Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Lenkoran (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lenkoran
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
38°45′14″N 48°51′14″E / 38.75389°N 48.85389°E / 38.75389; 48.85389 G OKoordinatalari: 38°45′14″N 48°51′14″E / 38.75389°N 48.85389°E / 38.75389; 48.85389 G O
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Toleh Azay oʻgʻli Qarashov[1]
Maydon 1,539[2] km2 (594 mi²)
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2018)
226 799[3]
Zichligi 147,37 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 25[4]
Pochta indeks(lar)i AZ4200[4]
Avtomobil kodi 42[5]
Lenkoran xaritada
Lenkoran
Lenkoran

Lenkoran — Ozarbayjon Respublikasining janubiy qismida joylashgan shahar. 1971-yil 28-iyuldan respublikaga tobe shahardir.

Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan bo‘lgan Lenkoran shahri 38 shimol, 40 sharq enli meredianada kesishgan, Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilida, Lenkoran daryosining Kaspiy dengiziga quyilgan joyda joylashgan.

Umumiy maʼlumot
Aholining umumiy soni 51,300[6]
Tibbiy muassasalar soni 17
Madaniyat markazlari soni 191

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenkoran toponimi qayerdan olinganligi, uning maʼnosi hozirgi kunga qadar bahsli masala sifatida qolmoqda. Lenkoran va uning atrofidagi hududlarning qadimiyligini ko‘rsatuvchi hujjatlardan eng mashhuri yunon tarixchisi Gerodotning maʼlumotidir. U hozirgi Masalliga yaqin yerlarda Dubil nomli qishloq bo‘lganligini ko‘rsatadi. Strabon o‘z asarida Boladi, Majul, Bustar va Talishkeron qishloqlarining ko‘klamzor va o‘tloq ekanligi haqida maʼlumot bergan.

Lenkoran so‘zining ildizini tadqiqot qilish maqsadida ilk bora bu nom ishlatilgan tarixga nazar solish lozim. 1409-yilda arab tilida yozilgan „Farruxnomayi-jamoli“ asarining muallifi tabib Ramazan ibn Shayxali Lenkoraniy va ushbu kitobni 1594-yilda fors tiliga tarjima qilgan Mo‘hubali ibn Ahmadiy Lenkorkunoniy laqabiga duch kelamiz.

Lenkoran nomi ildiziga ikki jihatdan yondashmoq lozim: birinchisi fors tilidan, ikkinchisi talish tilidan o‘tgan degan maʼnoda qarash kerak. XV asrdan avval aytilgan Langarkunan, Langaron, Lankgeron, Langaran, Lyangaran so‘zlari bugungi Lenkoran so‘zining ilk shakllari bo‘lgan. Bulardan Langarkunan — Langar va kunan — yer, maskan deganidir. Yaʼni birinchi nom langar tashlangan yer maʼnosini beradi. Bu nomning yaralishiga sabab dunyoning turli yerlaridan Eronga tijorat uchun, safar, taʼlim, ziyorat, diplomatik ishlar uchun borgan va Erondan kelgan kemalarning bu yerda langar tashlab to‘xtashlari bo‘lgan.

Lengkoran forscha lang — sekin, koran — yer, maskan demakdir. Ikkinchi nom esa „Imillagan yer“ maʼnosini beradi. Nomning kelib chiqishiga sabab yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi sababli bu yerga keluvchilarning kechikishidir.

Lenkon talishcha leyne, len — qamish, kon — uylar deganidir. Shuningdek, uning atrofidagi tumanlarda oxiri talishcha „kon“, ozarbayjoncha „koran“ bilan tugagan joy nomlari ko‘p uchraydi. Shunday qilib, uchinchi nom „qamish uylar“ maʼnosida keladi. Bu nom Germaniyaning Gamburg elchixonasidagi hisobotlarda ham bor. Yaʼni bu so‘z 1603-yilda nomi qayd qilingan, o‘sha davrda Lenkorandan biroz masofada joylashgan nemischa yozilgan Lankon so‘zidir. Hozirgi Lenkoran kattalashgach ushbu qishloq shaharga aralashib, nomi Lenkoran bilan almashgan. O‘sha davrda, hatto XX asr boshlarigacha bu yerdagi uylarning usti, tomi, baʼzan devorlari ham qamishdan bo‘lgani uchun qamish uylar deb nom olgan.[7][8][9]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lenkoran tarixan juda qadimiydir. Uning bir kilometrligida Digoh qishlog‘ida topilgan Diva-lona qabristonining miloddan avvalgi asrlarga tegishli ekanligi buning isbotidir. Shu bilan birga 1869-yilda Said Ali ibn Kozimbey tomonidan qalamga olingan „Javohirnomayi Lenkoran“ kitobida IX asrda Lenkoranning Ballabur qal’asida joylashgani tahmin qilinadi.

Taniqli yozuvchi va tarixchi Abbosquli og‘a Bakixanov „Gulistoni Eram“ (1841), Mirza Ahmad Mirza Xudoberdi o‘g‘li 1882-yilda qalamga olgan „Axbornoma“ kitoblarida Lenkoranni „Langarkunon“ deb nomlagan.

XVI asr Angliya-Moskva tijorat kompaniyasining vakili Chepmen o‘z sayohati vaqti Laygon shahrida bo‘lganini aytadi. Olmon imperatori Rudolf Habsburgning I Shoh Abbosga jo‘natgan elchisi Stefan Kakash va uning kotibi Tektanderning Olmoniya elchixonasida saqlanuvchi hisobotida Lenkoran va yaqin masofadagi Kankon qishlog‘ining nomini aytib o‘tgan. XVII asr nemis olimi Adam Oleari esa bu shaharni Lankarkunan deb nomlagan.

Markaziy ko‘chalardan biri

1614-yil 27-sentyabrda rus sayyohi va diplomati Brexov hisobotida I Shoh Abbos bilan Qizilog‘ochdan Lyangaranga kelganini ko‘rsatadi. 1638-yilda rus sayyohi va diplomati A. Suxanov, 1670-yilda Gollandiya dengizchisi Yan Streis turli muzeylarga va elchiliklarga bergan hisobotlarida, shuningdek, kundaliklarida Lenkoran nomini qayta-qayta takrorlaganlar. Rossiyada doktor sifatida ishlagan diplomat, shotlandiyalik Bel 1717-yilda Langaranga, u yerdan esa Qizilog‘ochga kelganini aytadi.

Lenkoran shahrining tashkil etilishi tarixi hanuzgacha aniqlashtirilmagan. Bu ham bu yerda yetarlicha arxeologik qazilmalar olib borilmasligi bilan bog‘liq. Lenkoran shahri nomiga ilk bor sayyoh Larens Chepmen xotiralarida duch kelamiz. Uning xotiralaridan shu maʼlum bo‘ladiki, sayyoh Lenkoranda 1568-1569-yillarda bo‘lgan. Lekin bu yillarni Lenkoran shahrining tashkil etilgan yili sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Lenkoran ham butun Ozarbayjon singari Saljuqiylar, Hulakiylar va Temuriylar hokimiyati ostida bo‘lgan. Hamdulloh Qavziniyning bergan maʼlumotiga ko‘ra, XV asrning oltmishinchi yillarida Lenkoran (talish) viloyati Ozarbayjon Oqqo‘yinli davlati viloyatlariga kirar edi. XVI asr boshlarida Ozarbayjon tarixida juda muhim hodisa yuz berdi. Taniqli siyosiy xodim Shoh Ismoyil Xatoiy Safaviylar davlatini yaratdi. Lenkoran bu davlatni tashkil qiluvchi hududlardan biri edi. Lenkoran feodallari shohni doim himoya qilar edilar, aynan mana shu ularning Safaviylar saroyida yuksak nufuzga ega bo‘lishlariga sabab bo‘lgandi. Viloyatni o‘sha davrda shoh tasdiqlagan mahalliy mulkdorlar boshqarardi. Safaviylar davlati hukmronligi davrida Lenkoran Ozarbayjonning boshqa viloyatlari kabi ham iqtisodiyot, ham madaniyat sohasida yuqori taraqqiyot bosqichidan o‘tgan. Lekin markazdan uzoqda joylashgani uchun keyingi davrlarda shoh hukumati Lenkoranni Gilon viloyati tarkibiga kiritdi.

Bu davrda hududni boshqargan Amir Hamzani siqib chiqarish uchun shoh hukumati Lenkoranga sarkarda Sariqxonni jo‘natdi. U viloyatda barcha isyonlarni bostirgach shoh viloyati unga tiyul berdi. Sariqxon Astarada yashasa ham uning o‘g‘illari Lenkoranda yashagan va bu yerdan o‘lkani XVIII asr 20-yillarigacha boshqarganlar.

XVIII asr 20-yillarida Ozarbayjonning Kaspiy sohili viloyatlari, shu jumladan, Lenkoran ham Rossiya mustamlakasiga aylandi. 1726-yilda chorizm mudofaa maqsadida bu yerda harbiy istehkom qurdirdi. Lekin ruslar bu yerda ko‘p qola olmadilar. Resht shartnomasiga ko‘ra Lenkoran qaytadan Nodirshoh hokimiyatiga o‘tdi. 1747-yil 9-mayda Nodirshoh o‘ldirilgach, Ozarbayjonda xonliklar paydo bo‘la boshladi.[8][9]

Lenkoran XIX asrda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Ahmadxon xonasi(hozirki holati muzey).

XIX asr boshlarida Lenkoran shahri uch qismdan iborat edi va shahar markazi hisoblangan Qal’a devorlariga tayanar edi. Qal’adagi Rossiya ishg‘olidan so‘ng harbiy garnizon o‘rnatildi, bir qator binolar kazarmalarga, lazaretga aylangandi. XIX asr 30-yillarida shaharda 441 uy va 440 ga yaqin fermer xo‘jaligi mavjud edi. XIX asr 50-yillarida esa shaharda turar-joy uylarining soni 833 ga yetdi.

XIX asr oxirlarida Lenkoranda ko‘chalar neft lampalari bilan yoritildi. Shahar ichimlik suvi bilan Lenkoran daryosi hisobiga taʼminlanar edi. Shaharga suv quvuri 1913-yildagina o‘tkazildi.

Bu davrda aholining soni ham ortayotgan edi. Lenkoranda barcha davrlarda erkaklar ayollardan 7-10 % ko‘p bo‘lgan. 1897-yil maʼlumotiga ko‘ra shahar aholisining soni 8733 nafar edi. Bu yerda mahalliy aholi bilan birga ruslar, polyaklar, yahudiylar va boshqa millat namoyandalari yashar edilar. 1828-yilda Lenkoranda harbiy garnizon raisi boshchiligida ikki zobit, chor hukumatining rag‘batiga erishgan mahalliy beylardan ikki namoyandadan iborat kommendant usul idorasi tashkil qilindi. 1840-yil 1-yanvarda xususiy shahar politsiya idorasi tashkil topdi. 1840-yil 10-aprelda kommendant usul idorasi bekor qilindi. Lenkoran 1846-yilda uezd sifatida avval Shamaxi gubernatorligiga, 1859-yilda esa Boku gubernatorligiga kiritildi.

XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Lenkoranda shahar hokimiyat idorasi (Dumasi) tuzildi.

Bu davrda shahar iqtisodiyotining asosiy sohalaridan biri hunarmandchilik edi. Tabiiy xomashyo bo‘lgan o‘rmon materiallarining mo‘lligi bu yerda baʼzi hunarmandchilik ancha avval paydo bo‘lib rivojlanishiga sabab bo‘lgandi. 1877-yilda Lenkoranda 17 tikuvchi, 22 do‘ppido‘z, 9 etikdo‘z, 13 temirchi, 3 sarroj, 25 chilangar, 26 qishloq xo‘jaligi va maishiy mollarni tayyorlovchi, 2 misgar, 5 quruvchi faoliyat ko‘rsatardi. XIX asrning 80-yillaridan eʼtiboran shahar iqtisodiyotida baliqchilik va o‘rmon materiallari ishlab chiqarilishi ko‘proq sanoat xarakterini olardi.

Qishloq xo‘jaligi mashg‘ulotlari orasida sholikorlik ustunlik qilardi. Bu bilan birga g‘allachilik ham rivojlanayotgan edi. XIX asrda Lenkoranda shaharlashtirish rejalari tuzish boshlandi. 1833-yilda tartibga solingan va tasdiqlangan Lenkoran qal’asi istehkomlarining bosh rejasi bu ishda muhim bosqich bo‘ldi. Shahar markazida rejalashtirishning tashkil etuvchi elementi kabi masjid va 117 do‘kondan iborat bozor joylashgandi.[8][9]

To‘rt tarixiy bo‘linma[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX-XX asr davomida qal’a maydoni hududining o‘zlashtirilishi natijasida janubiy va shimoliy chekka shaharlari muayyan darajada butun bo‘lib, turli rejali qurilish bo‘lgan to‘rt tarixiy bo‘linma tashkil topdi. Bular Qal’a, Katta bozor, Kichik bozor, Sutemurdov edi. Qal’a hozirgi B. Abbosov — Mir Mustafoxon ko‘chalari va Lenkoran daryosi sohili ko‘chalari chegarasida joylashgan edi.

Katta bozor hozirgi B. Abbosov ko‘chasi va janubi-g‘arbdan Lenkoran daryosi sohili mahallasi bilan chegaralanardi. Katta bozor o‘z navbatida bir necha kichik mahallalardan iborat edi: Choriqchilar, Ohakchilar, Tojirlar, Og‘alar, Tandirchilar va b.

Kichik bozor dengiz sohil bo‘yi hozirgi Tofiq Ismoilov va Sattorxon ko‘chalari orasida joylashgan edi. Bu yerga qal’a maydoni va unga birlashgan erkin rejali kvartallarning shimoliy chekka shahari ham kirar edi. Bu yerda quyidagi mahallalar mavjud edi: Tosh Ko‘prik, Karajivanlar, Ipakchilar va Forshtat (nemischa shahardan chetda maʼnosida).

Sutemurdov dengiz sohilini qamrab olgandi. Bu yerda asosan kelgindi, vazifali ruslar va ozarbayjonlar yashar edilar. Lenkoran XX asr boshlarida Shusha, Sheki va Guba bilan solishtirilganda ham rivojlangan shahar xo‘jaligiga, ham xususiy obodonchilikka ko‘ra tanlanar edi. Lenkoranda arxitektura bo‘yicha ko‘pgina qiziqarli uylar va diniy binolar barpo etilishiga qaramay, Boku gubernatorligining shtatli shahari hisoblanardi.[8][9]

Geografiyasi va iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May İyun İyul Avqust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yil
O‘rta temperatura(°C) 3 4 7 11 17 22 25 24 21 16 10 6 14
O‘rta yog‘ingarchilik(mm) 60 50 110 60 10 80 20 50 190 230 140 60 1130
Manba: www.weatherbase.com [10]

Lenkoranda atmosferik yog‘ingarchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yog‘ingarchilik va sellarning taqsimotida tabiiy zonalarning balandlikka bog‘liq ravishda navbatda bo‘lishida o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi, aholi zichligining to‘xtovsiz ortgan, ijtimoiy muammolar ko‘paygan, lekin kuchli taraqqiyot uchun katta tabiiy zahiralarga ega bo‘lgan Lenkoran viloyatida atmosferik yog‘ingarchiliklarning yillik davomida 2 maksimum va 1 minimum hisoblanadi. Birinchi zaif deb ifodalangan maksimum bahor oylarida kuzatiladi. Mart oyidan so‘ng yog‘ingarchilikning kamayishi nisbatan kamayadi va iyul oyida barcha meteorologik mintaqalarda yillik minimum kuzatiladi. Bu oydan so‘ng yog‘ingarchilik sezilarli darajada ko‘payadi va kuz oylarida oydin ifodalangan ikkinchi — asosiy maksimum yaranadi.

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon tarix muzeyida Lankaranning oltin haykalchasi
Ozarbayjon tarix muzeyida Lankaranning boshqa bir oltin haykalchasi

1-yanvar 1885-yilda Lenkoran shahrida har ikki jinsdan jami aholi soni 5.559 nafar bo‘lgan.[11]

Taniqli shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo‘riqxonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda Hirkan Milliy parki va Qizilog‘och davlat tabiat qo‘riqxonasi bor. Hirkan milliy parkida tabiatning eng qadimiy va nodir o‘simlik hamda daraxtlari o‘sadi. Hirkan davlat qo‘riqxonasi 1936-yilda yaratilgan, 2004-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni bilan milliy park deb eʼlon qilindi. Hirkan milliy parkida kiyik, yovvoyi to‘ng‘iz, xol-xolli jayron va boshqa o‘rmon hayvonlari yashaydi. Park relikt va endemik o‘simliklarga boy.

Hamdo‘st shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. İcra hakimiyyətinin başçısı
  2. Rayon haqqında
  3. Əhalisi
  4. 4,0 4,1 AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI LƏNKƏRAN ŞƏHƏR İCRA HAKİMİYYƏTİ
  5. Azərbaycanın avtomobil kodları haqqında tam informasiya — SİYAHI
  6. Population statistics of Eastern Europe
  7. B.Ə.BUDAQOV, N.G.MƏMMƏDOV. AZƏRBAYCANIN LƏNKƏRAN REGİONU TOPONİMLƏRİNİN İZAHLI LÜĞƏTİ
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Azərbaycan Milli Elmlər Akademiyasının Tarix İnstitutu
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Ishaq Axundov XATIRƏLƏRIMDƏ YAŞAYAN LƏNKƏRAN
  10. www.weatherbase.com
  11. Kavkazskiy Statisticheskiy komitet. Ye.Kondratenko. 1886. „Kavkazskiy kalendar na 1887 god“, str. 193
  12. Ajans-İskenderunʼda kurtuluş coşkusu adlı haber, 02.11.2008 tarihinde erişilmiştir.
  13. Goroda SShA i Azerbaydjana stali pobratimami — FOTO: Politika, 27 iyunya 2011
  14. Lənkəran İtaliyanın Çerveteri şəhəri ilə qardaşlaşmış şəhər elan edilib