Foydalanuvchi munozarasi:Odil

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz!

Salom, Odil! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, mana bu sahifaga tashrif buyuring yoki sizni qiziqtirgan savolni munozara sahifamda soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Yana bir bor xush kelibsiz! Abdullamunozara 17:10, 27 yanvar 2009 (UTC)

Buxoro viloyati[manbasini tahrirlash]

Hurmatli yurtdoshlar ! O'zbekiston haqida ensiklopediyaga kiritilgan har bir ma'lumot haqqoniy va to'g'ri bo'lishini kuzatib boraylik. Mani ayrim narsalar to'g'risi biroz ranjitdi. Masalan - Buxoro viloyati haqida yozilgan ma'lumotda aholining 90% tojik deyilgan. Kim bunaqa noto'g'ri ma'lumotni kiritgan? Man o'zim Buxorolikman, to'g'ri bizda Buxoro shahrida aholi asosan tojik tilida so'zlashadi, lekin bu degani Buxoro sharining barcha aholisi tojik degani emas, ular ko'pisi uyida o'zbek tilida so'zlashishadi. Chunki Buxoro viloyatining tumanlari aholisi deyarli hammasi o'zbek. Olot, Qorako'l kabi tumanlarda mutlaqo tojik millati yo'q hisobi. Qolgan tumanlar G'ijduvon, Jondor, Peshku, Vobkent kabi tumanlarda ham oz miqdorda tojik yashaydi. Masalan Buxoro shahri atrofidagi Kogon va Buxoro tumaniga qarashli qishloqlarda yashovhi aholining ham ko'pchiligi umamn tojik tilini bilmaydi. Qisqasi, viloyatning katta shaharlari Buxoro, Kogon va G'ijduvonda asosan tojik tilida so'zlashuvchilar ko'p lekin bu aholining 90% tojik deyishga sabab bo'lolmaydi. Buxoro shahrining eski shahar qismidan asosan tojikcha so'zlashishsa, boshqa qismlari 5-mikrorayon, 6-mikrorayon kabi yangi qismlarda sof o'zbekcha so'zlashishadi, chunki bu yerdagi yashovchilar asosan viloyatning tumanlardan kelib o'rnashganlar. Umaman olganda hech kim viloyatdagi o'zbek va tojiklarning aniq hisobini ayta olmaydi. Faqat shuni aytish mumkinki asosan Buxoro shahridagina tojiklar keng tarqalgan, tumanlarda esa asosan o'zbeklar yashaydi. Aholining asosiy qismi esa tumanlarda istiqomat qiladi.

Agar kimki shu fikrga qo'shilmasa u holda Olot, Qorako'l, Qoravulbozor, Peshku tumanlariga tashrif buyursin, G'ijduvon, Vobkent va Shofirkonning markazi va ayrim qishloqlarini hisobga olmaganda bu yerdalarda ham o'zbeklar istiqomat qilishadi.

Buxoro viloyati maqolamizda tojiklar haqida yozilmagan ekan, qaysi maqolani nazarda tutdingiz? Iltimos, o'sha maqolaning munozara sahifasiga yozing. Abdullamunozara 17:10, 27 yanvar 2009 (UTC)