Foydalanuvchi munozarasi:Humoyun Qodirov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. Qoʻshish…
Agar siz mening munozara sahifamda yozsangiz, u holda men mana shu sahifada javob beraman.
Agar men sizning munozara sahifangizda yozsam, u holda men sizning munozara sahifangizni yana bir necha kun kuzataman.

Kishi ismlari[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz! Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, originali lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, Eysa Gonsales emas, Eiza González. Malikxan munozara 19:16, 19-May 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Tushunarli. Katta rahmat sizga Humoyun Qodirov (munozara) 19:17, 19-May 2022 (UTC)[javob berish]
Hamkorlik ordeni
Hurmatli Humoyun Qodirov, „WikiOromgoh“ loyihasi doirasida ishtirokchilar orasidan arxeologik yodgorliklar haqida eng koʻp sonli maqolalar yaratib chiqqaningiz uchun, guruhdagi faolligingiz uchun va eng muhimi - foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz uchun sizni Hamkorlik ordeni bilan taqdirlayman. Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun tashakkur. Foydali tahrir qilishda davom etasiz, deb umid qilaman. Hurmat bilan, Umarjon Rahimov (munozara) 19:16, 28-Avgust 2022 (UTC).[javob berish]
Assalomu alaykum katta rahmat. Humoyun Qodirov (munozara) 01:32, 29-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Motivatsiya[manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston kinematografiya agentligi[manbasini tahrirlash]

Kinematografiya agentligi haqidagi maqolni nega o‘chirib tashlayapsiz, u qayta ko‘rib chiqilib va qo‘shimch ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan. Jahon1116 (munozara) 05:14, 2-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Siz tomoningizdan yuklangan James-robinson-2022.jpeg nomli fayl VP:IFMning 1-shartiga binoan oʻchirildi. Iltimos, tirik odamning noerkin suratini yuklamang. Bu borada biror savolingiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 17:42, 28-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum @Malikxan: buni bilmabman. Ogohlantirganingiz uchun tashakkur. Humoyun Qodirov (munozara) 17:50, 28-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
Qizil panda maqolasi
TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! PanPanChik #yozish 09:45, 28-May 2023 (UTC)[javob berish]

Tushuntirish[manbasini tahrirlash]

Nega Xiva xonligi bilan bog'liq o'zgartirishlar qabul qilinmadi???? Abdulaziz Abduraxmon (munozara) 20:15, 1-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum @Abdulaziz Abduraxmon: Xiva xonligi jumlasini Xorazm xonligiga oʻzgartirishingiz uchun asosli manba kerak? Agar manba boʻlsa, bemalol nomini oʻzgartirsangiz boʻladi. Vikipediyaning boshqa tillardagi maqolalarda ham xonlik nomi Xiva xonligi deb berilgan. Xonlik arxivlarida xonlik siz yozganingizdek Xorazm xonligi deb emas, balki Xorazm davlati deb yuritilgan. Afsuski xonlik arxivi ochiq foydalanishga qoʻyilmagan. Hurmat bilan Humoyun Qodirov (munozara) 20:27, 1-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
va alekum assalom. Sizga ko'plab tarixchilarning videolarini dalil o'laroq keltirishim mumkin. Xiva xonligi degan nomni bizga rus bosqinchilari berdi va biz ulardan qutulishimiz shart Abdulaziz Abduraxmon (munozara) 16:24, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Soʻzingiz toʻgʻri @Abdulaziz Abduraxmon:, lekin siz maqolaning nomini shundayligicha oʻzgartira olmaysiz, buning uchun qoidaga koʻra, maqolaning munozara sahifasiga nomni oʻzartirish haqida fikr bildirib, yozishingiz kerak (asoslarni koʻrsatgan holda) va bu administratorlar hamda foydalanuvchilar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Administratorlar va tajribali foydalanuvchilarga murojaat qilishda {{ping|Nataev}} yoki {{ping|Kagansky}} andozasidan foydalaning. Hurmat va ehtirom ila Humoyun Qodirov (munozara) 16:55, 2-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]
maslahat uchun rahmat, ammo men uncha tushunmayapman, siz yordam bera olmaysizmi? Men sizga videolarning bog'ichini yuborishim mumkin. U yerda aniq va tiniq aytilgan Abdulaziz Abduraxmon (munozara) 18:52, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
@Abdulaziz Abduraxmon: oʻzbekcha Vikipediyaning rasmiy telegram guruhiga https://t.me/uzwikichat murojaat qiling, sizga oʻsha guruhda aniq javobini yozishadi Humoyun Qodirov (munozara) 18:58, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Soʻrovnomada qatnashing![manbasini tahrirlash]

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:01, 9-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Tasvir bo`yicha[manbasini tahrirlash]

https://uz.wikipedia.org/wiki/Fayl:Kutateladze.jpg ushbu turdagi rasmlarni qanday qilib qo`shishni o`rgatib yobrsangiz. Mrjavokh1r (munozara) 11:42, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

„Oʻzbekiston“ yulduzi[manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekiston“ yulduzi
Hormang! Mamadali Topivoldiyev, Ubaydulla Uvatov maqolalarini statusga olib chiqqaningiz, Oʻzbekistonga aloqador mavzular doirasida manbalar topishga koʻmaklashganingiz va shunga oʻxshash boshqa mehnatlaringiz uchun sizni ushbu yulduz bilan taqdirlamoqchiman! Bardavom boʻlsin! Salazarov 23:08, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Tanlangan maqola uchun nomzod[manbasini tahrirlash]

Assalamu alaykum xurmatli admin va faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

„Vandalizmga qarshi kurashchi“ yulduzi[manbasini tahrirlash]

„Vandalizmga qarshi kurashchi“ yulduzi
Oʻzbekcha Vikipediyada vandalizmga qarshi kurashish yoʻlida qilayotgan saʼy-harakatlaringiz uchun sizni ushbu yulduz bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz. Shunday ruhda davom etasiz, deb umid qilaman.

Malikxan munozara 20:49, 31-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum @Malikxan: eʼtibor uchun katta rahmat! Humoyun Qodirov (munozara) 20:55, 31-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Prezident maktabi (Andijon) maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 16:09, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Statusli maqola[manbasini tahrirlash]

YAXSHI MAQOLA
Salom, Humoyun Qodirov. Siz yaratgan maqola Yaxshi maqola statusini olgani bilan qutlayman. Kelajakdagi faoliyatingizda omad yor boʻlsin. Shunaqa statusli maqolalar yaratishdan charchamang.

Yoqimli tahrirlar niyati ila Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:30, 15-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Status uchun maqola[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola boʻyicha fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. Statusli maqolalarni yaratish va rasmiylashtirish boʻyicha katta tajribangiz maqola uchun muhim hisoblanadi. Eʼtibor uchun tashakkur! Young Economist7 (munozara) 03:36, 19-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

„Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi
Hurmatli Humoyun Qodirov, Vikipediyada amalga oshirayotgan ishlaringiz uchun tashakkur aytgan holda, sizni oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yillik yubileyi bilan tabriklayman va sizga ushbu „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ esdalik yulduzini taqdim etaman. Vikipediyani rivojlantirish yoʻlida charchamang! Yoqimli tahrirlar!

Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 14:12, 22-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

tahriringiz qaytarildi[manbasini tahrirlash]

salom, Humoyun Qodirov! Igor Vladimirovich Belolipov maqolasida qilgan tahriringiz qaytarildi. maqola yetarlicha ensiklopedik ahamiyatga ega. shaxs davlat mukofoti sohibi va darsliklar muallifi ekan. agar maqola ensiklopedik ahamiyatga molik emas deb bilsangiz, {{Oʻchirishga}} andozasi orqali keng muhokamaga qoʻyishingiz tavsiya etiladi. yoqimli tahrirlar ) Alpasli (munozara) 10:56, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

maqola tarixi bilan tanishib chiqqach, andoza sizga tegishli emasligi bildim. ) Mrshaxas, yuqorida yozganlarim sizga tegishli ekan ) Humoyun Qodirov, ming bora uzr. Alpasli (munozara) 10:59, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Salom, sizni tushundim. Keyingisida shu tomoniga qarayman. MrShaxas #Munozaracha 12:17, 2-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Forumda ishtirok eting[manbasini tahrirlash]

Salom, hurmatli foydalanuvchi! Sizni o'zbek tilidagi kishi ismlari yozilishi bo'yicha bo'lib o'tayotgan forumda o'z fikr va ovozingiz bilan ishtirok etishingizni so'rab qolaman. Munozara sahifasi bu yerda. Salazarov(gaplashuvuza?) 07:18, 8-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]