Foydalanuvchi:Ziyadullayev Sobitjon Ubaydulla o'g'li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hozirgi kunda sanoat etiologiyasiga asoslangan ekologik bo’hron asoratlari dunyoning barcha mamlakatlarida o‘rganilmoqda va ushbu holat dolzarb muammo bulib kelmoqda. Urbanizatsiya, ya’ni jamiyat rivojlanishida shaharlarning taraqqiy etish roli juda katta. Ushbu rivojlanish zavod va fabrikalar taraqqiyoti bilan birga o‘sadi. Ayniqsa, sanoatni rivoji shaharlarda zavodlarni kurilishi va taraqqiyoti avj olayotgan paytda, katta ekologik muammoni keltirib chiqaradi.Bizga ma’lumki,barcha tirik mavjudot havo bilan nafas oladi. Kishi nafas olganda organizm sutkada 20m3 havo o’tkazadi. Demak, atmosfera sayyoramiz hayoti uchun juda zarurdir. Biroq,u borgan sari insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq holda vujudga kelgan karbonat angidrid oltingugurt oksidi, azot, uglevodorod va mayda-qattiq zarrachalar va radiaktiv moddalar bilan ifloslanib bormoqda statistik malumotlarga ko’ra atmosferamiz shunday ifloslanishda davom e’tsa 2100 yilga kelib karbonat angidridning miqdori 3 marotaba harorat esa 1.0-3.5Cko’tarilishi mumkin. Yer shari haroratining o’zgarishi o’z navbatida,yer sharidagi organik hayotga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

        Buyuk alloma, tip ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino:”Agar borliqda chang bulmaganda edi. Inson ming yil umr ko’rardi ” deb aytgan edi. Bu ibora ayni hak gap. Zero insoniyat va jonzotlarning uzoq umr kurishi, sog’lom hayot kechirishi atrof – muhitning nechog’li musaffoligiga bog’lik. Gap shundaki inson tabiatni ongli ravishda o’zgartirishga kirishgani natijasida yangi landshaftlar, yirik sanoat korxonalari, shaharlar, yangi qishloqlar barpo qilindi. O’zlashtirilgan ekin maydonlar suv havzalarining ko’payishi ekologik o’zgarishlar tabiat olamiga ta’sir o’tkazmoqda. Ayniqsa avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlar, azon tuynugining kengayishi, muzliklarning asta sekin erib borishi har bir sog’lom fikrli odamni o’yga toldiradi. Bundan tashkari, Orol dengizi muammosi, dunyodagi chuchuk suv havzalarining ifloslanib borayotgan, shuningdek, obu –havoning global isishi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. SHu o’rinda ta’bir joiz bo’lsa, aytish mumkinki, kimdir ona tabiatga etkazilayotgan zararni tutunlar osmonga o’rilayotgan sanoat korxonasi misolida tasavvur etsa yana kimdir, korxona quvuridan  oqin suvga oqayotgan iflos chiqindidan deb biladi.
        Qo’shni Tojikiston Respublikasining Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan Tojikiston Alyumeniy zavodi atmosferaga chiqarayotgan chiqindilarning mintaqadagi ekologik vaziyatga va aholi sog’ligiga jiddiy tahdid solayotganligi alohida tashvish o’yg’otmoqda.
        Ekologik bo‘hron asorati bulmish Flyuoroz kasalligi O‘zbekiston Respublikasi ta’rixida, veterinariya  xisobotida ilgari, ya’ni Tojikiston Respublikasida Alyumeniy zavodi qurulib 1970 yillarda ishga tushurilganiga qadar  biror hududda kuzatilmagan. Bu Respublikamizda yosh, yangi hududlashgan, ya’ni mahalli endemik kasalliklardan hisoblanadi. Endemik kasalliklar Respublikamizning  biogeokimyoviy provinsiyalarida biror makro yoki mikro elemetlarning tahchilligi yoki serobiligidan kelib chiqadi. Ushbu holatda sanoat etiologiyasiga asoslangan bulib, vadorod ftorit gazi zavod chikindisining oqibatidir. Ftorli vodorod gazidan nafaqat qishloq xo’jalik xayvonlardagi flyuoroz kasalligi xatto odamlar xam aziyat chekmoqda.