Foydalanuvchi:Umidkhanirgashev/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umidkhan Irgashev
Ergashev Umidjon Maribjon oʻgʻli
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ergashev Umidjon Maribjon oʻgʻli

5-iyun 1999-yil (1999-06-05) (24 yosh)
Andijon shahri, Andijon viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Sh.Ergasheva
Onasi Ergasheva Maxfuza
Otasi Ergashev Maribjon
Taʼlim O‘rta ta’lim: 50-maktab
O‘rta-maxsus ta’lim: Andijon tibbiyot kolleji
Oliy ta’lim: Andijon davlat universiteti
Kasbi Umumiy amaliyot feldsheri, pedagog
Dini islom
Maʼlumoti Oliy
Taxallus(lar)i Umidkhan

Ergashev Umidjon Maribjon o‘g‘li (Umidkhan Irgashev) (1999-yil 5-iyun; Andijon shahar, Andijon viloyati, O‘zbekiston Respublikasi) — pedagog, umumiy amaliyot feldsheri, SMM menejer, kopirayter, bloger. “Shuxrat-Malham” OK ga qarashli diagnostika va davolash maskanida feldsher va ombor mudiri (2019 – 2023). “ProfitTraff” reklama agentligida kopirayter hamda ish boshqaruvchi (2022).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umidjon Ergashev 1999-yil 5-iyunda Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan. O‘rta ta’limni 2006-yil shahardagi 50-umumta’lim maktabida olgan. Maktab davrlarida a’lo o‘qishi va na’munali xulqi bilan o‘zini ko‘rsata olgan. Turli tadbirlarda faol qatnashgan. Bilimlar bellashuvlarining faol qatnashuvchisi bo‘lgan.

Keyingi ta’limni Andijon tibbiyot kollejida davom ettiradi. Tibbiyot sohasiga qiziqishi uni bu dargohga yetaklaydi. O‘qish davomida shahardagi tibbiyot klinikalarida amaliy darslarda kerakli bilimlarni oldi.

Kollejni tamomlagach Andijon tumanidagi xususiy klinika – “Shuxrat-Malham” OK ga qarashli diagnostika davolash maskanida faoliyat boshladi. U dastlab, amaliyotchilikdan tibbiy feldsher va ombor mudiri lavozimlarida 2019-yildan 2023-yilgacha mehnat qildi. Faoliyati davomida bilimi va harakatchanligi bilan hamkasblari orasida hurmat qozondi.

Asosiy faoliyat bilan birgalikda, qiziqishi sababli yaqin do‘stlari bilan “ProfitTraff” reklama agentligiga asos soldi. Bu agentlikda ish yurituvchi va kopirayter vazifalarida mehnat qildi. Jamoa bilan birgalikda shahardagi “TexnoDom” do‘konlar tarmog‘i, “Yalla” kafesi, “Diyor” klinikalarining marketinggi bilan shug‘ullandi. Moliyaviy sabablar tufayli agentlik faoliyati tugatildi.

2020-yilda Andijon davlat universitetining pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga kirdi va 2023-yilda bakalvr bosqichini tamomladi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ergashev Umidjonning turmush o‘rtog‘i – hamshira Sh.Ergasheva.