Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Sogdiana Yusupova

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Li Kuan Yu


Li Kuan Yu (ing. Lee Kuan Yu) - Singapurlik siyosatchi, davlat arbobi, Singapur Respublikasining birinchi Bosh vaziri (1959-1990), Singapurning "Iqtisodiy mojizasi" asoschisi.


Li 1954-yilda “Xalq Harakati partiya”siga (XAP) asos soladi va 1992-yilgacha uning birinchi bosh kotibi boʻlib ishlaydi, natijada saylovlarda ketma-ket sakkiz marta gʻalaba qozonadi . Li 1990 yilda bosh vazirlik lavozimini tark etishga qaror qilganidan so'ng, u 2004 yilgacha o'z vorisi bo’lgan Goh Chok Tong davrida katta vazir, keyin esa 2011 yilgacha o'g'li Li Syan Lun qo'l ostida “ustoz vazir” lavozimlarida ishlaydi. Umuman olganda, Li 52 yil davomida ketma-ket turli vazirlik lavozimlarida ishlaydi. U 2015-yil vafotiga qadar o'z saylov okrugi Tanjong Pagarga qariyb 60 yil davomida deputat sifatida xizmat qildi. Li o'zining boshqaruv yillari davomida Singapurni qoloq Britaniya mustamlakasidan barqaror iqtisodiyotga ega rivojlangan davlatga aylantirdi. Chuqur islohotlar orqali u yuqori samarali va korruptsiyaga qarshi boshqaruvning universal tizimini yaratdi. U meritokratiya va multikulturalizmni targ’ib qildi, muhojirlar jamiyatini integratsiyalash va G‘arb davlatlari bilan savdoni osonlashtirish uchun ingliz tilini umumiy tilga aylantirdi, ammo Singapur aholisining etnik o‘ziga xosligini va ona tilini saqlab qolish uchun maktablarda ikki tillik ta’lim tizimini joriy qildi. Shu bilan birga, Li Kuan Yuning fuqarolar erkinliklarini cheklash (Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan nazorat ostiga olinishi va ommaviy norozilik namoyishlari, protestlarni taqiqlash) sohasidagi harakatlari va siyosiy raqiblarga qarshi faoliyati salbiy baholanadi. U 2015-yil 23-mart kuni 91 yoshida pnevmoniyadan vafot etdi.

Biografiya:

Li Kuan Yu 1923-yil 16-sentyabrda Singapurda, xitoylik oʻrta hol oilada tugʻilgan, uning otasi “xakka” xalqiga mansub, onasi esa “peranakanlardan” bo’lgan (Malayziyalashgan xitoylik xalq). Uning ona tili ingliz tili edi, o’sha paytlarda bu xitoyliklar uchun juda g'ayrioddiy bo’lgan. Bunga sabab esa uning ota-onasi Britaniya madaniyatiga qiziqar va bir-birining ona tillarini tushunmas edilar. Singapur Britaniyaning Streyts Setlments koloniyasining poytaxti boʻlgan va Kuan Yuning bobosi uni Garri Li deb chaqirar edi, yoshligida u shu ism bilan mashhur bo’lgan. Li Kuan Yu boshlang'ich ma'lumotni Singapurdagi “Telok Kurau” boshlang'ich maktabida olgan, o’z qo’lyozmalarida ta’lim holatini “qoniqarsiz” deb ta’riflaydi. 1945-yilda Singapurdagi Raffles kollejini (hozirgi Singapur Milliy universiteti) tugatgandan so'ng, Li Kuan Yu Buyuk Britaniyaga jo'nab ketadi va u yerda avval London Iqtisodiyot maktabida, keyin Kembrij universitetida tahsil oldi va huquq va iqtisod bo’yicha ikkita "qizil" diplomga ega bo’ladi.

London Iqtisodiyot maktabini tugatgach, Li Kembrijdagi Futsiulyam kollejini ham huquq yo’nalishida tamomlagan. Keyin u 1950-yilda advokat bo'ladi va 1959-yilgacha yuridik amaliyot olib boradi. 1949-yilda Li vataniga qaytadi. 1950-yilda “Middle Temple” (London) advokaturasida ishlay boshladi, keyin Singapurda “Laycock and Ong” kompaniyasida advokat bo'lib ishlaydi u yerdagi bir qator kasaba uyushmalarida yuridik maslahatchi bo'lib faoliyat yuritadi.

Li shuningdek, Britaniyaning Singapurdagi mustamlakachilik hukmronligidan voz kechishi uchun islohot olib bordi va 1962-yilda o'tkazilgan milliy referendumda Indoxitoydagi boshqa sobiq Britaniya hududlari bilan birlashib, Malayziya Federatsiyasini tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Biroq irqiy nizolar va mafkuraviy tafovutlar Singapurni atigi ikki yildan so‘ng Malayziyadan ajralib, suveren shahar-davlatga aylanishiga olib keldi. 1954-yilda u mo'tadil sotsial-demokratik "Xalq harakati partiyasi" ni tuzdi, unda u Bosh kotib lavozimida ishladi, va bu natijada uni 1959-yilda hokimiyatga olib keldi.

Li Kuan Yu 1959-yildan 1990-yilgacha Singapur Bosh vaziri lavozimida ishlagan. 1990-2004-yillarda Go Chok Tong boshqaruvida katta vazir bo‘lgan. 2004 yildan 2011 yilgacha u o'g'li Li Syanlong hukumatida “vazir-ustoz” bo'lib ishlagan. Li Kuan Yu Singapurning “Iqtisodiy mo‘jizasi”ni yaratuvchilaridan biri edi. Uning rahbarligida “uchinchi dunyo”ning qashshoq, iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakati boʻlgan Singapur, endilikda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha dunyoning eng boy davlatlaridan biriga aylandi.

•U ingliz, malay va xitoy va yapon tillarini bilardi. •1996 yil mart oyida u yurak operatsiyasini o'tkazdi. 2015-yilning 5-fevralida 91 yoshli Li Kuan Yu o‘tkir pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan va nafas olish apparati qo‘yilgan. 18-22 mart kunlari uning sog'lig'i og'ir deb baholanadi. 2015 yil 23 mart kuni Singapur vaqti bilan soat 03:18 da Li Kuan Yu 92 yoshida Singapurning “Bosh davlat kasalxonasida” vafot etdi. Li Kuan Yuning vafoti munosabati bilan Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun 2015-yilning 23-29-martigacha davom etgan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi. Dafn marosimi 2015-yil 29-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da bo'lib o'tdi.

Shahsiy hayot:

Li Kuan Yu Kva Geok Chu (1920–2010) bilan turmush qurgan bo‘lib, u bilan Singapurning Raffles kollejida o‘qiyotganda tanishgan.

Oilada uch farzandning otasi - ikki o'g'il va bir qiz (Li Xsien Loong, Li Vey Ling va Li Xsien Yang).

Siyosiy qarashlar:

Li Kuan Yu Singapurda Britaniyaning sobiq egaligini afzallik deb hisoblaydi, xususan, u mamlakatda ingliz tilini va Britaniya huquq tizimini saqlab qoladi va faqatgina sotsialistik usullarni rad etadi: “Biz Buyuk Britaniya bizga qoldirgan ko’p afzalliklaridan foydalandik: ingliz tili, huquq tizimi, ma'muriyati, partiyaviy tarafkashlikdan xolilik. Biz sotsial davlatlarga xos bo’lgan metodlarni qo'llashdan ehtiyot bo'ldik, chunki biz buyuk Britaniya xalqi sotsialistik tenglashtirish natijasida qanday qilib o'rtahol xalqqa aylanganiga guvoh bo’ldik.”

Li Kuan Yu Singapurning Xitoy va Hindiston kabi davlatlardan afzalligi - biznes uchun ishonchlilik va barqarorlik, intellektual mulkni himoya qilinishi va qonunlarning qat'iy bajarilishida deb hisoblardi. Diniy masalalarda Singapur rahbari musulmonlarni izolyatsiya qilishga qaratilgan “arab davlatlaridan kelayotgan to‘lqin”ning oldini olishni zarur deb hisobladi. Uning fikricha, “saudiyaliklar” tomonidan ilgari surilayotgan diniy qarashlarning keskinlashuvi jamiyatda to‘siqlar tug‘diradi, buning natijasida musulmon-malayziyaliklar, hindlar va xitoyliklar o‘rtasida kuzatilayotgan yaqin integratsiyada qatnashmaydi.

Hikmatlar:

Li Kuan Yu hokimiyat boshqaruvida joriy qilgan islohotlari haqida shunday deydi: “Mening ikkita yo'lim bor edi. Birinchisi, o'g'irlash, do'stlarim va qarindoshlarimni Forbes ro'yxatiga kiritish, natijada o'z xalqimni yalang'och yerda qoldirish. Ikkinchisi, xalqimga xizmat qilish va mamlakatni dunyoning kuchli o‘nta davlatiga olib chiqish. Men ikkinchi yo’lni tanladim...”.

Li mamlakatda korrupsiyani yengish uchun “O‘z do‘stlaringizdan uchtasini panjara ortiga o‘tqazishdan ishni boshlang. Nima uchunligini siz ham ular ham yaxshi bilasizlar.” - deydi.