Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Zaqatala tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaqatala
tuman
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Mubariz Ahmadzoda
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2016)
124 850 [2]
Zichligi 87 kishi/km2
Milliy tarkib ozarbayjon, avar, saxur, turk, rus, gruzin, lezgin, ukrayin, tatar, arman, kurd, yahudiy, olmon, tolısh, udin va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 24
Avtomobil kodi 62

Zaqatala tumani(ozarb. Zaqatala rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy mintaqalardan biri. Uning markazi Zaqatala shahridir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala maʼmuriy rayoni 1930 yil 8 avgustda tashkil etilgan.

Geografik mavqei[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayoni Ozarbayjon Respublikasining  shimoliy-gʻarbida, poytaxt Baku shahridan 430 km masofada, Buyuk Kavkaz togʻlarining janibiy etaklarida, Qur’a-Ayrichay vodiysida joylashgan. Rayon ekoturizm uchun qulay yerda joylashgan. Uning tabiyati ajoyib. Bu yerda 1839 yilda tashkil etilgan (maydoni 23800 gektar) Zaqatala Davlat Qoʻriqxonasi, Zaqatala sharsharasi, Xalaxi koʻli, Malarasa oʻtish yoli, qolaversa davlat ahamiyatiga molik  108 ta  tarixiy-madaniy obidalari bor. Shuningdek Mosul qishlogʻi hududida  19 asrda qurilgan  minora bu rayonning eng goʻzal meʼmoriy obidalaridan biri sanaladi. Uning maketi Zaqatala rayonining Tarix muzeyida saqlanadi. Qayd etish lozimki, Mosul qishlogʻida yashagan aholining   100 foizi ingiloylar boʻlgan . Ulardan  Mamrux qishlogʻi hududidagi II-IV asrlarga oid alban obidasi, V-VII asrlarga oid Zaqatala devori, Jar qishlogʻidagi XVI asrga oid Jinkoʻzqal’a, 1830 yilda qurilgan Zaqatala qal’ası va boshqalar saqlanib qolganini aytib oʻtish lozim. Zaqatala rayoni Buyuk Kavkaz  togʻlari etagida Ozarbayjonning shimoli-gʻarbida joylashgan. Rayon shimoli-sharqdan Rossiya Federasiyasınıng Dogʻıston Respublikası , gʻarbdan Balakan rayoni, sharqdan esa Qax rayoni bilan chegaradoshdir. Rayonning shimoli-sharq tomoni togʻli, janub va janubi-garbiy qismi tekisliklardan iborat. Rayondagi eng baland nuqta Quton togʻidir (3648 m). Tekislik qismida yumshoq, togʻli qismida sovuq iqlim hukmronlik qiladi. Yanvar oyida oʻrtacha  harorat tekislikda −1 °C, togʻlarda −10 °C, iyul oyida esa  +24 °C va +5 °C ni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 600-1600 mm yogʻingarchilik tushadi. Rayon hududining yarmini togʻlar egallagan boʻlsa, yarmi oʻrmonlar bilan qoplangan. Zaqatala — koʻpmillatli rayondir. Bu yerda asosan ozarbayjonliklar, saxurlar, avarlar, ingiloylar, ruslar va boshqa millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Rayon hududida juda koʻp  tarixiy va madaniyət obidalari bor. Markazi Zaqatala shahridir. Shahar dengiz sathidan 535 metr balandlikda, Ozarbayjon Respublikasıning poytaxtı Baku shahridan 445 km uzoqlikda, Tala daryosining sohilida, Yevlax-Balakan shossesi oʻtadigan yoʻlda joylashgan.

Relefi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayon hududi asosan togʻlik va tekisliklardan iborat.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala hududining taxminan yarmini oʻrmonlar tashkil etadi. Rayonning relefi togʻ va tekisliklardan iborat. Rayonda oʻrmonlar koʻp, lekin ularning asosiy qismi togʻ va togʻoldi hududlarda joylashgan. Oʻrmonlar qimmatbaho daraxtlarga boy. Bu yerda - kashtan,   yongʻoq,   dub, grab, qayragʻoch va boshqa qimmatbaho daraxtlar koʻp.  Faunasi, yaʼni hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Togʻ va oʻrmonlarida   bugʻu, togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayıq, boʻri, quyon va boshqa jonivorlar uchraydi. Shuningdek turli qushlarni ham uchratish mumkin. Bu yerda qirgʻovul, kaklik, togʻ lochini, kalxat,   olaqargʻa va  bulbul singari qushlarni uchratish mimkin.. 1929 yilda bu yerda, Bosh Kavkaz togʻlarining janubiy yonbagʻirlarida Zaqatala Davlat Q’oʻriqxonasi tashkil etilgan.

İqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi moʻtadil  subtropik.  Havo harorati togʻlarda sovuq, tekisliklarda esa issiqni tashkil etadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayon hududi 1 shahar, 2 shaharcha, 59 qishloqdan tarkib topgan. Uning markazi boʻlmish  Zaqatala shahrida 20600 nafar aholi istiqomat qiladi. 1830 yilda bu yerda Zaqatala qal’ası qurilgan boʻlsa,  1840 yildan esa Zaqatala shahar maqomini olgan. Maydoni 1348 kv. km. 2012 yil  1 yanvar holati boʻyicha taxminan 121.394[3] nafar aholi yashaydi. Ularning asosiy qismini ozarbayjonliklar tashkil etadi. Shuningdek rayonda ozarbayjonliklardan tashqari 20 dan ortiq millat va elatlar (rus, ukrayin, gruzin, lak, avar, saxur, udin, ingiloy, lezgi, tatar, yahudiy, turk, yunon, osetin va boshqalar) istiqomat qiladi.

Zaqatala rayoni, RİHB İjro namoyandalari va shahar oʻz-oʻzini boshqarish organlari tomonidan idora qilinadi. Rayonda 29 ijro va 31 nafar oʻz-oʻzini boshqarish organi xodimlari faoliyat  koʻrsatadi.. Aholining umumiy soni — 121 394. Qishloqlar soni — 59. Shaharchalar soni — 2 ta.  Oʻrta taʼlim muassalarining soni — 71 ta. Maktabgacha taʼlim muassasalarining soni — 39 ta. Umumtaʼlim maktablarining soni — 67.  Texniki, oʻrta-maxsus va  kasbga yoʻnaltirilgan maktablarning soni — 4 ta. Oliy taʼlim muassasalarining soni — 2 ta. Shifoxona va tibbiyot muassasalarining soni — 10 ta. Madaniyat markazlari soni — 143.

Zaqatala rayoni aholisining milliy tarkibi
Etnik guruhlar 1939 r/o.[3] 1959 r/o.[4] 1970 r/o.[5] 1979 r/o.[6] 1999 r/o.[7] 2009 r/o.[8][9] 2012 r/t.[10]
Jami 45 854 47 776 69 270 79 627 107 240 118 228 121 394
ozarbayjon 21 712 29 785 42 034 49 071 63 811 80 476 81 474
avar 9 958 8 878 15 240 17 592 25 835 25 578 26 402
saxur 6 021** 2 603 5 697 7 728 13 114 11 203 12 788
turk 303 303 320
rus 3 754 2 229 1 661* 1 213* 404 233 210
gruzin 279 178 1 785 224 3 075 59 27
lezgin 1 685 2 137 1 014 2 218 313 50 71
ukrayin 268 * * 50 7
tatar 59 56 32 11 15
arman 1 459 1 234 1 038 884 1
kurd 14 11 7 9 50
yahudiy 29 23 13 8
olmon 49
tolısh 18 1 8
udin ** 3 5
Boshqa 1 697 719 622 303 315 22

Eslatma : *- Ukrayın va Ruslar bilan birgalikda /**- Saxurlar va boshqar Dogʻıston xalqları /r.o.- roʻyxatga olish. /r.t.- 2009 yilgi roʻyxatga olish natijalari asosidagi rasmiy taxmin.

Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

İqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayon iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinni egallaydi.  Don (ayniqsa makkajoʻxori), tamaki, mevachilik (yongʻoq), sabzavot mahsulotlarini yetishtirish yetakchi hisoblanadi. Rayonda oziq-ovqat mahsulotlari kombinatı, yongʻoq tozalovchi, tamaki mahsulotlari yetishtiruvchi, efir-moy zavodları, tikish va mebel fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Rayon keng turizm imkoniyatlariga ega.

Madaniyat, taʼlim va tibbiyot muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayonda 48 oʻrta, 14 asosiy, 4 boshlangʻich maktab, 1 gumanitar fanlar gimnaziyası, 39 maktabgacha tarbiya muassasasi, 6 ixtiyoriy maktab muassasasi, BETMning Zagatala filiali, 2 oliy  maktabining (oʻqituvchilar institutu va islom universiteti) filialı, 1 kollej, 1 kasbiy-texnika maktabi, 81 kutubxona, 36 klub, 27 madaniyat uyi, 1 xalq teatrı, tarix-madaniyat qoʻriqxonasi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, 1 musiqa maktabi, yosh bolalar sport maktabi, shaxmat maktabi, bolalar ijodiyot markazi,  10 shifoxona, 21 qishloq vrachlik  ambulatoriyası, 26 feldsher stantsiyalari, 23 masjid, 1 mehmonxona, 4 motel faoliyat koʻrsatadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etishini yuqorida aytib oʻtdik. Rayonda mebel, tikuvchilik, qurilish materialları, oziq-ovqat, yengil sanoatni rivojlantirish uchun katta salohiyat va imkoniyatlar  mavjud.

Moddiy-madaniy merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayoni hududida  Ozarbayjon Respublikasi Nozirlər Kabinetining  2001 yil 2 avgustdagi  132 sonli qaroriga asosan Davlat himoyasiga olingan 100 ga yaqin obida qayd etilgan. Bulardan eng qadimiysi  Pariqal’a, Armatay qal’ası, Cingoʻzqal’a, Shayton qal’ası, Zaqatala qal’ası va boshqalardır. Rayonning qishloq joylarida VI-VIII asrlardan qolgan 10dan  ortiq Alban obidalari  bor.

Rayonning  Mamrux (Mamrux  cherkovi), Mazıx, Muxax, Qabizdara, Yuqorı Tala (Yuqorı Tala ibodatxona) va Yuqorı Chardoxlar qishloqlarida VI-VIII asrlardan saqlanib qolgan koʻplab Alban obidalari, qal’alar mavjud boʻlib, moliyaviy qiyinchiliklar sababli ularni yangidan qurish imkoni boʻlmasada qisman taʼmirlash ishlari olib borildi. Bu yerda mavjud boʻlgan masjidlarning hammasida yangidan qurilish, taʼmir ishlari olib borilgan va tarixiy obida sifatida davlat himoyasiga olingan. Rayondagi tarixiy obidalarning koʻpi eng qadim  davrlardan to hozirga qadar saqlanib qolgani asosan qishloqlarda joylashgan. Goʻzparak va Halal  qishloqlarida XVIII asrga oid masjidlar, Keloba qishlogʻida XV asrga oid ikki minora, Mazıxda  XII asrga oid minora, Yuqorı Chardoxlarda V asrga oid  Pariqal’a, Jar qishlogʻida XIV asrga oid  Chingizqal’a va rayon  Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi,  Pashan qishlogʻida Alban minorasi (XIII asr) va Axaxdara qishlogʻidaki Alban minorasi (XII asr), shuningdek, boshqa qishloqlarda, jumladan Aliobod va Mosulda XIX asrda qurilgan masjidlar saqlanib qolgan.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala shahar stadioni

Rayonda 1 Olimpiya Sport Kompleksi, 3 stadion, 1 suzish havzasi, 1 shaxmat klubu, 71 ta oddiy, 18 ta kichik sport kompleksi, 3 aerobika-trenajor zali faoliyat koʻrsatadi. Rayon sportchilari Respublika, Yevropa va Jahon chempionatlarida yuksak natijalarni koʻrsatib Ozarbayjon sporti taraqqiyotida oʻz munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Oʻz-oʻzini boshqarish organlari haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayonida 31 oʻz-oʻzini boshqarish organlari faoliyat koʻrsatadi. Zaqatala oʻz-oʻzini boshqarish organlari Zaqatala shahrini  idora qiladi. Rayonda shunday  oʻz-oʻzini boshqarish organlari borki, ularning tarkibida  bir necha qishloqlar oʻrin olgan. Umuman mavjud  31 ta oʻz-oʻzini boshqarish organlari tarkibida 1 shahar, 1 shaharcha va 59 qishloq bor. 2004 yil 1 yanvardagi maʼlumotlarga qaraganda ularda 110830 nafar aholi istiqomat qiladiki, ularning  83297 nafari qishloq joylariga toʻgʻri  keladi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ümumi məlumat. — Azərbaycan Respublikasının inzibati–ərazi vahidləri. — İnzibati kənd rayonları (01.01.2006), səhifə 12. // Azərbaycan Milli Ensiklopediyası. 25 cilddə. Məsul katib akademik T. M. Nağıyev. "Azərbaycan" cildi. Bakı: "Azərbaycan Milli Ensiklopediyası" Elmi Mərkəzi, 2007, 884 səhifə. ISBN 9789952441017
  2. „Əhalisi — Zaqatala Rayon İcra Hakimiyyəti. Qaraldi: 29 iyun 2015. Arxivləşdirilib.
  3. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1939 goda)
  4. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1959 goda)
  5. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1970 goda)
  6. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1979 goda)
  7. Population statistics of Eastern Europe :Azerbaijan Republic population and housing census of 1999
  8. Azərbaycan Dövlət Statistika Komitəsi :Zaqatala rayonu
  9. Population statistics of Eastern Europe :Azerbaijan Republic population and housing census of 2009
  10. Zaqatala Rayon İcra Hakimiyyəti :Əhalisi