Foydalanuvchi:Sociologist/Imlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Unli tovushlar imlosi[tahrir]

Bosh va kichik, yozma va bosma shakllari[tahrir]

Aa-Aa harfi.

Kirill va lotin yozuvida bir xil ko‘rinishda. Katta “A” keyingi harfga belbog‘i orqali, kichik “a” esa pastki ilmog‘i orqali tutashtiriladi: A A a a

1) ajratma, arenda, aksioner, aksiya, aksiz kabi so‘zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;

2) talab, davlat, savdo, jarayon kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘inida, vaqt, qarz kabi so‘zlarda a aytiladi va yoziladi.

Oo-Oo harfi.

Bu harf kirill va lotin yozuvida bir xil ko‘rinishga ega. Katta “O” harfi keyingi harfga o‘zining pastki qis-midan, kichik “o” harfi yuqori qismidan tutashtiriladi: O O o o

1) lotin, oligopoliya, moliya, baho, boj, garov, mukofot, mahorat kabi so‘zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;

2) tonna, dollar, talon, direktor kabi o‘zlashma so‘zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.

Ii-Ii harfi.

Bu harf kirill alifbosida “i” shaklida berilgan. Katta “I” harfi, kichik “i” harfi pastki tugallanish qismidan tutashtiriladi: I I i i

1) ish, inflatsiya, import, ishlab chiqarish, investor, jarima, lizing, bilan, ikki, ixtisos, piramida, qimmat, chegirma, mijoz, ehtiyoj, depozit, ming kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;

2) bo‘lim, o‘rin, o‘timli, o‘ttiz kabi oldingi bog‘ininda o‘ unlisi keladigan so‘zlarning keyingi bog‘ininda i aytiladi va yoziladi.

Uu-Uu harfi.

Bu harflarning katta va kichik harflarining har ikkalasi ham pastki tutash qismidan tutashtiriladi: U U u u

1) uy-joy, ulgurji, ustav, unumdorlik, Buxoro, sug‘urta, butun, pul, ssuda, usul, aluminiy, yutuq, yubiley, yevrovaluta kabi so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;

2) tovush, sovurmoq, yovuz, qirg‘ovul kabi so‘zlarning oldingi bo‘g‘ininda o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo‘g‘in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.

O‘o‘-O‘o‘ harfi.

Bu harf “o” harfi ko‘rinishiga ega bo‘lib uning yuqori o‘ng tomoniga o‘tish belgisi teskari holatdagi vergul (‘) shaklida qo‘yiladi. Bu harf katta “O‘” va kichik “o‘” harflari singari tutashtiriladi: O‘ O‘ o‘ o‘

1) o‘zbek, o‘ta muhim, o‘lcham, o‘n, o‘ttiz, o‘simlik, to‘qson, do‘ppi, noo‘rin, gulko‘rpa, ko‘paytuvchi kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Ee-Ee harfi. Bu harfning kattasi ham, kichigi ham pastki tutash qismidan tutashtiriladi: E E e e

1) eksport, ehtiyoj, ekvivalent, depozit, kredit, teatr, kategoriya, resurs, investitsiya, e’lon, atelye, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Yonma-yon keladigan unlilar imlosi[tahrir]

1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a) ia: milliard, tabiat.
b) io: inflatsiya, million.
c) ai: maishat.
d) ea: laureat.
2) ae, oe unlilari so‘z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: poema, aerostat.

Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, burjua, inshoot, sanoat, muammo, matbuot, rioya va boshqalar.