Foydalanuvchi:Shahzod Kenjaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahzod Kenjaev
Tavallud sanasi: 10-dekabr 1999-yil(1999-12-10)
Tavallud joyi:Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani
Fuqarolik:Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasb: shoir, yozuvchi, tarjimon
Shahzod Kenjaevning rasmiy sayti

Shahzod Kenjaev - samarqandlik yosh shoir, yozuvchi va tarjimon. 1999 - yil 10 - dekabrida Qashqadaryo viloyatida dunyoga kelgan. Otasi - Choriev Norxoja shoir va faylasufdir. 2004 - yil ular oilasi bilan Samarqandga ko'chib kelishgan. U 2014 - yil Samarqand shahridagi 30 - umumiy o'rta ta'lim maktabini tugatib, shu yili Samarqand bank kollejiga o'qishga qabul qilindi. U hozirgi kunda bank sohasida ishlab kelmoqda.

Shahzodning she'r, hikoya va tarjimalari gazeta va jurnallarda chop etilmoqda.

She'rlaridan namuna[tahrir]

SEN BILAN SHOH, SENSIZ GADOMAN

Bog'da bulbul kuylar sadoman,
Tog'dan toqqa tegar nidoman.
Bir boqsang bas, butkul adoman,
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Bilarmisan, senga intizor,
Men oshig'ing, vafodoring bor.
Yetar, bo'ldi, bermagin ozor,
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Lola, rayhon, atirgulimsan,
Sen farishta, sen sumbulimsan.
Qanday sevgimni qilay pinhon?
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Bo'lsam sendan uzoq, meni kut,
Biz ikki tanda bitta vujud.
Muhabbatimga yo'qdir hudud,
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Menga qilma aslo xiyonat,
Yuqolmasin mehru diyonat.
Sensan menga, gulim, omonat,
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Sevgi - dildagi ezgu xilqat,
Sevgi - qalbingdagi muhabbat.
Sevsam seni men sevdim faqat,
Sen bilan shoh, sensiz gadoman.

Qarang[tahrir]

Shahzod Kenjaev tarjimalari: