Foydalanuvchi munozarasi:Bigkhanm

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz![manbasini tahrirlash]

Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Bigkhanm!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Jamshid Nurqul (munozara) 09:48, 18-Iyul 2022 (UTC) Jamshid Nurqul (munozara) 09:48, 18-Iyul 2022 (UTC) Salom. Rahmat, Hush vaqt bo'ling[javob berish]

Sport jamiyati (Dashoguz) maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan Sport jamiyati (Dashoguz) maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Sport jamiyati (Dashoguz) sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. MaxiMillian munozara 05:20, 14-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Bolqonobod Stadioni maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan Bolqonobod Stadioni maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Bolqonobod Stadioni sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. MaxiMillian munozara 05:23, 14-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Chala maqola andozasidan foydalanish[manbasini tahrirlash]

Salom, hormang! Vikipediyaga hissa qo'shayotganingiz tahsinga loyiqdir! Buning uchun sizga kattakon rahmat aytaman. Lekin, iltimos, maqola yaratish bo'yicha mana bu videodarslar bilan tanishib chiqing. 10-darsda tarjima qilish bo'yicha master klass o'tib berilgan. Va yana bir iltimos, stadionlar haqida chala maqolalaringizga {{sport-stub}} andozasini qo'yib borsangiz. Maroqli tahrirlar tilayman! MaxiMillian munozara 12:45, 14-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, Va alaykum asslom. Rahmat, Sizlarning e'tiboringizga tushganidan hursandman. Albatta ko'rib chiqaman. Yana bir iltimos, ba'zi sahifalarni taxrirlashni orada berkitib qo'yishmoqda. Masalan O'zbekiston birinchi ligasi sahifasini. Shunday sahifalarni ochib qo'yishsa. Ma'lumotlar ko'p, faqat tartibsiz kiritgan bo'lishim mumkun. E'tibor uchun yana bir bor rahmat Bigkhanm (munozara) 17:37, 15-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

@Bigkhanm Maqolalaringizni qayta ko'rib chiqmoqlikni tavsiya qilaman! Deyarli ko'p sonli maqolalarda orfografik xatolar, manbalar, chala maqolalar va shu kabi kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda! Vikilashtirish ham yoddan chiqmasin! Yana bir gap boshqalarni maqolalarini asossiz tahrirlab yoki izohsiz andoza qoldirmang! Agar bezorilik deb baholansa vandalizmga duchor bo'lasiz! Munozara sahifangizga e'tiborli bo'ling! Panda D (munozara) 05:50, 2-Sentabr 2022 (UTC)

kichik xatolar[manbasini tahrirlash]

Hayrli kun @Bigkhanm. Navroʻz kubogi maqolangizda mayda xatolar koʻp ekan. oʻzgarishlarni bu yerdan koʻrishingiz mumkin. Kelasi maqolalaringizda bunday xatolar qilmaysiz degan umiddaman.

Yoqimli tahrir tilayman. Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 07:48, 23-Sentabr 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolani Maksim Nikolayevga koʻchiring.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 19:20, 2-Oktabr 2022 (UTC)

Rahmat. Amalga oshirildi. Bigkhanm (munozara) 20:23, 2-Oktabr 2022 (UTC)