Foydalanuvchi:Sociologist/Marks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Inglizcha Vikipediyadan[tahrir]

Trirda boy oilada tug'ilgan;

Bonn va Berlin universitelarida o'qib, yosh gegelchilarning falsafiy g'oyalari bilan qiziqib qolgan;

1836-yilda J. fon Vestfalen bilan unashtirilgan, 1843-yilda unga uylangan;

O'qishni tugatgach Kyoln shahridagi radikal gazetada yozib yurgan, va o'zining dialektik materializm nazariyasini yarata boshlagan;

1843-yilda Parijga ko'chib o'tgach boshqa radikal gazetalarda ham yoza boshlagan;

Parijda Engels bilan tanishgan va birgalashib o'z asarlari ustida ishlay boshlashgan;

Bryusselga surgun qilingach, kommunistik ligada asosiy figuraga aylangan, keyinchalik Kyolnga qaytib o'zining gazetasini ochgan;

1849-yilda yana surgun qilingan va bu safar oilasi bilan Londonga ko'chib o'tgan;

Londonda qasshoqlikka uchraganiga qaramay yozishni va o'zining jamiyat tuzilishi va taraqqiy etishi haqidagi nazariyalari ustida ishlashni davom ettirgan, shuningdek sotsializmni qo'llаb-quvvatlab Xalqaro Ishchilar Assotsiatsiyasida ko'rinarli figuraga aylangan;



Marksning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy nazariyalari — umumiy qilib Marksizm deb ataladigan — jamiyat rivojlanishi sinflar kurashi dialektikasi orqali amalga oshadi: ishlab chiqarishni boshqaradigan mulkdor sinf va ... ishchi sinf orasidagi ziddiyat.

Joriy ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat shakli bo'lgan kapitalizmni qattiq tanqid qilib, Marks uni «burjuaziya diktaturasi» deb atagan va bu tuzum faqat boy sinflarning foydasiga xizmat qiladi deb hisoblagan; va oldingi ijtimoiy-iqtisodiy jamiyat shakllar singari kapitalizm ham ichki mojarolar natijasida o'zini o'zi barbod qiladi va uning o'rniga yangi tizim, sotsializm, keladi deb bashorat qilgan;

Marksning fikricha sotsialistik jamiyatda ishchi sinf hukmronlik qiladi va bunday tuzumni u «proletariat diktaturasi» yoki «ishchilar davlati», «ishchilar demokratiyasi» deb nomlagan;

Sotsializm esa o'rnini davlatsiz, sinfsiz jamiyatga, ya'ni kommunizmga bo'shatib beradi;

Sotsializm va kommunizmning muqarrar kelishiga ishonish bilan birga, Marks eski tuzum bilan kurashgan va ijtimoiy teoretiklarni va kamsitilayotgan odamlarni birdam bo'lib kapitalizmni ag'darilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga olib keluvchi inqilobiy harakatlarni amalga oshirishga undagan.



XX asrda Marksizmga asoslangan sotsialistik inqilobchi hukumatlar turli davlatlarda hokimiyat tepasiga kelishdi, natijada 1922-yilda SSRI, 1949-yilda XXR kabi mamlakatlar paydo bo'ldi;

Ko'plab kasaba uyushmalari va ishchi partiyalari ham marksizm g'oyalari taʼsiri ostida bo'lgan, shuningdek leninizm, stalinizm, trotskizm singari marksizmning har xil teoretik variantlari yaratilgan;

Marks Emil Dyurgeym va Maks Veber bilan bir qatorda hozirgi ijtimoiy fanlarning asosiy arxitektorlaridan biri deb ifodalanadi;

Marks odamzot tarixidagi eng nufuzli shaxslardan biri deb hisoblanadi;