Foydalanuvchi:Shahlo Shaydullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YouTube — versiyalar orasidagi farq

YouTube’ni qaysi platformadan ko‘proq ko‘rishadi?

YouTube’dagi ko‘pchilik videoroliklar mobil qurilmalar (smartfon va planshet) orqali ko‘riladi. Chunki bunday variant qulay: videoni uyda ham, ko‘chada ko‘rish mumkin. Qolgan 30 foizi esa shaxsiy kompyuter va televizorlar orqalidir.

YouTube ishga tushirilganidan so‘ng 2011-yilga qadar foydalanilgan logo. Ushbu logoning yana bir versiyasi „Broadcast Yourself“ yozuvisiz 2015-yilga qadar foydalanilgan.
2015-yildan 2017-yilga qadar foydalanilgan logo.
2017-yildan hozirga qadar foydalanib kelinayotgan logo.


YouTube, LLC, videomateriallar hostingini taqdim etuvchi veb sayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklandi.[1] Hozirda ushbu muammolar bartaraf etildi.

Fayl:YouTube world map.png
2010-yilda „YouTube“ning servis holati mamlakatlar boʻyicha:
  «YouTube»ning lokal versiyasi bor;
  Lokal versiya mavjud, oldinroq blokirovkada edi;
  Oldinroq blokirovka qilingan edi;
  Qisman blokirovka qilingan;
  Blokirovka qilingan.

Sayt tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.

Faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • YouTube butunlay Python dasturlash tilida yozilgan[2].
  • 2011-yilning 14-dekabr kuni MoldytoasterMedia nikli foydalanuvchi tomonidan YouTubedagi eng davomiy video (596 soat, 31 daqiqa va 21 sekund) yuklangan[3].
  • YouTubedagi eng birinchi yuklangan video — Me at the zoo.
  • YouTubeda eng birinchi fikr COBALTGRUV nikli foydalanuvchi tomonidan aynan eng birinchi yuklangan videoda qoldirilgan. Fikr matni quyidagicha boʻlgan: „Interesting.…“[4].



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]