Foydalanuvchi munozarasi:Nataev/Arxiv 2

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salom wiki

RE:Vikipediya qachon to'sildi?

Salom! Qachon to'silgani aniq esimda yo'q, 2011-yil 27-dekabrdan avvalligini bilaman, xolos. Abdullamunozara 12:46, 16 fevral 2012 (UTC)

RE:Atoqli ismlar

VP:NOMLASH. Abdullamunozara 12:47, 16 fevral 2012 (UTC)

munozaramdan ko'chirildi: Vikipediyada atoqli nomlarni tarjima qilmaslikka kelishilibdi, ammo o'zbek tilining qoidalari bo'yicha ham tarjima qilmaslik kerakmi? Kitoblarda "Shekspir" deb yoziladimi yoki "Shakespeare" deb yoziladi? Nataev 12:54, 16 fevral 2012 (UTC)
Bu masalada IRL tayinli bir qoida yo'q. Darsliklarda ruschaga o'girilgan ismlarni translit qilib yozishadi (Shekspir deb), lekin ba'zi kitoblarda, ko'chadagi plakatlarda asl ismlarni yozishadi, masalan, Toshkentda Ko'rgazmalar Zali yonidagi o'zbekcha matnli plakatlardan birida Alexandre Cabanel (Aleksandr Kabanel emas) deb yozilganini ko'rdim. Abdullamunozara 11:38, 17 fevral 2012 (UTC)
Rahmat! Tushuncha paydo bo'ldi. Demak Vikida "just to be consistent" tarjima qilmay yozaverish kerak. Bo'lmasam kasha bo'ladi. Nataev 12:47, 17 fevral 2012 (UTC)

RE:Muhim savol

Xotirlatganingiz uchun tashakkur. Interfeys TranslateWiki.net orqali tarjima qilinadi. Aytganingiz Meni Suhbatim allaqachon Suhbatim, mening hissam esa shunchaki hissam, deb oʻgirilgan, ammo MediaWiki yangilanganida bu oʻzgarishlar eʼtiborga olinmadi. TranslateWiki'da tegishli mavzu ochdim. Abdullamunozara 08:11, 13 mart 2012 (UTC)

Rahmat! 12:25, 13 mart 2012 (UTC)

Fake Wiki

Izlanmasdan vahima koʻtaribsiz. Aslida wiki.zn.uz "full of biased material" sayt sifatida yaratilmagan, balki 2008-yili Vazirlar Mahkamasi tarafidan taklif etilgan UzWikini Oʻzbekiston oʻquv muassasalari uchun bepul boʻlmish Tas-IX hududiga nusxalash haqidagi gʻoya edi (VikiYoz loyihasi bilan birgalikda). Wiki.zn.uz saytiga UzWiki maqolalari koʻchirilgan edi. Biroq odamlarning qiziqishi yoʻqligi bois ZiyoNet vikisi turgʻunlikka kirib qoldi, VikiYoz ham natijasiz yakunlandi. Ish hatto UzWikini yopish haqidagi muhokamagacha borib yetdi. Xalq qiziqmasa, unga Vikipediya kerak boʻlmasa, hukumat aybdor emas. Kim biladi, balki bu haqida bosh qotirishdan charchab, UzWikini shunchaki toʻsib qoʻyish qaroriga kelishgandir. Abdullamunozara 12:11, 13 mart 2012 (UTC)

Juda o'rinli vahima qildim. Xalqning qiziqishi bo'lmagani uchun Viki to'silgan bo'lishi mumkin deyishingiz g'irt bemaza ava asossiz gap. O'zbeklar ko'p narsaga qiziqishmaydi. Bu degani man qil shu narsalarni degani emas. (Ilm-fanga qiziqishmaydi. Demak ilm-fan ham man qilinishi kerakmi?) Man qilib qiziqqanlarni ham ishlashiga to'sqinlik qilayapti O'zbekiston hukumati. Men Jimmi Uelsning sahifasidan tashqari Ozodlik radiosida va boshqa xalqaro nashriyotlarda maqolalar yozdim. Juda o'rinli ish. O'zbekiston bu yil ham "Internet dushmani" maqomini saqlab qoldi. Gaplaringizdan davlat ishchisiga o'xshayapsiz. Afsus, o'zbek Vikisida yaqin kelajakda rivojlanish bo'lmaydi. Nataev (talk) 12:25, 13 mart 2012 (UTC)
Gaplaringizdan davlat ishchisiga o'xshayapsiz. Hm, unda mana buni qanday izohlaysiz? Aytmoqchi boʻlganim, muxbir odam (freelance boʻlsa ham) avval yaxshilab izlanib, kavlab, aniq maʼlumot yigʻibgina xabar tayyorlaydi. UzWiki toʻsilgani menga ham yoqmadi, buni oqlamayapman, shunchaki yana bir faraz tashladim. Lekin ayni shu toʻsishni qilganlar bir necha yil oldin bizga yordam qilishga uringanini esdan chiqarmaslik kerak. Betaraf boʻlishga chaqiraman. Abdullamunozara 12:44, 13 mart 2012 (UTC)
Betaraflikka chaqirishga hojat yo'q. O'zim betarafilk haqida juda yaxshi bilaman. Olti yildan ber chetda o'qiyman va betaraflik haqida maslahatga zor emasman. Farazingiz kurakda turmaydigan faraz. Bunaqasini hali hech kim eshitmagan. O'zbek Vikisidagi ozgina faol ishtirokchilardan biri ekanligingizni bilaman. Ammo bu sizga boshqalar bilan faraz va maslahatlaringizni bo'lishish huquqini bermaydi. Ayniqsa so'ramagan odamlar bilan. Nataev (talk) 12:52, 13 mart 2012 (UTC)
Ad Hominemga hojat yoʻq. Haqiqatan ham kurakda turmaydigan iddao qilgandirman, buning uchun uzr soʻrayman. Faol-nofaol ishtirokchiligimning bu yerda daxli yoʻq, hech kimga pesh qilmayman, zero pesh qilgulik martaba emas. Mavjud muammoga OAV eʼtiborini jalb qilganingiz yaxshi, lekin yillar burungi xayrli ishni "fake wiki knockoff" deb qoralash ortiqcha, deb taxmin qildim. Have a nice day. :-) Abdullamunozara 13:05, 13 mart 2012 (UTC)
ZiyoNET.wiki o'zbek Vikisining ko'zgusi emas. U yerda hozir 7,903 ta maqola bor. O'zbek Vikisida bo'lsa 7,979ta. Lekin bu O'zbekistonda keng tarqalgan holat: mahluqni ham malika qilib ko'rsatadigan, bor nuqsonni yo'q qiliadigan ko'zgular to'lib yotibdi. Bu yerda "ad hominem" kabi Lotin frazalarni bilishingizni ko'rsatishga hojat yo'q. O'zbek tili juda boy til, unda erkin fikr bildirish mumkin. Nataev (talk) 13:13, 13 mart 2012 (UTC)
U yerda hozir 7,903 ta maqola bor. O'zbek Vikisida bo'lsa 7,979ta. Wiki.zn.uz parsing-mexanizmi 2010-yil 5-avgustida oʻz ishini toʻxtatgan, shuning uchun u yerda eski maʼlumotlar qolib ketgan. Munozarani faqat oʻzingizning sahifangizda olib borishingiz mumkin, menikiga koʻchirish shart emas. Abdullamunozara 13:22, 13 mart 2012 (UTC)
Solishtiring: http://uz.wikipedia.org/wiki/Andijon va http://wiki.zn.uz/wiki/Andijon. ZiyoNET.wikiga yetib bormaydi Uzwikidagi o'zgarishlar. Tabiyki ikkalasida ham Andijon qirg'ini, Karimovning dunyodagi eng qabih zolimlardan biri ekanligi haqida hech vaqo yo'q. Bu yerda safsata qilmay maqola yozsak foydamiz tegardi. O'zbek Vikisida hatto O'zbekiston Fanlar Akademiyasi haqida maqola yo'q. Jastin Biber va seks haqida bor, albatta. Nataev (talk) 13:30, 13 mart 2012 (UTC)
Parser-bot oʻzgarishlar tarixini koʻchirmaydi. Bizdagi va u yerdagi maqolalar orasida farq koʻrinmaydi.
Bu yerda safsata qilmay maqola yozsak foydamiz tegardi. Toʻgʻri aytdingiz.
O'zbek Vikisida hatto O'zbekiston Fanlar Akademiyasi haqida maqola yo'q. 2007-yili yaratilgan. Redirektlar qoʻyish kerak ekan, esga solganingiz uchun rahmat. Bieber va seks kabi maqolalar haqida bu yerda bahslashganmiz. Abdullamunozara 13:46, 13 mart 2012 (UTC)

nimaga bahs munozaraga kirishib ketdingiz chushunmadim luchshe wikipediyaga maqolalar izlab tarjima qilmisizlarmi agar silardaqa chet elda chet tilini biladiganlar tirishmasa uzbek uchun kim tirishadi. — Bu xabarni Mirzoulug'bek (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Fikringizga qo'shilaman, Mirzoulug'bek. Ingliz Vikipediyasida o'zbeklar va o'zbek madaniyati haqida maqola yozib ancha hissa qo'shayapman. Nataev (talk) 14:02, 13 mart 2012 (UTC)
Boʻldi, bas qildik :-) Abdullamunozara 13:46, 13 mart 2012 (UTC)
Juda yaxshi. Fanlar Akademiyasi haqidagi o'zbekcha maqolani ingliz Vikisidagi maqolaga uladim. Inglizchasini yozganimda o'zbekchasini topa olmagan edim. Redirektlarni qo'shibsiz, yaxshi. Nataev (talk) 13:56, 13 mart 2012 (UTC)

Каракалпакская степь

Здравствуйте! Знаете ли Вы, как называется Каракалпакская степь (или Язъяванская степь) на узбекском языке? X ziomal X (talk) 12:09, 6 Aprel 2012 (UTC)

Привет! Я сам точно не знаю. Дословно можно перевести как "Qoraqalpoq сho`li". В интернете нашел страницы где эту фразу использовали. Nataev (talk) 12:28, 6 Aprel 2012 (UTC)
Большое спасибо! X ziomal X (talk) 15:40, 6 Aprel 2012 (UTC)
Степь = dasht. Yozyovon dashti. Abdullamunozara 04:22, 7 Aprel 2012 (UTC)
Ikki tomlik ruscha-o'zbekcha lug'atda "Степь" so'zi "cho'l, dasht, yovon" deb tarjima qilingan. Bu yerda balkim dasht eng yaxshi variant. Nataev (talk) 11:01, 18 Aprel 2012 (UTC)

RE:UZwiki

Salom! Uzwikiga qo'yilgan to'siq olib tashlandimi? Qachon? Uzwiki haqidagi maqolada yozish kerak bo'ladi agar to'siq olib tashlangan bo'lsa.Nataev (talk) 20:14, 5 Aprel 2012 (UTC)

Xabar berilgan kuni tekshirganimda blok hamon bor edi, bugun tekshirdim - Vikipediya ochiq :-) Abdullamunozara 04:22, 7 Aprel 2012 (UTC)
Katta rahmat javobingiz uchun! Maqolani o'zgartirdim. Nataev (talk) 07:17, 7 Aprel 2012 (UTC)
Oops! Kunning ikkinchi yarmida yana MSN'ga redirect boshlandi. Internet-filtr nosoz boʻlsa kerak, bir ochilib, bir ochilmayapti. Vaziyat noaniq. Abdullamunozara 11:41, 7 Aprel 2012 (UTC)
Ho'p, tushunarli. Gapingizda jon bor, filtr yaxshi ishlamaypti chamasi. Nataev (talk) 11:48, 7 Aprel 2012 (UTC)

Gulnora Karimova

Salom! Знаете ли Вы, какая форма является правильной - Gulnora Islom qizi Karimova, или Gulnora Islomovna Karimova? X ziomal X (talk) 17:09, 9 Aprel 2012 (UTC)

Salom! Ёе официально зовут Gulnora Islomovna Karimova. Никогда не слышал, чтобы её называли Islom qizi. Nataev (talk) 17:17, 9 Aprel 2012 (UTC)
Rahmat! Polshadan salomlar! X ziomal X (talk) 17:26, 9 Aprel 2012 (UTC)
Bemalol! Vengriyadan alik! Nataev (talk) 18:31, 9 Aprel 2012 (UTC)

название реки

Салом! Знаете ли Вы, как называется эта река на узбекском языке? Это может быть Oqsuv, но я не уверен. X ziomal X (talk) 13:16, 30 Aprel 2012 (UTC)

Если не ошибаюсь Оқдарё/Oqdaryo. Nataev (talk) 14:03, 30 Aprel 2012 (UTC)
Я уже нашел - Это будет Оқсув/Oqsuv (link). X ziomal X (talk) 15:09, 30 Aprel 2012 (UTC)
Хорошо! Я видел пару блогов где написано Oqsuv, но ваш источник более достоверный. Nataev (talk) 15:17, 30 Aprel 2012 (UTC)

Еще одна вещь :) Знаете ли Вы, как называется Тамерлановы Ворота на узбекском языке? Temir darvoza? X ziomal X (talk) 18:23, 30 Aprel 2012 (UTC)

Amir Temur Darvozasi: http://www.liaa.gov.lv/uploaded_files/EKSPORTETAJIEM%20sadala/Uzbekistana/247_en.pdf (5ая страница) Nataev (talk) 18:27, 30 Aprel 2012 (UTC)
Большое спасибо! X ziomal X (talk) 19:27, 30 Aprel 2012 (UTC)

Yaxshilash

Elektrogitarani yaxshi maqola darajasiga olib chiqish rejada bormi? — Sociologist munozara 10:53, 16 iyun 2012 (UTC)

Salom! Tarixini yozayc-hi,a keyin koʻramiz. Nataev (talk) 14:10, 16 iyun 2012 (UTC)
Ancha mehnat qilib maqolani toʻldirdim. Nomzodlikka qoʻydim. Ovoz bering, iltimos. Nataev (talk) 19:33, 16 iyun 2012 (UTC)
Maqola yaxshi maqola boʻldi. Nataev munozara 13:32, 15 iyul 2012 (UTC)

Foydalanuvchi CoderXni CoderSIga birlashtirish

Assalomu alaykum, iloji boʻlsa CoderX foydalanuvchisini CoderSIga birlashtirsangiz. Boshqa Vikipediya loyihalarida CoderX borligi uchun CoderSIga almashtirganman.

Afsusuki ikkita alohida yaratilgan hisobni birlashtirib boʻlmaydi. Nataev munozara 20:17, 27 oktabr 2012 (UTC)

According to the Uzbek website on national symbols, itʼs properly called „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi“. Can you rename that page? --112.207.173.149 00:59, 28 oktabr 2012 (UTC)

CoderSI (Talk) has moved it. Nataev munozara 07:09, 28 oktabr 2012 (UTC)

Iltimos

Assalomu alaykum, yahshimisiz Nodir aka? men yahshi maqolani boshlagandim, Tehron haqida shu maqolaga iqlimi degan andozani qoya olmayapman, menga yordam bera olasizmi???Shokhruhkuz1 (munozara) 14:03, 28 oktabr 2012 (UTC).

Salom! Qaysi andozani ishlatmoqchisiz? Oʻzbekcha Vikipediyada yaratilmagan boʻlgani uchun ishlamayotgan boʻlsa kerak. Maqola yaxshi chiqibdi. Yashang! Nataev munozara 14:26, 28 oktabr 2012 (UTC)
Ruschadagiday boʻlmayaptida klimat degani, shuni yarata olmayapman manimcha unday andoza oʻzbekchada yoʻq, shu andozani siz yaratib bera olasizmi? Shokhruhkuz1 (munozara) 14:31, 28 oktabr 2012 (UTC).
Mana bu andoza: Klimat mestnosti. Ancha vaqt olar ekanda. Harakat qilaman yaratishga. Nataev munozara 14:43, 28 oktabr 2012 (UTC)
Raxmat!!!Shokhruhkuz1 (munozara) 15:03, 28 oktabr 2012 (UTC).
Kattakon raxmat!!!Shokhruhkuz1 (munozara) 17:40, 28 oktabr 2012 (UTC).
CoderSI (Munozara) ga rahmat! Nataev munozara 17:44, 28 oktabr 2012 (UTC)

Tanlangan maqola

Tehronni tanlangan maqolaga nomzodga qoʻydim iltimos ovoz bering!!!Shokhruhkuz1 (munozara) 11:22, 29 oktabr 2012 (UTC).

Imlosi ustida ishlash kerak ekan. Koʻrib chiqaman. Nataev munozara 11:28, 29 oktabr 2012 (UTC)
Raxmat! Shokhruhkuz1 (munozara) 14:31, 29 oktabr 2012 (UTC).
Maqolaning imlosi koʻrib chiqildi. Maqola TM. Nataev munozara 13:36, 30 oktabr 2012 (UTC)

Administrator

Ingliz tilini bilmagan kishi Administrator boʻla olmaydimi? Shokhruhkuz1 (munozara) 14:39, 31 oktabr 2012 (UTC).

Boʻla oladi. Ammo oʻzbek tilini yaxshi bilishi kerak. Eng asosiysi Vikipediyaga katta hissa qoʻshgan va tajribali foydalanuvchi boʻlishi kerak. Boshqalar ovoz bersagina administrator boʻla oladi. Nataev munozara 14:42, 31 oktabr 2012 (UTC)
Kamida qancha maqola qoʻshishi kerak? Shokhruhkuz1 (munozara) 14:48, 31 oktabr 2012 (UTC).
Gap sonda emas, sifatda. Nataev munozara 14:49, 31 oktabr 2012 (UTC)
Mening qoʻshayotgan maqolalarimning sifatini qanday baholaysiz? Shokhruhkuz1 (munozara) 14:50, 31 oktabr 2012 (UTC).
Ochigʻi juda past. Nataev munozara 14:55, 31 oktabr 2012 (UTC)
Buni Tehron haqidagi maqoladan kelib chiqib aytayapman. Yuzlagan qoʻpol xato bor edi maqolada. Tarixni ochib oʻzingiz koʻrishigniz mumkin. Nataev munozara 21:39, 31 oktabr 2012 (UTC)
Demak mening Administratorlikka nomzod boʻlishimga hali ancha vaqt bor, shundaymi? Shokhruhkuz1 (munozara) 06:51, 1 noyabr 2012 (UTC).
Ha, shunday. Tajriba oshsin, oʻzbek tilida yaxshi yozishni oʻrganing. Sahifamda oʻzbek tili boʻyicha ajoyib foydali linklar bor. Keyin albatta administratorlikka nomzod boʻlishingiz mumkin. Mehnat qilishda davom eting. Men ham bir yil tahrir qilib keyin administrator boʻlganman. Nataev munozara 06:56, 1 noyabr 2012 (UTC)
Adminlik yangi foydalanuvchilarga tavsiya etilmaydi. Qolaversa, adminlik bosh oʻgʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin. :-) Abdulla munozara 07:08, 1 noyabr 2012 (UTC)
Qoʻshilaman! Nataev munozara 07:10, 1 noyabr 2012 (UTC)

Maqola

Salom, Mana bu maqolani oʻchrish kerak edi.Shokhruhkuz1 (munozara) 12:57, 1 noyabr 2012 (UTC).

Sabab? Nataev munozara 12:59, 1 noyabr 2012 (UTC)
Sababi, bunday maqola ikkita. Shokhruhkuz1 (munozara) 13:05, 1 noyabr 2012 (UTC).
Aqtoʻbe viloyati va Aktyubin viloyati Shokhruhkuz1 (munozara) 13:05, 1 noyabr 2012 (UTC).
Bajarildi. Nataev munozara 13:06, 1 noyabr 2012 (UTC)
Rahmat. Shokhruhkuz1 (munozara) 13:08, 1 noyabr 2012 (UTC).

Sahifa nomini oʻzgartirish

Salom! Michel sahifasini Míchelga oʻzgartirib berishingizni soʻrayman. Nhakimjonov (munozara) 12:08, 5 noyabr 2012 (UTC)

 Bajarildi. Abdulla munozara 12:10, 5 noyabr 2012 (UTC)
Ajoyib! Nataev munozara 13:07, 5 noyabr 2012 (UTC)
Rahmat! Nhakimjonov (munozara) 13:20, 5 noyabr 2012 (UTC)

Tumanlar

Assalomu alaykum! Andijon viloyatidagi tumanlarni oʻchirmay tursangiz, hammasini birin-ketin „ensiklopedik maqola“ga yaqinroq koʻrinishga keltirib chiqyapman, tahrirlab. Rahmat! — Muhrim 09:21, 18 noyabr 2012 (UTC).

Yaxshi. Iloji boʻlsa saqlashdan avval hech boʻlmasa birinchi gapni tushunarli qilib yozing. Interviki, turkum va ishorat qoʻshishni unutmang. Nataev munozara 09:24, 18 noyabr 2012 (UTC)

I have only one thing to say: BRAVO Russavia (munozara) 23:13, 23 noyabr 2012 (UTC)

Thanks! I fell in love with the video at once. Nataev munozara 10:08, 24 noyabr 2012 (UTC)

Polandball barnstar

The Polandball Barnstar
Hello Uzbekistan, Australia be approvings of your translatings of Polandball. With Uzbekistan help, we provings that whilst Poland can not into space, Polandball can into Wikipedia. As Australia making note of on his page of user, he will continue to make uploadings of aviation picturings to Commons. Many of greetings and exultations. Russavia (munozara) 20:05, 24 noyabr 2012 (UTC)

Thanks! :D Nataev munozara 20:11, 24 noyabr 2012 (UTC)

Anytime mate. :) I noticed that you speak Turkish at a professional level. Again, with no expectation or pressure, or the like, I have at tr:Kullanıcı:Russavia/Polandball the same article which would be great to get into Turkish language. Editing can take place in my userspace if required. Any help with that, would be huge and much appreciated. Cheers mate, Russavia (munozara) 21:05, 24 noyabr 2012 (UTC)
Thanks again! My Turkish has gotten really rusty. I might brush up on it! Nataev munozara 21:09, 24 noyabr 2012 (UTC)

MrErgashev

Salom!

  1. Artur Taymazov maqolasidagi tahririzni koʻrdim. Rahmat! Gov.uz dan familya ismni koʻchirib oganman, u yerda IKRAMOV Adxam Ilxamovich deb yozilgan!
  2. Yozilgan maqola avtomatik Foydalanuvchi sahifasiga tushirishni ilojisi bormi?
  3. Maqola necha marta oʻqilgani haqidagi statistikani qanaqa qilib bilsa boʻladi? MrErgashev (munozara) 08:53, 26 noyabr 2012 (UTC).

Alik!

  1. Ismining ruslashtirilgani yozilibdi siz koʻrsatgan saytda. Islam Karimov deb yozmaydi-ku oʻzbeklar. Ruslar shunday deb yozadi.
  2. Savolga toʻgʻri tushungan boʻlsam, bir foydalanuvchi maqola yaratsa oʻsha foydalanuvchining sahifasiga yaratilgan maqolani avtomatik qoʻshishning yoʻli bor-yoʻqligini soʻrayapsiz. Bilishim boʻyicha buning iloji yoʻq. Bot yaratsa boʻlsa kerak balkim. Ammo mana bu yerda oʻzingiz yaratgan maqolalar roʻyxatini koʻrishingiz mumkin.
  3. Statistikani mana bu yerda koʻrsa boʻladi. Nataev munozara 08:15, 26 noyabr 2012 (UTC)

ОК. Rahmat kottakon! MrErgashev (munozara) 08:53, 26 noyabr 2012 (UTC).