Foydalanuvchi munozarasi:Asilzoda

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkmaniston madaniyati[manbasini tahrirlash]

Markaziy osiyo davlatlaridan Turkmanistonning madaniyati turkiy xalqlar ichida o'ziga hos o'ringa ega. Turkman milliy kiyimlari erkak va ayollarning to’gri bichimli ko’ylaklari, ishtonlari va bosh kiyimlaridan iborat bo’lgan. Ularga XVIII- XIX asrlarda asos solingan bo’lib bugungi kunda ham uncha katta o’zgarishlarsiz iste’molda mavjuddir. Milliy kostyum shakllanishida iqlim sharoiti, mashg’ulot turi, tarixiy bog’liqik, estetik va diniy qarashlar o’z ta’sirini o’tkazgan. Keng liboslar ko’chmanchi tarzdagi hayot uchun juda monand bo’lib, bunay kiyimlarda otda yurish yerda o’tirish ancha qulay bo’lgan, shu bilan birga yilning issiq va sovuq mavsumlarida tana haroratini me’yorida ushlab turishi bilan ham afzalliklarga ega edi.

Ayollar ko’ylagi erkaklarnkidan uzunligi va bezaklariga ko’ra farqlangan  

xolos. Ko’pgina turkman qabilalarida ayollar ko’ylaklari qizil, pushti va olcharang ko’rinishdagi ipak matodan tikilgan. Keksa ayollar to’q rangdagi oddiy bezakli ko’ylaklar kiyishgan.

Erkaklar va turmush qurgan ayollarning to’y – ma’raka liboslari oldi ochiq  

to’nlar – “chabit” va “chakmon” edi. Ular to’g’ri bichimli bo’lib, yon qismida etak da kesimi bolgan, etagi uzun bo’lgan. Bunday to’nlarni oq va sariq yo’lli to’q ko’k, to’q yashil yoki qizil rangli ipak matodan tikishgan. Ularning old, etak qirqimlari va yon kesimlari chekkasiga ingichka tasma bilan ishlov berilgan. Yashil va qizil rangli gazlamadan tikilgan bayram liboslari xashamdor bezaklari bilan ajralib turgan. Ba’zan ko’chada va uyda begona erkaklar oldida ayollar yopinchiq yopib yurishgan. Ayollarning kundalik ko’cha liboslarining ajralmas qismini “kurte” va “chirpi” deb ataluvchi yopinchiq tashkil qilgan. O’zining maxsus vazifasiga ko’ra u oddiy to’nlardan kichikroq bo’lib bezak sifatida qo’lanuvchi soxta yenglari mavjud bo’lgan. Bayram boshyopinchiqlari deyarli butunlay o’simlik naqshlari bilan bezatilgan Asilzoda (munozara) 16:20, 3-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]

Ha roziman Asilzoda (munozara) 16:22, 3-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]

Salom, @Asilzoda:! 2006-yilda yaratilgan va siz tomoningizdan tahrirlanmagan Turkmaniston maqolasini vikimarafon roʻyxatiga qoʻshganingiz sababini bilsak boʻladimi? Maʼlumot uchun, baholashda vikimarafon talablariga javob bermaydigan maqolalar qaʼbul qilinmaydi. Allaqachonlar yaratilgan maqola hajmini kamida 1 250 baytga yoki 100 ta soʻzga kengaytirmas ekansiz, uni vikimarafon roʻyxatiga qoʻshishning ham hojati yoʻq. — Kagansky (munozara) 19:26, 14-Aprel 2021 (UTC)[javob berish]