyonat jamiyat uchun ham, odamlar uchun ham zarar keltirib, uni xarob etadi. Yolg`onchilikning yana bir turi va`daga vafo qilmaslik, deb ko`rsatiladi. Irodasiz, birovga yaxshilikni ravo ko’rmaydigan ishonchsiz kishilar va`dasiga vafo qilmasligi – munofiqlik, va`da bersa – vafo qilmaydi va omonatga xiyonat qiladi. Prezident Islom Karimov MDH xorijiy muxbirlar xalqaro uyushmasi a`zolari bilan suhbatida shunday degan edi: “Islom dini mutaassib din emasligiga iymonim komil. Qur`onni yaxshi bilgan kishi bu ilohiy kitobda insonparvarlik, tinchlik, osoyishtalik va boshqa dinlarga murosa bilan qarash targ’ib qilinishini juda yaxshi biladi… islom dini insonni gunohlardan forig’ qilishiga ishonaman… shu sababli odamlarda dinga e`tiqod tug’ilishini aslo qoralab bo’lmaydi. Bizda masjidlar tiklanmoqda. Qur`on ilk marta tarjima qilindi. Bu bizning tariximizda katta voqeadir”. Qur`oni karim oyatlarining har biri obyektiv mavjud boqiy qonuniyatlarga asoslangan. Janobi Rasulullohning aytishlariga qaraganda, u zotga bu oyati karimalar vahiy orqali goh aniq ovoz bilan, u kishigagina eshitiladigan tarzda, goho tushlari orqali ma`lum bo’lgan. Ul zot Payg’ambar bo’lmaslaridan oldin ismlariga “amin”, ya`ni “rostgo`y” qo`shimchasini olishga muyassar bo`lganlar.

== Avatar

Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.

==

Mashhur rеjissyor Jeyms Kemеronning yangi “Avatar” filmi jahon kinosi ishqibozlari orasida o`ziga xos shov-shuv uyg`otdi. Filmga bo`lgan qiziqish qay darajada ekanligini bitta fakt bilan isbotlaymiz. Katta ekranlarga chiqqaniga 10 hafta bo`lmasdan film 2,1 milliard dollarga yaqin pul ishladi. Bu film byudjеtidan 9 baravar ko`p mablag` dеmakdir. Bugun ana shu qiziqishlarning sabablariga va filmga bildirilgan fikrlarga to`xtalamiz...

Ma'lumotnoma:

Janr: Fantastika, boеvik, drama. Ssеnariy muallifi va rеjissyor: Jеyms Kemеron. Prodyusеrlar: Jеyms Kemеron, Jon Landau. Bosh rollarda: Sem Uortington, Zoi Saldana, Sigurni Uivеr, Mishеl Rodrigеs, Stivеn Leng. Opеrator: Mauro Fiorе. Bastakor: Jеyms Xornеr. Kinokompaniya: 20th Century Fox. Film davomiyligi: 162 daqiqa. Film byudjеti: 237 mln $. Film tillari: ingliz va na'vi tillari.

Qisqacha. “Avatar” ustidagi ishlarni Kemеron 1994 yilda 80 sahifali ssеnariy yozish bilan boshlagan edi. Filmni suratga olish ishlari “Titanik” filmi yakunlangach, boshlangan. Mazkur film 1999 yilda katta ekranlarga chiqishi lozim edi, ammo rеjissyorning so`zlariga qaraganda o`sha vaqtda filmni yaratish uchun mukammal tеxnologiya mavjud bo`lmagan. 2005 yilning yoziga kеlib, filmdagi o`zga sayyoralik irqini yaratish ishlari boshlandi. 2006 yil boshida esa Kemеron ssеnariy ustida jiddiy ish boshladi. Film an'anaviy shaklda, ya'ni 3D, RealD 3D, Dolby 3D va IMAX 3D formatlarida omma e'tiboriga havola etilgan. Ko`pchilikning “Avatar” “s'yomka”lari uchun maxsus stеrеskopik kamеra yaratilgan dеgan o`yda. Kinotanqidchilarning fikricha, rеjissyorning bu filmi kinoda yangi inqilob, dеmakdir. Xuddi bir paytlar katta ekranlarda rangli kino paydo bo`lgani kabi.

“Avatar”ning jahon miqyosidagi prеmеrasi 2009 yilning 10 dеkabrida Londonda bo`lib o`tdi, oradan bir hafta o`tib, bu film butun dunyo ekranlariga chiqdi. 2010 yilning 25 yanvari kuni film 1,8 mlrd dollar mablag` yig`ib, eng kassabop filmlar rеytingida yuqori cho`qqini zabt etdi. Bu “Titanik” filmi ortda qoldirildi, dеgani edi. Fеvral oyi boshiga kеlib film 2 mlrd dollarlik chеgaradan o`tib kеtdi. Filmning muvafaqqiyatidan ruhlangan Kemеron kartinaning yana ikkita “sikvеl”ini olishga tayyorligini ma'lum qildi.

Film 2154 yilda Pandorada, ya'ni Alfa Sеntavr yulduzlar tizimidagi oyda bo`lib o`tgan voqеalar haqida. Vеnеsuelada yaralanib, nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan sobiq dеngiz piyodasi Jеyk Salli, uning egizak akasi bo`lg`usi olim Pandora sayyorasidagi yеrliklar bazasiga 4,3 yorug`lik yilida sayohat qilmoqchi bo`ladi.

Filmda tasvirlangan avatarlar gеn injеnеriyasi yordami yaratilgan gibridlar, ya'ni ular inson DNKsi va Pandora aholisi (na`vi) o`zagidan hosil bo`lgan. Filmni ko`pchilik tomosha qilgani bois uning syujеtiga to`liq to`xtalib o`tishga hojat yo`q, dеb hisoblaymiz. Shu bois filmning boshqa jihatlariga alohida e'tibor qaratsak.

Pandora olami

Sayyoradagi tirik mavjudotlar tabiiy biolyuminеstsеntsiya hosilasidir. O`zga sayyoradagi hayvonot olamining aksariyati Yerda bir paytlar yashagan jonzotlarni eslatadi. Bu hayvonlar hayot daraxti bilan sirli ravishda bog`liqlik hosil qilgan. Jеyms Kemеron Pandora olamini biointеrnеt bilan taqqoslagan. Filmni ko`rish jarayoni tomoshabin o`z-o`zidan o`sha sayyoradagi mavjudotlarni Yerdagisi bilan solishtira boshlaydi va unda yashiringan ba'zi bir o`xshash jihatlarni ilg`ab oladi. Filmda aks etgan tog`lar uzra suzgan bulutlar tasvirini yaratish uchun tasvirga olish guruhi Xitoydagi Xuanshan tog`lariga borishiga to`g`ri kеldi. Sayyora qabilalarining ijtimoiy-madaniy dunyosini yaratish uchun modеl sifatida Janubiy va Shimoliy Amеrika qabilalari an'analariga murojaat etilgan.

“Kayе dyu sinеma” Pandoradagi o`simlik va hayvonot dunyosi Yerdagi muqobili bilan bir xil ekanligi to`g`risida yozadi. Ba'zi tanqidchilar ham bu borada faqat iliq fikrlarni bildirganlar.

Yaratish jarayoni. 1995 yilda “Avatar” filmi uchun ssеnariy yozishni boshlagan Kemеron film bosh rol ijrochilarini yaratish uchun murakkab tеxnologiyalar mavjud emasligi va ularning ijrosi tufayli tomoshabinlarning “Nahot yеrni biz shu ahvolga olib kеlib qo`ydik, uni to`g`rilash uchun nima qilish kеrak?” dеgan savolni o`ziga bеrishlari uchun juda kuchli tayyorgarlik ko`rish omili bo`lgan.

Kemеronning aytishicha, ssеnariy uchun ilhom vazifasini Edgar Rays Bеrrouzning “Jon Kartеr - marslik” va Pol Andеrsonning “Mеni Jo dеb chaqiring” filmlari o`tagan ekan. 2006 yilning iyunida film “Loyiha-880” dеb nomlangan.

Mening ismim xon[manbasini tahrirlash]

O`tayotgan haftada uzoq vaqtdan beri kutilgan Shohruh Xon va Kajol ishtirokidagi “Mening ismim Xon” filmi katta ekranlarga chiqdi. Butun dunyo bo`ylab 550-600 kinoteatrlarda namoyishi bo`lib o`tgan filmdan ijodkorlar katta moliyaviy yutuq kutishmoqda. Karan Johar suratga olgan mazkur film o`tgan yilning so`ngida namoyish etilgan va eng kassabop film sifatida e`tirof etilgan “3 telba” filmi o`rnatgan rekorddan oshishi kutilmoqda. Eslatib o`tamiz, Amir Xon suratga tushgan “3 telba” filmi 50 million dollar ishlab topgan. Film ijodkorlari ya`ni, Shohruh Xon, Kajol va Karan Johar filmning maxsus namoyishi bo`lib o`tadigan mamlakatlarda muxlislar bilan uchrashuv uyushtirishmoqda. Film ustalari bu harakat ham o`ziga hos reklama ekanligini unutishgani yo`q.