Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Icheri – sheher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Icheri — sheher
ozarb. İçərişəhər
Qiz qal’asi , Darvoza, Bozor maydoni, Eski koʻcha, Devonxona, Muhammad masjidi, Chin — masjid, Qadimgi butlar, Shirvonshohlar saroyi
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Ilk qayd etilgan vaqti V asr[1][2]
Asos solingan sana XII asr
Uslubi Shirvan — Apsheron maktabi
Holati qoʻriqxonasi
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah’s Palace and Maiden Tower
Turi Madaniy
Mezonlari vi
Tayinlangan 2000
Manba nomeri 958
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa va Shimoliy Amerika
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 2
Turi kompleks
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Icheri — sheherning plani

Icheri — sheher (ozarb. İçərişəhər — Ichki shahar), xalq orasida — Qal’a[3] (ozarb. Qala), yoki „eski“ shahar[4] — Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi qadimiy yashash kvartali va tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona, yaxshi saqlanib qolgan qal’a devorlari bilan oʻralgan va shaharning eng qadimgi qismida[5] joylashgan va shaharning diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Qoʻriqxona egallagan 221 ming. m² maydonda 1300 dan ortiq oila yashaydi[6].

Qoʻriqxona maydoniga bronza asridan [6] boshlab odamlar koʻchib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijasida Icheri-sheher hududiga VIII—XI asrlardanoq odamlar yashagani, bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq[7] rivojlangani maʼlum boʻldi. XV asrda Shirvonshoh oʻz qarorgohini Shemaxidan Bokuga koʻchirib oʻtdi, va bu Icheri-sheherni[4] „kristallanishiga“ sabab boʻldi. 1747 yildan 1806 yilgacha asosan Icheri-sheherda joylashgan Boku Boku xonligining poytaxti boʻlgan. Bokuni ruslar egallab olganidan soʻng 1806 yilda va ayniqsa neft qazish avjiga olganidan soʻng (XIX asr oʻrtalarida va XX asr boshlari) Boku shiddatli ravishda kengaya boshladi va Icheri — sheher qal’a devorlaridan tashqarisiga chiqdi.

Icheri — sheherda eng koʻzga koʻringan yodgorliklardan Qiz qal’asi va ozarbayjon meʼmorchiligining [8] durdonasi hisoblangan Shirvonshohlar saroyi majmuasini keltirish mumkin. Bundan tashqari qoʻriqxona hududida oʻnlab tarixiy yodgorliklar — masjidlar, karvon — saroylar, hommom, uylar joylashgan, bir qancha muzey, elchixona, mehmonxona, savdo obyektlari, kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda.

1977 yilda Icheri-sheher tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona[6] deb eʼlon qilingan, 2000 yilda esa Shirvonshohlar saroyi hamda Qiz qal’asi bilan birga YUNESKO ning umujahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Icheri-sheher Umumjahon meʼrosi roʻyxatiga kiritilgan Ozarbayjonning birinchi obyekti hisoblanadi.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Icheri — sheher“ tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxonasi Boku shahrining Sabail tumani hududida, Kaspiy dengizi yaqinidagi balnd boʻlmagan tepalikda joylashgan. Icheri — sheher balandligi 8-10 metr, kengligi esa 3,5 metr keladigan qal’a devorlari bilan oʻralgan.

Icheri — sheher „Istiglaliyat“ koʻchasining janubi — sharqida va „Neftchilar“ prospektining shimoli-gʻarbida, shunday nomli metro stansiyasidan sharqida joylashgan. Sharqdan qoʻriqxonaga Aziz Aliyev koʻchasi birikadi, janubi — gʻarbiy qismidan esa Vaxid nomidagi bogʻ mavjud.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boku xonligi saroyi. Grigoriy Gagarin rasmi.
Bozor maydoni.
Baba Kuxi Bakui masjidining qoldiqlari


Erta tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boku qal’a devorlari va chuqurlik bilan oʻralgan qadimgi aholi yashash joylaridan paydo boʻlgan shaharlar turiga kiradi. Bokuni aholi yashash punkti va shahar sifatida paydo boʻlgan vaqti, uni arxeologik jihatdan yaxshi oʻrganilmagani sababli bugungi kunda ham aniqlashtirilmagan. Odamlarni bu yerlarga boku yaqinidagi neft, tuz boyliklari, dengiz qirgʻoqlaridagi qulay joylashuvi hamda tabiiy bandargohi jalb qilgan. Shirvonshohlar saroyida arxeologik izlanishlar natijasida topilgan eramizdan avvalgi III-I asrlarga oid koʻza, Muhammad masjidi hududida topilgan eramizdan avvalgi IV-I asrlarga oid sopol idish boʻlaklari va eramizning I asrga oid temir oʻqlar, temir asriga oid loydan yasalgan ayol haykali, Icheri -sheherdan antik ustun asoslari qadimgi Boku qal’asini antik davriga oid shahar deb hisoblashga asos boʻla oladi. I asrdanoq Boku kichik port shahri hisoblangan[9].

Erta oʻrta asrlar davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sosoniylar davridanoq markazi Boku boʻlgan Apsheron — Sosoniylar davlatining alohida provinsiyasi — Shirvon viloyatiga kirgan alohida maʼmuriy birlik hisoblangan. Hududni arablar bosib olganidan soʻng, Bokudan tashqari Shamaxi, Derbent va boshqa shaharlar kirgan Shirvan viloyatining hukmdorlari Shirvonshohlar boʻlgan. Al-Balazuri, Al-Masudi va boshqa arab mualliflari takidlashicha, Xosrav Anushirvan shohlarni tanlab tayinlaydi va ularning har biriga shohlik taqdim qilgan. Ular orasidan Shirvonning shohi Shirvon — shoh deb atalgan. VII—X asrlarga oid davrda Bokudagi voqealar haqida maʼlumotlar kam. Shahar turklar va ruslar tomonidan shimoldan hujumlarga duchor boʻlgan. 914 yilda Boku qirgʻoqlariga ruslar hujum qildi. Masudining takidlashicha, ruslar Shirvonshohlar saroyida Boku nomi bilan maʼlum boʻlgan neft qirgʻoqlariga yetishdi. Kaspiy dengizida oʻz flotiga ega boʻlmagan Shirvonshoh Ali ibn Xaysam, oʻz qoʻshinini bark va savdo kemalarida yuboradi. Ruslar shirvonshohlar qoʻshiniga hujum qilishdi va Masudining takidlashicha minglab musulmonlar oʻldirilgan va choʻktirilgan. Keyinchalik ham Boku va Apsheronga hujumlar davom etdi[9].

Al-Mukaddasi X asr Boku haqida „dengizdagi shahar, viloyatning yagona bandargohi“ deb yozgan. Lekin, VIII asr — IX asr boshlaridanoq Boku ahamiyatli dengiz bandargohi boʻlmagan va mamlakatning yirik savdo markazlari hisoblanmagan. Bokuning boshqa shaharlar bilan savdo aloqalari boʻlganini shahar hududida topilgan, Sosoniylar (V-VII asrlar), shuningdek, Abbosiylar va Shirvonshohlar davriga oid tangalar tasdiqlaydi. X asr oxirida esa arab mualliflari shaharni katta ahamiyatga ega port sifatida tariflashgan. Tepalikda joylashgan shaharning oʻzi esa qal’a devorlari bilan oʻralgan. Shirvonshohlar saroyi fasadining janubi-sharqiy qismida aniqlangan, oʻrta asrlar shahar qatlami VIII asrga oid. Icheri-sheherning turli hududlarida topilgan koʻzasimon chuquqrlar bu yerda erta VIII asrda aholi yashaganini bildiradi. Erta davrlarga oid shaharning yer ustki meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolmagan[9].

Shirvonshohlar hukumronligi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab xalifaligining X-XI asrlarda parchalanishi sababli bir qator viloyat hukmdorlari, shu jumladan Shirvonshohlar ham mustaqil ravishda boshqarishni boshlashdi. Boku va Shamaxi oʻsha davrda boy shaharlar boʻlib, koʻpgina bosqinlarga duchor boʻlishgan. 1030 yilda Boku shahrida ruslar va Shirvonshoh Minuchixr I Yazid qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlgan. Ruslarning gʻalabasi Araks daryosi boʻylab oʻtib Baylakanni egallab olishiga sabab boʻldi. Bir yildan soʻng ruslar yana Shirvanga Boku orqali hujum qilishdi, lekin Shaddadilar sulolasidan boʻlgan Arran hukmdori Musa ibn Fadl ular bilan jangga kirib mamlakatdan haydab chiqarishga erishadi.

XI asrning 40 yillarida turk-ogʻuzlarning bosqini havfi boʻlgani sababli Shirvonshohlar shahar atrofida qal’a devorlarini qura boshlashdi. Manbalarda ilk bor ularning oʻsha davrda bosqini haqida yozilgan. XI asr boshlarida ogʻuzlarning bir boʻgʻini boʻlgan saljuqiylar kuchli imperiya tashkil etib, Oldi Osiyo mamlakatlariga tahdid sola boshladi. 1066 yilda Kara-Tekin boshchiligi ostida Shirvon va Bokuga hujum qilishadi. Kara-Tekindan soʻng Shirvonga saljuqiylarning boshqa hukmdorlari Kaymas va Alp-Arslon ham yurish uyushtirishgan. Lekin Shirvonshohlar bu davrda hali mustaqil hukmdor sifatida yurtini boshqarishgan. Taxtga Iroq-Arab va Fors humkdori Sau-Teginni kelishidan soʻng, Shirvonshoh Faribuz saljuqiylarning vassaliga aylandi. XII asrning ikkinchi choragida Ildegiz butun Shirvonni, shu jumladan Bokuni ham bosib oldi. XII asrning oxirida esa, Shirvonshohlar faqat nomigagina mustaqil, amalda esa Ildegizidlar boshqaruvi ostida boʻlishadi.

1191 yilda Shamaxi zilzila sababli vayron boʻlganidan soʻng, shirvonshoh Axsitan I oʻz qarorgohini Bokuga koʻchiradi. Shirvonshohlar shaharni bir qator inshootlar bilan bezab uni mustahkamladilar. XII asrning birinchi yarimida shaharning qal’a devorlari qurilgan va bir qator fortifikatsion ishlar amalga oshirilgan. Mudofa inshootlari tizimiga Qiz qal’asi ham kirgan. Saljuqiylarga qarshi kurashda Shirvonshohlar gruzin hukmdorlari bilan ittifoqdosh boʻlgan. Gruzin yilnomalarida yozilishicha, 1222 yilda toʻy marosimida ishtirok etish uchun Bokuga Tamaraning oʻgʻli gruziya qiroli Georgiy IV Lasha keladi. Shaharning Shirvonning eng boy shaharlaridan biri va Kaspiy dengizidagi muhim portlardan biri sifatidagi ahamiyati oʻsha davrda oshadi. Ozarbayjon shoiri Xagani Shirvaniy Shirvonshoh Axsitan ibn Minuchixrni yaxshilab qilgan qasidasida Bokuni mustahkam qal’a va sharqdagi eng ahamiyatli shahar sifatida, Xourosonning[9] eng mustahkam shahri Bestam bilan qiyoslab yozadi.

1220 yilda Shirvonga moʻgʻullar bostirib kiradi. Serab va Baylakanni bosib olib, Shemaxani vayron qilishdi va Derbent yoʻlidan ketishdi. Moʻgʻullarning ikkinchi istilosi 1231 yilda boʻlib oʻtdi. Gyandja, Barda, Baylakan, Shabran kabi yirik shaharlar moʻgʻullarning bunday yavronkor bosqinidan soʻng uzoq vaqt oʻziga kela olmagan. XV asr arab geografi Abd ar-Rashid al-Bakuvining yozishicha moʻgʻullar dengiz yonidagi mustahkam qal’a — Bokuni uzoq vaqt ishgʻol qila olishmadi, u yerdagi aholi shiddatli qarshilik koʻrsatishdi. Faqatgina butun mamlakat ishgʻol qilinganidan soʻng, shahar taslim boʻlishga majbur boʻldi.

1258 yilda Chingizxon, nabirasi Xulagu-xon Bogʻdodni egalladi, Abbosiylar halifaligiga chek qoʻyib Xulagiylar sulolasiga asos soldi. Ilxoniylar Kavkazortini bosib olgan, ular bu yerlarga Djuchidlar huquqini tan olmagani sababli, Ilxoniylar davlati va Oltin Oʻrda oʻrtasida yuz yil davomida toʻqnashuvlar boʻlgan. Shu yillar davomida bu davlatlarning chegaralari Derbent yonidan, gohida esa Boku yonidan oʻtgan. Bu davrda Shirvonshohlar oʻz yerlarida moʻgʻullarning vassallari sifatida hukmronlik qilishgan, ilxoniylar hukmdorlarining yurishlarida ishtirok etishgan. Ilxoniylar davrida moʻgʻul hukmdorlari Bokuga qishlash uchun kelishgan. 1297 yilda Bokuga qishlash maqsadida Gazan-xan kelgan. Odoriko Pordenone xon haqida shunday yozadi „Bu yerda (Sultonlikda) yoz paytida xon vaqtini oʻtkazadi, qish paytida esa Bakuk (Vasis) [9] shaharga ketadi“.

XIV asrning boshida moʻgʻul davlati tarqalib ketganidan soʻng, Shirvonshohlar Ilhoniylar davlati hududida shakllangan Chobaniylar, soʻng Djelairiylar bilan kurash olib borishgan. Ular Bokuni ishgʻol qilganini shaharda topilgan 1360 yilga oid Sulton Shayh Uveys nomli tangalar tasdiqlaydi. Shirvonga shuningdek, Toʻxtamish va Temur bosqin qilishgan va buni u yerda topilgan XIV asr ohiriga oid ular nomi bilan chiqarilgan tangalar tasdiqlaydi. Shirvonshoh Shayh Ibrohim usmon sultoni Boyazidga qarshi jangda Temur tomonida boʻlgan, Temur 1400 yilda Suriyaga yurish qilganida Xalebga birga borgan va uning tomonida boʻlgan. Temur oʻlganidan soʻng Shirvon mustaqillikka erishadi. Mamlakatni Qora-Yusuf bosib olganidan soʻng ham, shirvonshoh Ibrohim Qora — Koyunlu mamlakati hukmronlarining faqatgina rasmiy vassal boʻlgan, amalda esa Shekidan Derbentgacha Shirvonning toʻlaqonli hukmdori boʻlgan.

XV asr boshidan va XVI asr boshigacha mamlakat boshqa istilochilarning zugʻmidan ozod boʻldi va yuz yil davomida Shirvon mustaqil mamlakat boʻlib qoldi. Mamlakatni 1465 yilgacha boshqargan Ibrohimning oʻgʻli XalillUllax I mustaqil boʻlib qoldi, Qora-Koʻyunlu hukmdorlari bilan kurashayotgan temuriylarni qoʻllab- quvvatladi. XalillUllax Shohruhning shahri Qorabogʻga kelganida u bilan qarindosh tutinishni hohladi va uni Temurning avarasiga nikohladi. Xalill Ullah Shirvon shaharlarida va ayniqsa oʻsha davrda mamlakat poytaxtiga aylangan Bokuda katta qurilish ishlarini boshlab yubordi. Uning davrida Shirvonshohlar saroyi ansambli, karvon-saroylar va koʻpriklar qurilishi boshlandi[9].

Meʼmorchilik yodgorliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirvonshohlar saroyi majmuasi. XII—XV asrlar.
Gadji Gaib hommomi. XV asr.
Xon karvon-saroyi. XII asr.
Muhammad masjidi — Islom bilan bogʻliq, qurilish vaqtida 1078 yilda sanasi koʻrsatilgan Ozarbayjondagi eng qadimgi inshootdir.
Juma — masjid Minorasi XV asr.
  1. Qiz — qal’asi (ozarb. Qızqalası). Qiz qal’asi Boku qal’asining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Minora XII asrda islomdan avvalgi davrga [10] oid qadimgi inshoot oʻrnida qurilgan. Ayrim tadqiqodchilarning taxmin qilishicha, minora otashparastlarning ibodatxonasi boʻlgan, va shu sababli uni eramizdan avvalgi VIII—VII asrlarga taluqli[11]. Ularnig takidlashicha bu minora mudofa inshoot roʻlini oʻynagan va Shirvonshohlarning umumiy mudofa majmuasiga kirgan. 1907 yilgacha Qiz qal’asi mayoq[12] sifatida foydalanilgan. Minora 1960 yilda qayta tamirlangan va 1964 yildan boshlab muzey sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan. Bugungi kunda Qiz qal’asining uchta qavatida minora qudugʻidan XII asrga oid topilgan arxeologik materiallar ekspozitsiyasi namoyish etilmoqda. Minoraning toʻrtinchi qavatida oʻrta asr sovuq qurollari namoyish etiladi. Katta silindr shaklida qurilgan minora balandligi 28 metrni tashkil etadi. Minora devori qalinligi asosida 5 metr va 8 qavat balandligida 4 metrga yetadi. Minora 8 gumbazdan tashkil topgan, gumbazlar minorani 8 qavatga boʻladi.
  2. Shamaxan darvozalari (ozarb. Şamaxıqapıları). Shamaxan darvozalari shuningdek, „Juft qal’a devorlari“ nomi bilan ham mashhur (ozarb. Qoşaqalaqapısı) Icheri — sheherga asosiy kirishlardan biri hisoblanadi. XIX asr oxirigacha Shamahan darvozalari qal’aning yagona darvozalari hisoblangan (ularni „Shoh Abbos“ darvozalari deb ham atashgan). 1868 yilda Boku shahrining harbiy gubernatori Kavkaz harbiy okrugiga shaharni obodonlashtirish maqsadida qal’a devorlarini buzish taklifini kiritadi. Ikki yildan soʻng, qal’a devorlarining tepa yarusini olib tashlashga ruxsat beriladi. 1886 yilda bu masala Duma[13] kengashida ham koʻtariladi va qal’a devorlarining ikkinchi yarusi ham olib tashlanadi, „Zulfugor xon darvozalari“ deb nomlangan ikkinchi yarus darvozalari esa Shamahan darvozalari yoniga joylashtiriladi. Shunday qilib, „Juft qal’a darvozalari“[14] tushunchasi paydo boʻlgan.
  3. Shirvonshohlar saroyi (ozarb. Şirvanşahlarsarayı). Oʻrta asrlar Shirvonshohlar saroyi majmuasi Icheri-sheher tepaliklarining birida joylashgan. Saroyga XII asrda asos solingan, uning qurilishi XV asrda yakunlangan. Saroy ikkita turli pogʻonada turgan uchta ichki hovlilarda joylashgan. Saroyni oʻzi va Devonxona deb nomlangan Shirvonshoh Farruh Yasar maqbarasi yuqorigi hovlida joylashgan. Pastki hovlida saroy masjidi va Shirvonshohlarning maqbarasi — tyurbe joylashgan. Maqbara Shirvonshoh Xalil Ullax buyrugʻiga koʻra oʻgʻli va onasi uchun qurilgan edi. Undan pastroqda hommom hamda usti yopiq quduq — ovdan joylashgan maydon bor. Barcha uchta hovli qal’a devorlari bilan oʻralgan yagona majmuani tashkil qiladi. Majmuadagi XVI asrning yagona yodgorligi „Murod darvozalari“ hisoblanib, undagi yozuvga koʻra darvoza xijriy 994 yilda (1585-86 yillar) Sulton Murod III[11] ga atab qurilgan.
  4. Gadji Gaib hommomi (ozarb. HacıQayibhamamı). Hommom XV[15] asrning oxirida Gadji Gaibning buyurtmasiga binoan meʼmor Gadji Bani tomonidan qurilgan. Hommom savdo — karvon yoʻlida joylashgan. Hommom koʻp vaqt davomida yer ostida qolgan va arxeologik qazilmalar natijasida 1964 yilda[13] topilgan.
  5. Shirvonshohlar hommomi (ozarb. ŞirvanşahlarSarayınınŞahhamamı). XV asrning saroy hommomlari Shirvonshohlar Saroyi majmuasiga kiradi. Pastki saroydan sharqida joylashgan. Hommomlar juda chuqur boʻlib, Apsheron yarim orolidagi barcha hommomlariga hosdir. Yer yuzidan eng yirik inshootlar qoplangan gumbazlar chiqib turgan.
  6. Aga Mikail hommomi (ozarb. AğaMikayılhamamı). Hommom XVIII asrda [15] Shemaxi aholisi Gadji Aga Mikoil tomonidan asosiy koʻchalaridan biri — Kichik Galada, qal’aning janubi-gʻarbiy qismida qurilgan. Xalq orasida hommom joylashgan hudud hommomchilar kvartali deb atalgan. Hommomga kirish Kichik Gala koʻchasida boʻlgan. Yechinish va choʻmilish joyi toʻrtburchak shaklda boʻlgan. Hommomning meʼmoriy kompozitsiyasi proporsional yaruslarga boʻlingan oʻqsimon ark va gumbazlar bilan ifodalangan[13].
  7. Kasum — bek hommomi (ozarb. Qasımbəyhamamı). Hommom XVII asrda[15] Salyan darvozalari oldida qurilgan. Bu yerda shirinliklar bilan choy tarqatilishi sababli Halq orasida bu hammom „Shirin hommom“ deb nomlangan. Hommom vestibyul, yechinish xonasi, choʻmilish xonasi, hovuz va isitish xonasidan tashkil topgan. Qayta tamirlashdan soʻng, hommomda 1970 yilda „Yashil dorixona“ [13] faoliyat yurita boshladi.
  8. Xon karvon — saroyi (ozarb. Xankarvansarayı). „Xon“ karvon — saroyi XII asrda qurilgan. Rejasi boʻyicha toʻrtburchak karvon- saroy burchaklari kesilgan va ayvon bilan oʻralgan hovliga ega. Karvon saroyning shimoliy va janubiy kirishlari portal shakliga ega. Oʻrta asrlar davrida asosiy kirish dengiz tomonidan boʻlgan. Karvon — saroy fasadining janubi ikki qavatli boʻlib, mudofa inshooti koʻrinishiga ega. Oʻrta asrda savdo koʻchasi tomonidan karvon — saroy hovli bilan aloqasi boʻlmagan rastalardan tashkil topgan, bundan oldin bu yerda madrasa[13] boʻlgan.
  9. Multani Karvon — saroyi (ozarb. Multanikarvansarayı). XV asrning[15] Hindistondagi Multani karvon — saroyi Buxoro karvon — saroyi toʻgʻrisida joylashgan. Karvon — saroy Hindistonning Multan shahridan otashparastlar turar joyi boʻlgan. Toʻrtburchak shaklli va ichki hovlili karvon — saroy qadimgi inshootlar ustida qurilgan. Hovli perimetri boʻyicha alohida yashash uchun moʻljallangan xona — hujralar joylashgan ayvonlar joylashgan[13].
  10. Buxoro karvon — saroyi (ozarb. Buxarakarvansarayı). Buxoro karvon — saroyi XV asr[15] oxirida Shamaxi darvozalaridan oʻtuvchi savdo magistralida qurilgan. U boʻrtib chiqqan portal va sakkiz burchakli hovliga ega toʻrtburchak shaklidadir. Karvon — saroy ayvon va hujralar bilan oʻralgan. 1964 yilgi restavratsiya ishlari karvon saroy binosini bundan avval qurilgan inshoot va qurilmalardan ozod qildi[13].
  11. Kasum-bekning karvon — saroyi (ozarb. Qasımbəykarvansarayı). XVII asrda qurilgan karvon saroy Bokulik Kasum-bek va uning merosxoʻrlariga tegishli. Shakli boʻyicha toʻrtburchak karvon saroy bir oʻqda joylashgan ikkita ochiq kirishga ega. Dengiz savdo sotiq munosabati bilan karvon saroyga kirish Saxil koʻchasidan va qisman savdo magistralida joylashgan. Ichki maydoni — sakkizburchakli. Hovlisi ortida alohida honalar joylashgan ayvonlar bilan oʻralgan[13].
  12. Saroy masjidi (ozarb. Sarayməscidi). Shirvonshohlar saroyi majmuasiga kiruvchi, reja boʻyicha toʻrtburchak boʻlgan XV asr masjidi saroydan gʻarbda joylashgan. Masjid minorasining asosida xijriy 845 yil (1441/42 yillar) sanasi koʻrsatilgan yozuvi mavjud.
  13. Muhammad masjidi (ozarb. Məhəmmədməscidi). Muhammad masjidi, 1078 yilda ustod Muhammad ibn Abu Bekr tomonidan qurilgan minora masjidi nomi bilan — Sinik-kala (ozarb. Sınıqqala — „Singan minora“), Sinigkala nomi bilan ham ataladi. Ikkinchi nomini masjid 1723 yilgi voqealar — 15 kemadan tashkil topgan, admiral Matyushkin tomonidan boshqarilgan rus qoʻshinlarining harbiy eskadrasi shaharga dengiz tomonidan kelib, uni topshirishni talab qilganidan soʻng olgan. Xonning ultimatumni rad etganidan soʻng, rus kemalari shaharni bombardimon qila boshladi. Snaryadlardan biri masjid minorasiga tegib unga shikast yetkazdi. Oʻsha vaqtdan boshlab XIX asr oʻrtasigacha masjid minorasi tiklanmagan.
  14. Said Yah’yo masjidi (ozarb. SeyidYəhyaməscidi). XVII asr boshlarida qurilgan bu masjid eski savdo — karvon yoʻlida joylashgan. Reja boʻyicha toʻrtburchak, markazida gumbaz joylashgan. Masjid uning axundi Said Yah’yo Murtaza hisobiga qurilgan. Oʻlimidan soʻng uni masjid hovlisida dafn qilishgan. Bugungi kunda uning qabri masjid kirishida joylashgan[13].
  15. Baba Kuxi Bakui masjidi (ozarb. BabaKuxiBakuviməscidi). IX asr masjid qoldiqlari 1990—1993 yillarda arxeolog F.Ibragimovning Qiz qal’asining arxeologik qazilma ishlari davomida topilgan. Qisqa muddatli qazish ishlari davomida 1998 yilda ikkita xona topilgan. Masjid mehrobida kufi yozuvidagi arab yozuvi mavjud, u epigrafist M.Neymat tomonidan oʻqilgan, unda „Hukmronlik Ollohnikidir“ deb yozilgan. Arxeolog F.Ibragimov taxminicha bu masjid atoqli diniy arbobi va olimi, Bokulik Baba Kuxi Bakuvi[13] ga tegishlidir.
  16. Shayx Ibrohim masjidi (ozarb. Şeyxİbrahimməscidi). 1415 yilda[15] qurilgan bu masjid Salyan darvozalariga chiquvchi savdo magistralida, qal’aning janubiy qismida joylashgan. Fasaddagi epigrafik yozuvga koʻra masjid Gadji Amirshoh Yagubogli buyurtmasiga koʻra qurilgan. Boshqa yozuvga koʻra, bu masjid Aga Kafar Gadji Muradogli tomonidan qayta tiklangan. Yozuvga koʻra masjid hijriy 818 yil (1415 yil) Sultonning oʻgʻli Shayx Ibrohim hukmdorligi davrida qurilgan. Shuning uchun xalq orasida bu masjidni shayx Ibrohim masjidi deb nomlangan. Masjid toʻrtburchak shaklga ega va ark koʻrinishidagi toshli ustun bilan qoplangan. XIX asrda masjid fasadi uch toʻrtburchakka boʻlingan va ularning har birida oyna joylashtirilgan[13].
  17. Beklar — masjidi (ozarb. Bəylərməscidi). XIX asrning bu masjidi 1895 yil bundan ham qadimroq masjid oʻrnida Shirvonshohlar saroyi majmuasidan sharqida joylashgan. Masjid interyeri vestibyul, namoz zali hamda dekorativ bezakli mehrobdan tashkil topgan. Masjid meʼmorchiligida yevropa, sharq va mahalliy meʼmorchilikning konstruktiv prinsiplari birlashtirilgan[16].
  18. Gadji Bani masjidi (ozarb. HacıBaniməscidi). Masjid Shirvonshohlar Saroyi Masjididan shimolda joylashgan. Fasaddagi kichik epigrafik yozuvga koʻra, masjid XVI asrda meʼmor Gadji Bani tomonidan qurilgan. Rejada — minora markazda joylashgan. Kirish toʻgʻrisida stalaktitli yarus bilan bezalgan katta qurilgan mehrob joylashgan. Boshqa yozuvdan koʻrinishicha masjid hijriy 1320 yilda (1902 yil) tiklangani maʼlum boʻldi; qayta qurilish amalga oshirilgan va vestibyul va ayollar uchun mahsus joy qurilgan[13].
  19. Juma — masjid (ozarb. Cüməməscidi). Icheri — sheherdagi Juma masjidi yoki Jome masjidi XII asrdan faoliyat yuritgan. Masjid otashparastlar ibodatxonasi joyida qurilgan. Masjiddagi yozuvga koʻra „hijriy 709 yilning (1309 yil) rajab oyida Amir Sharofid-Din Mahmud bu masjidni yangilashni buyurgan“. XV asrda masjidning shimoliy devolida stalaktit bilan oʻralgan ayvonli minora qurilgan. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida eski masjid joyida homiy Gadji Shixali Dadashov xayriya pullari hisobiga yangi masjid qurilgan. Kichik diametrli masjid gumbazi masjid markazida joylashgan toʻrtta ustunda joylashgan[13].
  20. Lezgi — misjidi (ozarb. Ləzgiməscidi). Asaf Zeynalli koʻchasida joylashgan masjid 1169 yil[15] usta Nadjaf Ashur Ibrohim oʻgʻli tomonidan qurilgan. XIX asrda neft rivojlanishidan soʻng, Bokuda shu jumladan Dogʻistondan koʻp sonli ish kuchi kelganida u oʻz nomini olgan. Diniy udumlarni oʻtkazish bilan bir qatorda bu masjid ishchi — lezginlar uchun atalgan. Janubiy fasadda keyinchalik ikkita kichik oyna ochilgan. Masjidning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan oʻqsimon arka shaklidagi kichkina kirish, bir kamerali keng namoz oʻqish zaliga olib boriladi. 1970 yilda masjidni restavratsiya qilganda arxeologik qazish ishlari olib borilgan, buning natijasida, binoning janubiy qismi tagida, Sosoniylar[13] davriga mansub ikkita yarim aylana ark topilgan.
  21. Mekteb — masjid (ozarb. Məktəbməscidi). Bu masjid va bir vaqtning oʻzida maktab — madrasa 1646 yilda[15] qurilgan. Asaf Zeynalli koʻchasini tamirlash vaqtida madrasa hujralari yoʻlning boshqa tomonidan topilgan[13].
  22. Gilek — masjid (ozarb. Gileyliməscid). Ikki masjidli va qal’aning yuqori qismida joylashgan panjarali oynali Gilek — masjid ikki pogʻonada qurilgan: Shirvonshohlar[17] davrida 1309 yilda[15]. U oʻz nomini Gilyandan chiqqan (ipak sotuvchilari)[18] aholi yashaydigan kvartalda joylashgani uchun olgan.
  23. Chin — masjid (ozarb. Çinməscidi). Masjid Shirvonshohlar Saroyi majmuasining janubi — gʻarbida joylashgan. Fasad kirishidagi yozuvda masjid hijriy 777 yilda, yaʼni 1375 yilda Imom Osman ash-Shirvoni vasiyatiga binoan qurilgani taʼkidlangan. Xalq orasida masjid unga tashrif buyurganlarning barchasi niyatlariga erishgani tufayli „Chin“ deb nomlana boshladi[13].
  24. Gadji Eybat masjidi (ozarb. HacıHeybətməscidi). Gadji Eybat masjidi qal’a shimolidagi yashash kvartali qatorida joylashgan. U 1791 yilda[15] meʼmor Gadji Eybat Amirali oʻgʻli tomonidan qurilgan. Reja boʻyicha masjid toʻrtburchak boʻlib, kvadrat vestibyul, xizmat xonasi va tokchalar namoz oʻqish zalidan tashkil topgan. Namoz zali interyerida burchaklarning birida meʼmor va uning rafiqasining qabri joylashgan[16].
  25. Molla Ahmed — masjidi (ozarb. MollaƏhmədməscidi). Icheri — sheherdagi kvartal masjidlaridan biri. Meʼmor Maxmud ibn Sad tomonidan Nasir ad-Din Gushtasba buyurtmasiga koʻra XIV asrning[15] boshlarida qurilgan. U tomonidan shuningdek, Nardarandagi qal’a (1301 yil) hamda Bibi-Eybatdagi masjid (XIII asr oxiri) qurilgan. Masjid ahundi ruhoniy Molla Ahmed edi, shu sababli xalq orasida masjid shunday nomlangan edi. Rejaga koʻra masjid toʻrtburchak shaklga ega. Fasadning tepa qismida bino quruvchisi haqida toʻliq maʼlumot beruvchi chiziqsimon ikki misrali arab yozuvi mavjud.
  26. Mirza Ahmad masjidi (ozarb. MirzəƏhmədməscidi). Masjid yashash kvartali bilan bir qatorda joylashgan. U 1345 yilda Gadji Mirza Ahmad tomonidan qurilgan. Rejada toʻrt burchakli shaklda va kvadrat vestibul, xizmat binosi tokchali namoz zalidan va gumbaz va oʻqli arklardan tashkil topgan. Kirish eshigi markazida Qur’ondan yozuvlar va quruvchi ismi yozilgan[16].
  27. Xidir — masjidi (ozarb. Xıdırməscidi). Masjid 1301 yil[15] balandlik sathi oʻzgaradigan koʻchada qurilgan va bu masjidning meʼmoriy — rejali uslubiga taʼsir koʻrsatadi. 1988 yilda masjidning toshli ustuni quyi qavatida arxeologik qazilma ishlari, shuningdek, portalda restavratsiya ishlari olib borilgan. Masjid otashparastlar ibodatxonasida qurilgani ham aniqlandi.
  28. Bozor maydoni (ozarb. Bazarmeydanı). Oʻqli arkli kollonadani oʻzidan ifodalaydigan bozor maydoni Qiz qal’asidan shimolroqda 1964 yildagi arxeologik qazilmalar natijasida topilgan. Yodgorlik har tomondan ayvonchalar va arkli ustunlar bilan oʻralgan, Makkani eslatadi. Arxeologik izlanishlar natijasida bu yerda 52 qabr topilgan, ularning ayrilmlarida ikki marotabalab dafn etilgan. Bu yerda toshdan oʻyilgan qoʻy shakli, stela, shuningdek, oʻyilgan qabr toshlari joylashgan. Bugungi kunda bu yerda ochiq osmon ostidagi muzey joylashgan.
  29. Boku xonlarining saroy majmuasi (ozarb. Bakıxanlarınınevi). Boku xonlari Shamaxi darvozalaridan chap qismi hududidagi saroyda yashagan. Boku xonligi Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng, 1806 yilda saroyda Rossiya harbiy garnizoni joylashtirilgan. Yaqin vaqtgacha bu yerda harbiy komendatura joylashgan. Bir vaqtlar bu hududda gullagan bogʻ va hovuz boʻlgan. Bizning davrgacha saroy majmuasidan portal hamda restavratsiya qilingan kichik masjid saqlanib qolgan. Hommom esa yer ostida qolib ketgan. Kechki oʻrta asrlar davrida Boku shahridagi qal’a devorlari ortida xon bogʻi va saroyi boʻlgan. 1985—1986 yillarda xon saroyi hududining bir qismida arxeologik qazish ishlari oʻtkazilib, koʻp sonli madaniyat namunalari, suv quvuri va yer osti meʼmoriy qurilmalar topilgan. Turli davrlarda saroyda turli xonlar yashagan:
    1. 1747—1765 — Mirza Muhammad xon I;
    2. 1765—1784 — Malik Muhammad xon;
    3. 1784—1791 — Mirza Muhammad xon II;
    4. 1791—1792 — Muhammad Quli xon;
    5. 1792—1806 — Guseyn Quli xon.
  30. Said Yah’yo Bakuvi Maqbarasi (ozarb. SeyidYəhyaBakuvinintürbəsi). Maqbara taxminan 1457—1463 yillarda qurilgan. Shirvonshohlar saroyi majmuasining oʻrta hovli markazida joylashgan. Xalq orasida „darvish“ maqbarasi deb nom qozongan va u yerda koʻmilgan saroy astrologi Said Yah’yo Bakuvi nomi bilan atalgan.
  31. Donjon. Bu toʻrtburchakli minora qal’a va qal’a devorlarini saqlab qolish va mudofa tizimini yaxshilash maqsadida XIV asrda[15] qurilgan. Oʻrta asrlar manbalarida koʻrsatilishicha, Boku shahrida 70 yarim minora va qal’aning shimoliy qismida joylashgan bitta toʻrtburchakli minora boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu minoralar qurol — aslaha saqlaydigan joy sifatida ishlatilgan. Qal’aning asosiy Donjoni atrofida musulmonlarning metaldan yasalgan buyumlari orasida keng ishlatiladigan zoomorf senariysining meʼmoriy uslubi mavjud [19]
  32. Avliyo Bibi Maryam cherkovi XVIII— XIX asrlar cherkovi[15] 1992 yilda Bokuda ishlagan diplomatning aytishicha, 1992 yil Qorabogʻ mojarosi davrida cherkov vayron qilingan[20]. Faqatgina qoʻngʻiroqxonaning pastki qismi saqlanib qolgan.
  33. Avliyo Nikolay cherkovi — 1858 yil cherkov qurilgan. 1930 yilda qisman buzilgan. Ibodatxona binosining faqatgina pastki qismi saqlanib qolgan[16].
  34. Apostol Varfolomey kichik ibodatxonasi - 1892 yilda meʼmor Ivan Edel rejasi boʻyicha rus uslubida[21] qurilgan.

Icheri-sheherdagi koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Icheri-sheher koʻchalari

Bugun oʻrta asrlar kabi, Icheri — sheher uchta asosiy markaziy koʻchaga ega — Bolshaya Krepostnaya, Malaya Krepostnaya (xalq orasida — Saroy yoʻli koʻchasi) va Asef Zeynalli (xalq orasida — Minorali yoki Karvanyolu koʻchasi)[22].

„Bolshaya Krepostnaya“ koʻchasi bir boshida Shamahan (juft) darvozalari joylashgan „Gala“ maydonidan boshlanadigan. Oʻrta asrlarda bu maydonda turli bayramlar, tantanalar va savdo yarmarkalar oʻtkazilgan. Ipak yoʻlidagi karvon koʻchasi asosiy magistral savdo koʻchasi hisoblangan (hozirgi Gyulla, Asef Zeynalli va V.Mamedov koʻchalari) Icheri-sheherni ikki qismga boʻlingan: quyi qismi va tepa qismi. Ommaviy binolarining koʻpchiligi quyi qismida joylashgan. Quyi qismida joylashgan koʻchalarda doim gavjum boʻlgan — bu yerda savdo rivojlangan. Bu qismi qirgʻoqqa yaqin joylashgani sababli, bu yerda baliqchi, qayiqchi shuningdek, kemasozlar yashagan. Tepa qismida esa yuqori kvartallar joylashgan, Shirvonshohlar saroyi atrofida, saroylar kvartalida badavlat fuqarolar yashagan[22].

„Malaya Krepostnaya“ koʻchasi Shamahan darvozalaridan, qal’a devorlari boʻylab shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda Salyan (janubiy) darvozalargacha oʻtgan. 1806 yilda Bokuni ruslar bosib olganidan soʻng, Kichik Gala koʻchasi boʻylab qal’a devorlaridan shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda, rus askarlari uchun kazarmalar qurilgan. Soʻng bizning kungacha yetib kelgan bu kazarmalarda mahalliy aholi koʻchib oʻtgan. Bu koʻchada Toʻrtburchakli Donjon, Ovdan (suv ombori), hommomchilar kvartali, Aga Mikail hommomi, qal’a devorlari boʻylab yer osti yoʻli, Djin — masjid va boshqalar kabi yodgorliklar mavjud[22].

„Asef Zenalli“ koʻchasi Multani va Buxoro karvon — saroylari yonidan oʻtadi va Xon karvon — saroyidan oʻtgan. Bu koʻchada avval koʻp sonli savdo rastalari joylashgan. Bu koʻchadan Qiz qal’asi, bozor maydoni, arxeologik yodgorliklar, Multani, Buxoro, Kasum-bek va xon karvon — saroyi, maktab — masjidlar, Lezgi — masjid, Shayh Ibrohim masjidi va boshqa meʼmoriy yodgorliklariga borish mumkin.

Bundan tashqari, Icheri-sheherda koʻp sonli kichkina koʻchalar, muyilish va tor koʻchalar mavjud.

Koʻchalar
Nomi(mahalliy nomi) Katta Qal’a Kichiqal’a Asef Zeynalli koʻchasi Minorali koʻcha Harbiy koʻchasi Xagig Rzayeva koʻchasi Neftchilar shox koʻchasi
Rasmi
Nomi(mahalliy nomi) Veli Mamedov koʻchasi Vagif Mustafazade koʻchasi Aziz Aliyev koʻchasi Kazi Muhamedov koʻchasi Muslim Magomayev koʻchasi Mirza Mansur koʻchasi Qasr koʻchasi
Rasmi
Nomi(mahalliy nomi) Mamedyarov k’ochasi Mirza Shafi koʻchasi Saftar Kuliyev koʻchasi Telman Bagirov koʻchasi Sobir koʻchasi Firdousi koʻchasi Ilyas Efendiyev koʻchasi
Rasmi

Jamoat obyektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiz qal’asi 1964 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda minoraning uchta qavatida minora qudugʻida topilgan arxelogik materiallar ekspozitsiyasi namoyish etilgan. Asosan bu XII asrga taluqli idishlar, singan qismlari oq gips bilan tiklangan. Toʻrtinchi qavatda oʻrta asr sovuq quroli namoyish etilgan. Bu yerda yarim oy shaklidagi poʻlat sekira, qalqon, hanjar, nayza va qurol-yarogʻlarni koʻrish mumkin. Barcha predmetlar mulyaj boʻlib, ularning asli Ozarbayjonning Tarix muzeyida saqlanadi.

Boshqa muzey — Shirvonshohlar saroyi oʻrta asrlar majmuasi — Icheri — sheherning tepaliklaridan birida joylashgan. Saroyga XII asrda asos solingan, XV asrga kelib uning qurilishi yakunlangan. Saroy binolari uchta ichki hovlilar atrofida joylashgan va turli sathlarda joylashgan. Eng tepadagi sathida Saroy va Devonxonlarning maqbarasi egallagan. Pastrogʻida saroy masjidi va Shirvonshohlarning maqbarasi — „tyurbe“ joylashgan. Undan ham pastroqda hommom va usti yopiq quduq (ovdan) joylashgan. Saroy majmuasida „Bailov toshlari“ — tosh plitalari, unda oʻyib yozilgan relyef yozuvlari va rasmlari bilan — XIII asr Bailov qasri qoldiqlari, Shirvonshohlar davrida qal’a boʻlib xizmat qilgan.

Arxeologiya va Etnografiya muzeyida eramizdan avvalgi va oʻrta asrlar davriga mansub. Bu yerda Azix madaniyatidan boshlab, turli madaniyatlar bilan tanishish mumkin. Muzey ekspoziysiyalarida ozarbayjon xalqining anʼana va ududmlari aks etgan. Muzey „zanjirli uy“ nomi bilan mashhur sotuvchi Gadji Mamed Guseyn Mamedov uyi joyida joylashgan.

27 yil ichida 6000 dan ortiq miniatyura kitoblarini yegʻgan Miniatyura Kitoblari Muzeyi Zarifa Salaxova tomonidan asos solinib, 2002 yilning 23 aprel kuni ochilgan. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyalari dunyoning 62 mamlakatida chop etilgan 4340 miniatyura kitoblarini namoyish qilingan.

Jaz kompozitori va pianinochi Vagif Mustafozada (1940—1979) uy — muzeyi 1989 yil tashkil etilgan, unda 1200 ortiq sanʼat asarlari, maishiy buyumlar va kompozitorning shahxsiy buyumlari, rasm, afisha, gramplastinka va boshqa hujjatlari yegʻilgan.

Ozarbayjonda mashhur odamlarning portretini gilamda toʻqiydigan birinchi rassomlardan boʻlgan Xalq — rassomi Komil Aliyevning (1921—2005) uy-muzeyi, toʻrt qavatli toshli binoda joylashgan. Bu yerda rassom atigi 11 oy yashagan va 83 yoshida vafot etgan. Uy muzeyida 127 muallif gilamlari mavjud. Shuningdek, tugatilmagan ishlari ham bor.

Elchixonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Manzil
Gretsiya elchixonasi Malaya Krepostnaya koʻchasi, 86/88
Italiya elchixonasi Malaya Krepostnaya koʻchasi, 44
Polsha elchixonasi Malaya Krepostnaya koʻchasi, 2
Shveytsariya elchixonasi Malaya Krepostnaya koʻchasi, 9

Mehmonxona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Manzil
SultanInn Bolshaya Krepostnaya koʻchasi, 20
Meridian A. Zeynalli koʻchasi, 39
MuzeumInn Kazi Muhammad koʻchasi, 3
OldCityInn Aziz Aliyev koʻchasi, 9
Altstadt Mamedyarov koʻchasi, 3/2 a
Atropat M.Magomayev koʻchasi, 11
Noev kovcheg I.Efendiyev koʻchasi
BoutiquePalace Aziz Aliyev koʻchasi, 9
BoyukGala Mirza Mansur koʻchasi, 68
GizGalasi Mirza Mansur koʻchasi, 34
IcheriSheher Mamedyarov koʻchasi 1/34
KichikGalaBoutique Malaya Krepostnaya koʻchasi, 98
KingPalace Muslim Magomayev koʻchasi, 56/37
OldGates Malaya Krepostnaya koʻchasi, 8/1
TheHorizon Mirza Mansur koʻchasi, 62

Restoranlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Manzil
KohnaShahar Veli Mamedov koʻchasi 24
Karvansaray Bolshaya Krepostnaya koʻchasi, 11
MugamKlubu X. Rzayeva koʻchasi, 9
Chocolate Bolshaya Krepostnaya koʻchasi, 21
KillBill X. Rzayeva koʻchasi, 7
TerraceGarden Bolshaya Krepostnaya koʻchasi, 20

Icheri — sheher madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Respublikasining 10 manatlik banknotiga Icheri Sheherning sxematik tavsifi

Musiqada[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014 yilda bu yerda Sati Kazanova va Arseniumning „Do rassveta“ qoʻshigʻiga klip olingan[23]

Kinoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Icheri — sheherda mashhur ozarbayjon va sovet filmlarining bir qismi olingan. Ular orasida „Brilliant qoʻl“, „Odam — Amfibiya“, „Aybolit-66“, „Tegeran-43“, „Qoʻrqma, men sen bilan“ va boshqalar[24].

„Brilliant qoʻl“ filmidagi sharqiy shahardagi (Istambul) sahnalar Leonid Gayday[25] qaroriga koʻra Icheri — sheherda suratga olingan. Filmda eski shahar (Icheri — sheher), Shirvonshohlar saroyi, masjid minoralari, qal’a devorlari koʻrsatilgan.

Tasviriy sanʼatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Icheri — sheher koʻpgina mashhur rassomlarning rasmlarida tasvirlangan. „Eski“ shaharning koʻchalari va meʼmoriy yodgorliklarini Kempfer, Aleksey Bogolyubov, Grigoriy Gagarin, Vasiliy Vereshagin, Aleksandr Kuprin, Azim Azimzade, Tair Salaxov va boshqalarning ishida koʻrish mumkin.

Bokuni birinchi boʻlib Shvetsiyalik shifikor va sayohatchi Engelbert Kempfer 1630 yilda tasvirlagan. Uning timsolida Boku choʻzilgan shaklda tekis tomli koʻpgina uylar va qalin qal’a devorlari shaharni qamrab olgan va qisman dengizga chiqadi. Rossiya fanlar akademiyasining vakili Gmelin 1770 yilda Bokuga kelib, shaharni geometrik uchburchak shaklida koʻrsatgan. Bokuni ruslar egallab olganidan soʻng, XIX asrda shaharga boʻlgan qiziqish oshadi, shu jumladan rassomlar orasida. Icheri — sheher rejasi 10 manatli kupyuraning orqa tomonida koʻrsatilgan.

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bor 1937 yilda Venada nemis tilida nashr etilgan Qurbon Saidning „Ali va Nino“ romanida „eski shahar“ toʻliq tavsiflangan, u yerda romannning bosh qahramoni Ali xon Shirvanshir yashagan:

Men kitobni yopib xonadan chiqdim. Tor verandadan oʻtib tekis tomga chiqdim va oyogʻim ostidagi dunyoga qaradim: Icher sheherning kuchli qal’a devorlari, uning toshlarida saqlanib qolgan arab yozuvlari bilan, tor koʻchalar sekin asta harakatlanayotgan tuyalari bilan. Mana dumaloq, zabardast Qiz minorasi qad koʻtargan. Uning tagidan yoʻlovchilar oʻtyapti.[26]

…qal’a devorlarining boshqa tomonidagi koʻchalar sharqiy xanjar kabi tor va egri edi. U yerda qal’a devorlari ortida osmonoʻpar Nobelning neft sanoati inshootlari koʻrinib tursa, bu yerda — bulutlarga tegib turgan masjid minoralari koʻrinib turibdi. Bu yerda Eski shaharning sharqiy devorida Qiz qal’asi qad koʻtargan, uni Boku hukmdori Muhamma Yusif oʻzi uylanmoqchi boʻlgan qizi xotirasiga atab qurdirgan. Lekin toʻy boʻlmagan. Qiz otasi uni xonasiga tomon zinalardan chiqayotganida oʻzini minoradan otadi. Qiz yeqilib urilgan tosh „Bokira qiz toshi“ deb nomlangan va kilinchaklar toʻyidan avval bu yerga gul olib kelishadi.


Oʻtgan yuz yil ichida shahrimiz koʻchalarida koʻp qon toʻkilgan.

Uyimizning roʻparasida knyaz Tsitianishvili darvozalari joylashgan.[26]

Filateliyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Eski“ shahar yodgorliklari koʻpgina pochta markalarida aks ettirilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Boku — Katta sovet ensiklopediyasidan maqola
  2. "Icheri — sheher" (Ichki shahar) termini Bokuni kengayishi va uni XIX asrning ikkinchi yarimida — XX asrning boshlarida neft sohasining rivojlanishidan soʻng qal’a devorlari tashqarisiga chiqqanidan soʻng paydo boʻlgan
  3. Е. I. Таmm. Sayohatchi ensiklopediyasi. Katta Rossiya ensiklopediyasi, 1993 — 174 bet. 

    Qadimgi qismi B — Icheri — sheher saqlanib qolgan (qal’a yoki Ichki shahar)…

  4. 4,0 4,1 Leonid Semenovich Bretanitskiy. Ozarbayjon XII-XV asrlar Me’morligi va Yaqin Sharq me’morchiligida uning o’rni. Nauka, 1966. — 215 bet. 
  5. Sara Ashurbeyli. Shirvonshohlar mamlakati. Elm, 1983. — 111 bet. 

    Ushbu qazish ishlari Icherisheher hududida aholi zich joylashgani va Bokuda VIII — XI  asrda hunarmandchilik va savdoni rivojlanishidan dalolat beradi.

  6. 6,0 6,1 6,2 Leonid Semenovich Bretanitskiy. Ozarbayjon XII-XV asrlar Me’morligi va Yaqin Sharq me’morchiligida uning o’rni. Nauka, 1966. — 401 bet. 

    Faqat Boku nisbatan qulay sharoitda edi. XV asrda u yerga Shamaxisan Shirvonshohlarning qarorgohini koʻchirish asosiy negizi -Icheri — sheher yoki „Qal’a“ deb nomlangan „Eski“ shaharni „kristallanishiga“ sabab boʻldi.

  7. „Walled City of Baku with the Shirvanshah's Palace and Maiden Tower“. YUNESKO ning rasmiy sayti (2000). 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Аshurbeyli S.A.. Boku shahri tarixi. Boku, Аzerneshr, 1992. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 . S. Bretenitskiy, B. V. Veymarn. Ozarbayjonning IV—XVIII asrlar madaniyati. — Moskva., 1976. Bet. 64.

    Minora ikki bosqichda qurilgan. Birinchisi islomdan avval davrga taluqli, yozuv esa tahminan XII asrga, yaʼni kechroq vaqtga taluqli.

  10. Tarixiy – me’moriy Icheri-Sheher davlat qo’riqxonasi boshqaruvi. „Muzeylar“.
  11. 11,0 11,1 Kaspiy o’rtasida sayyohlik Makkasi, jurnal, 2009 — 32-33 bet. 
  12. Tarixiy – me’moriy Icheri-Sheher davlat qo’riqxonasi boshqaruvi. „Milliy ahamiyatdagi yodgorliklar“.
  13. 13,00 13,01 13,02 13,03 13,04 13,05 13,06 13,07 13,08 13,09 13,10 13,11 13,12 13,13 13,14 13,15 Tarixiy – me’moriy Icheri-Sheher davlat qo’riqxonasi boshqaruvi. „Sayyohlik marshruti“.
  14. Grove Encyclopedia of Islamic Art & Architecture: Three-Volume Set — p.198 Oxford University Press.

  15. 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 15,10 15,11 15,12 15,13 Leonid Semenovich Bretanitskiy. Ozarbayjon XII-XV asrlar Me’morligi va Yaqin Sharq me’morchiligida uning o’rni. Nauka, 1966. — 400 bet. 
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Tarixiy – me’moriy Icheri-Sheher davlat qo’riqxonasi boshqaruvi. „Mahalliy ahamiyatdagi yodgorliklar“.
  17. М. S. Neymatova. . Ozarbayjonning epigrafik yodgorliklari korpusi: XI – XX asr boshlari, Boku va Apsherondagi Arab – fors- turkiy yozuvlari. Elm. Tarix instituti (Ozarbayjon SSR fanlar akademiyasi). Arxeologiya va etnografiya sektori, 1991. — 212 bet. 

    Gilek — masjid shaharning yuqori qismida joylashgan.

  18. Sara Ashurbeyli. Boku o’rta asrlar tarixi ocherki, VIII —XIX asrlar boshi. Ozarbayjon SSSR Fanlar Akademiyasi nashriyoti, 1964. — 105 bet. 

    Gilek — masjid — gilyanlar kvartali, ipak sotuvchilari.

  19. Tomas Devaal / chornyy sad /Glava 7. Baku. Bogataya sobytiyami istoriya

  20. Zapletin G., Shirin – zade G.. Ozarbayjon tarixida ruslar. Boku. Ganun, 2008. 
  21. Seymur Mamedov. Icherisheher ko’chalari qanday sirlarni yashirgan?, 2011. 
  22. 22,0 22,1 22,2 Sati Kazanova va Arseniumning „Do rassveta“ klipi premyerasi…
  23. „Bezori bokulik“ va Yuriy Nikulin
  24. „Chert poberi“ spustya polveka v proyekte „Ekskursii po Gorodu vetrov“ Sputnik Azerbaydzhan
  25. Brilliant qoʻl (1969)
  26. 26,0 26,1 Mirza Guseynzoda tarjimasi 1990