Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ko‘ro‘gli dostoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ko‘ro‘gli dostoni
ozarb. Koroğlu dastanı
1989 CPA 6091-2.jpg
1989 yilda SSSR xalqlari epik sheʼrlari seriyasidan Ozarbayjonning „Koroglu“ epik sheʼri bilan nishonlanadi
Mamlakat Flag of Azerbaijan.svg Ozarbayjon, Flag of Turkey.svg Turkiya,
Flag of Iran.svg Eron, Flag of Uzbekistan.svg Oʻzbekiston,
Flag of Turkmenistan.svg Turkmaniston
Til Oʻgʻuz turkchasi
Janri Epik sheʼriyati

Ko‘ro‘g‘li  — Ozarbayjon, Oltoy, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston turkiy xalqlarining afsonalarida va xalq turmush tarzida ishtirok etgan qahramon hisoblanadi.

Ko‘ro‘g‘li — xalqning mardligi, jangovarligi simvoliga aylangan[tahrir]

Ozarbayjon xalq og‘zaki adabiyotida qahramonlik dostonlarining maxsus o‘rni bor. Sevib mutolaa qilgan va tinglaganimiz „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni ham tarixiy-qahramonlik mavzusidadir. Maʼlumki, XVI asr oxirlarida va XVII asr boshlarida Ozarbayjonda va Turkiyada tarixga Jaloliylar qo‘zg‘oloni sifatida kirgan qishloqliklar harakati yuz bergan.  „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni bu qo‘zg‘olonda yuz bergan hodisalarning badiiy inʼikosidir. O‘sha davrda yurtlarida har qanday salohiyatga ega bo‘lgan hokimlar, poshsholar aholiga shafqatsiz munosabatda bo‘lar, ularning ekib-yig‘gan mahsulotlarini talon-taroj qilishar, o‘zlarini esa muhtojlikda yashashga majbur qilishardi. Doston mualliflari eposda ortiq bu zulmga bosh egishni xohlamagan xalqning qahramonlik shijoatini, zolim xonlarga, poshsholarga, beylarga qarshi olib borgan kurashni badiiy syujetda jonlantirishga muvaffaq bo‘lganlar. Doston deyarli elning, xalqning yengilmasligini tasvirlaydi.[1]

Dostonning bosh qahramoni Ko‘ro‘g‘li sodda xalq orasidan chiqqan. Uning asl ismi Ravshandir. Hasanxon haqsizlik qilib, uning otasining ko‘zini o‘yib oladi. Ana shundan so‘ng Ravshanni xalq orasida Ko‘ro‘g‘li deb chaqirishadi.

Ko‘ro‘g‘li nurdan butunlay ayrilgan otasining qasosini olishga so‘z beradi. Yillar o‘tgan sari uning qalbidagi qasos o‘ti ijtimoiy ahamiyat kasb eta boshlaydi va xalqqa zulm qilgan hukmdorlarga qarshi isyonga aylanadi. U el-yurtda mardlikda nom chiqargan yigitlarni yig‘adi, ular bilan toqqa chiqib ketadi, Chanlibelda qarorgoh tayyorlaydi.

Doston mualliflari Ko‘ro‘g‘li timsolida asl xalq qahramonini, ichki olami bilan jismoniy mahorati bir-birini to‘ldirib turuvchi mohir sarkarda obrazini jonlantirishgan. Ko‘ro‘g‘li qiyinchiliklardan qo‘rqmas, doim dushman bilan ochiq, yuzma-yuz jnglarga kirishadi. Biz uni goh ot belida qilich o‘ynatgan, dushman boshiga o‘t yog‘dirgan qahramon sifatida, goh esa sozini tilga kirgizib qo‘shiq aytuvchi, shirin kuylar kuylovchi el sanʼatkori sifatida ko‘ramiz. Chanlibelda Dali Hasan bilan yuzma-yuz kelgan Ko‘ro‘g‘li unga o‘zini shunday taqdim etadi:

Ko‘ro‘gli dostoni

Maydongakirganda maydon tanigan,
Haqning solig‘iga men ham roziman.
Bir yigitman, yigitlarning xoniman,
Bu atrofda har yon manimdur!

O‘quvchi, tinglovchi doston davomida Ko‘ro‘g‘lining turli janglarda ko‘rsatgan mislsiz jasoratining shohidi bo‘ladi. Dengiz jinsidan bo‘lgan G‘irot va Durot, shuningdek, yashin parchasidan tayyorlangan Misriy qilich Ko‘ro‘g‘lini yana-da yengilmasga aylantiradi. U olib borgan janglarda g‘alaba qozonadi. Asl xalq qahramoni sifatida Ko‘ro‘g‘liga xos jihatlardan biri uning mardligidir. U dushman bilan kurashda hech qachon hiylaga qo‘l urmaydi. Ko‘ro‘g‘lining xarakteridagi mardlik, dostonning alohida qismlarida turli vaziyatlarda yuzaga chiqadi. „Hamzaning G‘irotni olib qochishi“ qismida Hamza To‘qotga suyukli otini qaytarib olishga kelgan Ko‘ro‘g‘liga aytadi: „Ko‘ro‘g‘li, sen G‘irot uchun kelganding, uni minib ham olibsan. Sening o‘rningda bo‘lsam jimgina qochib chiqib ketardim“. G‘irot belida o‘tirgan Ko‘ro‘g‘lining javobi shunday bo‘ladi: „Agar otni sassiz-sadosiz olib ketsam, men ham Hamza bo‘lib qolaman. Unda sen bilan mening oramda biror farq qolmaydi“. Ko‘ro‘g‘li yoniga yig‘ilgan yigitlar ham mard va qo‘rqmasdirlar. Xalq ichidan chiqqan bu yigitlarni Chanlibelga zulmkor hukmdorlarga keskin nafrat, Ko‘ro‘g‘lining xalq dushmanlariga qarshi olib borgan kurashlariga rag‘bat jam qilgan. Ko‘ro‘g‘li har besh-o‘n kunda bir libosini o‘zgartirib, safarlarga chiqar va har gal Chanlibelga yangi yigit bilan qaytardi. Faqat Ko‘ro‘g‘li Chanlibelga olib kelgan yigitlarni avval sinovdan o‘tkazar, so‘ngra o‘z guruhiga qabul qilardi. Ko‘ro‘g‘li sinovdan o‘tkazgan yigitlarga ishonar, hurmat qilar, shu bilan birga, ularga g‘amxo‘rlik qilardi. Dostonda Chanlibelga yetti ming yetti yuz yetmish yetti yigit yig‘ilgani aytiladi. Bu raqam xalqning yengilmasligini, uning kuchi tugamasligining ramzidir. Eposda ishlatilgan „dali“ (telba) so‘zi „yigit“, „epchil“ degan maʼnoda kelgan. Sodda xalq ichidan chiqqan Temirchio‘g‘li, Balli Ahmad, Halaybuzan, Dali Hasan va boshqalari qiyin vaqtlarda Ko‘ro‘g‘liga haqiqiy tirgak bo‘ladilar. Yigitlar ichida eng yoshi Eyvazdir. Yoshi kichik bo‘lishiga qaramay, jang maydonlarida shijoat ko‘rsatgan bu yigitga Ko‘ro‘g‘lining maxsus rag‘bati bor va uni o‘g‘il qilib olgan. Umuman olganda, Ko‘ro‘g‘li bilan uning yigitlari orasida samimiy do‘stlik munosabatlari hukm suradi. Ular bir-birlariga chuqur hurmat bilan qaraydilar. Dostondagi ayol obrazlari ham eposning qahramonlik ruhini to‘ldiradi. Nigor, Marjon, Telli, Ruqiya, Mahbub boy hukmdor, poshsho qizlari bo‘lsa ham aysh-ishratda o‘tgan hayotdan bezib, Chanlibelga qochib kelganlar. Bu yerdagi qiyin hayot ularni aslo qo‘rqitmas, aksincha ular Ko‘ro‘g‘liga va uning yigitlariga dastak bo‘ladilar. Bu jasur va yuragi keng ayollar turmush o‘rtoqlariga qimmatli maslahatlar berar, kerak bo‘lganda jang maydonga chiqishdan ham toymaydilar.[2][3]

"Ko‘ro‘g‘li"da  qahramonlik qo‘shiqlari[tahrir]

Xalqning qahramonlik tarixi solnomasi bo‘lgan „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni yosh naslning vatanparvarlik tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Dostondan maʼlumki, Ko‘ro‘g‘lining bir qo‘lida qilich, bir qo‘lida soz bo‘lgan. Jangga soz bilan kirib, jangdan keyin ham g‘alabasini sozni bag‘riga bosib tarannum etgan. „Ko‘ro‘g‘li“ dostonidagi kuylar bugun ham katta-yu kichik tilida yoddir. Dohiy Uzeyir Hojibeyli „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni motivlari asosida „Ko‘ro‘g‘li“ operasini yozishi, operaning uverturasi esa deyarli barcha davrlarda Ozarbayjonni tanitish gimni sifatida ishlatilishi ham tasodifiy emas.

Eposning yuzaga kelish omillardan ilk bora asosli shaklda so‘z ochgan turkman olimi B.A.Karriyev keltirgan dalillar bizda va boshda o‘lkalarda ilgari surilgan g‘oyalar o‘zagini tashkil etadi. To‘g‘rirog‘i, E.Musheg, A. Tabriziy, O‘, Chalabiy, I.Shopen, A.Xodzko, S.S.Penn, I. Petrushevskiy va boshqalar Ko‘ro‘g‘li haqida aytganlariga uning tadqiqotida keng sharh berilgan, bu sababli ham tarixiy asarlarda keltirgan sitatalar keyinchalik darsliklardan o‘rin olgan.

Olim shunday to‘xtamga keladi: „Chindan ham XVII asrda katta shuhrat qozongan Ko‘ro‘g‘li nomli shaxs yashab o‘tgan. Ozarbayjon va turkman variantlarida ko‘rsatilishicha, Ko‘ro‘g‘li tuk (aniqroq aytsak, teke) qabilasidan chiqqan turkman edi va uning otasi sulton Murodga xizmat qilgan“.[4]

Ko‘ro‘g‘li turk dunyosining umumiy qahramonidir  [tahrir]

A.Tabrizlining „Tarixlar kitobi“ asarida jaloliy dostonlardan 20 dan ko‘p boshchining, shu jumladan, Ko‘ro‘g‘lining nomi alohida keltiriladi. Ko‘ro‘g‘lining janglaridagi mardlik va shijoati, kambag‘allarning do‘sti, zolimlarning dushmani bo‘lishi uni xalq qahramoniga aylantirgan.

Turk xalqlarining katta qismi (turk, turkman, o‘zbek, qozoq, boshqird, tatar, qoraqalpoq, ozarbayjon va b.) og‘zaki ijodida mavjud bo‘lgan „Ko‘ro‘g‘li“ dostoni Tunadan Bolqonlarga, Sibirdan Suriyagacha keng geografik arealda tarqalgan. Tarqalish miqyosiga, hajmiga va shuhratiga ko‘ra „Ko‘ro‘g‘li“ yagona dostondirki, variant va versiyalarining soni besh yuzdan ko‘p.

Turkiyada „Ko‘ro‘g‘li“ning ilk nashri 1887-yilda chop etildi. O‘n besh sahifalik bu nashrdan keyin Ko‘ro‘g‘li davri va qahramon faoliyat ko‘rsatgan tarixiy hodisalar bilan bog‘liq bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Bundan bir muddat avval esa „Ko‘ro‘g‘li“ dostonining bir qismi arman alifbosi bilan Istanbulda chop etilgan. 1897-yilda Oshiq Jamoliydan yozib olingan „Hiziro‘g‘li Mustafobey“, „Bolubey“nusxalari Tbilisida nashr etildi.

Ozarbayjonda „Ko‘ro‘g‘li“ dostonining ilk nashri 1913-yilda Orujov aka-ukalari matbaasida Riza Zaki tomonidan chop etildi. Bu nashr bilan bo‘lgan nashrning titul varag‘i forscha yozilgan. Dostonning 14 bobdan iborat to‘liqroq va qo‘shmalarga boy boshqa varianti 1941-yilda Hummat Alizoda tomonidan nashr qilingan.

„Ko‘ro‘g‘li“ dostoni O‘rta Osiyoda ham bir necha bor nashr qilingan. O‘rta Osiyo versiyasi davriy bo‘lgani sababli hali ham to‘liq shaklda chop etilmagan. Asosan, o‘zbek Ko‘ro‘g‘lisi bir necha naslning qahramonlik solnomasini jonlantirganligi sababli har davr mustaqil doston sifatida shakllangan. So‘nggi paytlarda Ozarbayjonda „Ko‘ro‘g‘li“ dostonining yangi qismlari yig‘ilib nashr etildi. Bulardan „Qahramon Ko‘ro‘g‘lining devlar bilan uchrashuvi“, „Ko‘ro‘g‘lining Tehron safari“, „Misriy qilichning o‘g‘irlanishi“, „Marjon xonimning Chanlibelga kelishi“, „Zarnishon xonimning Chanlibelga kelishi“, „Ag‘cha qo‘zi“ qismlarini ko‘rsatish mumkin.

„Ko‘ro‘g‘li“ dostonining qisqa nashr sanasi ko‘rsatadiki, u XIX asr boshlaridan oxirgi davrlargacha juda mashhur bo‘ldi.

Xalq qahramoni Ko‘ro‘g‘lini soz-so‘z sanʼatkori nomi bilan tanitish anʼanasi o‘tgan asrning 30-yillarigacha davom etgan. Ozarbayjon FA Meʼmorlik va Arxeologiya Instituti arxividan topilgan 1938-yilga tegishli „Oshiq sheʼrlari“ to‘plamida Ko‘ro‘g‘li nomli baxshiga atalgan qo‘shma va geraylilarga duch kelinadi. To‘g‘ri, yosh Ertug‘rul Jovidning (Husayn Jovidning o‘g‘li) izohi bilan chopga tayyorlangan bu to‘plam baʼzi sabablarga ko‘ra chop etilmadi. Bundan tashqari sheʼrlar eposning alohida qismlari bilan birlashadi. Aniqroq aytganda, mazmunida eposning hodisalari to‘liq aks ettiriladi.[5][6]

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Koroğlu dastanı (Paris nüsxəsi). Bakı: „Şərq-Qərb“, 2005.
  2. Farid ALYeKPYeRLI, d. i. n. Legendi o Keroglu. „Zerkalo“, 07.12.2012.
  3. Sovet tarixi ensiklopediyası — Koroğlu
  4. Zaur Gasanov. Ot shamanisticheskoy mifologii do tyurkskogo eposa Kyorogli (i mifa o proisxojdenii skifov ot Gerakla).
  5. „Koroğlu“ dastanının türkmən versiyası — „Göroğlu“
  6. Şərq.- 2011.- 13 iyul.- S. 11.