Foydalanuvchi:Omonovas/qumloq
|
| |
| Turi | Xususiy |
|---|---|
| Tarmogʻi | Energiya |
| Qachon asos solingan | 1948 |
| Hududiy xizmati | Butun dunyo bo'ylab |
| Asoschi(lari) | Rauf Osman Karadeniz[1] |
| Vebsayti | karadenizholding.com |

Turkiyaning geologik tuzilishi millionlab yillar davomida Anatoliya hududida kechgan murakkab va xilma-xil tektonik jarayonlar natijasida shakllangan. Ushbu jarayonlar faqat oʻtmishda emas, balki hozirgi davrda ham faol davom etmoqda. Buni mamlakat hududida tez-tez kuzatiladigan zilzilalar hamda ayrim davrlarda sodir boʻladigan vulqon otilishlari yaqqol namoyon etadi.

Arabiston maydonining davomi boʻlgan Suriya bilan chegaradosh hududning nisbatan kichik qismini hisobga olmaganda, Turkiya geologik jihatdan Atlantika okeanidan tortib Himolay togʻlarigacha choʻzilgan ulkan Alp tog‘lari mintaqasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu geologik mintaqa paleogen davrida shakllanib, aynan shu davrda Arabiston, Afrika va Hindiston kontinental plitalarining Yevrosiyo plitasi bilan toʻqnashuvi boshlangan. Ushbu geologik jarayon hozirgi kunda ham faol davom etmoqda. Buning sababi Afrika plitasining Yevrosiyo plitasi bilan yaqinlashib, birlashish jarayonida boʻlishi hamda Anadolu plitasining siljish yoriqlari boʻylab gʻarb va janubi-gʻarb tomonga siljib borayotganidir. Aynan shu harakatlar Qora dengiz qirgʻoqlari yaqinida Yevrosiyo plitasining hozirgi chegarasini belgilab beruvchi Shimoliy Anadolu yer yorig‘i zonasi, shuningdek, janubi-sharqda Shimoliy Arabiston plitasi chegarasining bir qismini tashkil etuvchi Sharqiy Anadolu yer yorig‘i zonasining shakllanishiga sabab boʻlgan. Natijada Turkiya seysmik faolligi nihoyatda yuqori boʻlgan, dunyodagi eng faol hududlardan birida joylashgan. Biroq Turkiya hududida ochilgan koʻplab tog‘ jinslari ushbu tektonik jarayonlar boshlanishidan ancha oldin shakllangan. Mamlakatda tokembriy davriga oid, yaʼni yoshi 520 million yildan ortiq boʻlgan togʻ jinslari ham uchraydi (Bozkurt va boshq., 2000). Turkiyaning eng qadimgi geologik tarixi esa mintaqaning turli tektonik plitalar harakati jarayonida qanday shakllanganini aniq qayta tiklash murakkabligi sababli yetarlicha oʻrganilmagan. Shu bois Turkiyani yosh magma, vulqon va choʻkindi jinslar bilan birlashtirilgan qadimgi kontinental hamda okean litosferasining turli boʻlaklaridan tashkil topgan murakkab geologik kelib chiqishga ega boʻlgan boʻlaklarning yigʻindisi sifatida tasavvur etish mumkin.

Mezozoy davrida (taxminan 250–66 million yil avval) janubda joylashgan Gondvana va shimolda joylashgan Lavraziya superkontinentlari oʻrtasida okean litosferasi bilan qoplangan ulkan dengiz havzasi – Tetis okeani mavjud boʻlgan [2]. Vaqt oʻtishi bilan ushbu okean plitasi subduksiya zonalarida yaʼni bir biri ostiga asta-sekin yutilib borgan. Subduksiya transeyalarida ibtidoiy Tetis okeanida toʻplangan choʻkindi jinslar qatlamlari kuchli tektonik bosim taʼsirida bukilgan, burmalangan va uzilgan hamda okean litosferasining kristalli fundamentiga mansub yirik jins bloklari bilan aralashib ketgan. Natijada asosan serpentinit, bazalt, dolerit va chert kabi togʻ jinslaridan iborat boʻlgan nihoyatda murakkab geologik aralashma, yaʼni melanj shakllangan [3]. Hozirgi kunda Qora dengiz sohilidagi Pontiya tog‘lari hududida saqlanib qolgan Yevrosiyo chekkasi Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasiga geologik jihatdan oʻxshash boʻlgan deb taxmin qilinadi [4]. Vulqon yoylari va ularning orti havzalari mikroqitʼalar – yaʼni kontinental litosferaning nisbatan kichik plitalari – bilan toʻqnashganda ofiolitlar hosil boʻlib, keyinchalik Yevrosiyaga joylashgan. Ushbu mikrokontinentlar Gondvana qitʼasidan janub tomonga siljigan [5].

Turkiyaning yer yuzasi tuzilishi nihoyatda murakkab. Sharqda bir-biriga tutashgan ikki burmali togʻ tizmasi orasidagi markaziy massiv siqilib, koʻtarilgan bloklar va bukilgan botiqlardan iborat boʻlib, u yerda yaqinda paydo boʻlgan yotqiziqlar relefga gʻadir-budur yassi togʻlik koʻrinishini bergan. Pasttekisliklar esa asosan Frakiyadagi Egey dengizi yoki Marmar dengiziga quyiladigan daryolar boʻylab joylashgan boʻlib, Qora dengiz va O‘rta dengiz qirgʻoqlari boʻylab bir necha tor qirgʻoq polosalari bilan chegaralangan [manba kerak].
Zilzilalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiyaning yigirmanchi asrdagi eng kuchli zilzilasi 1939-yil 27-dekabrga oʻtar kechasi Erjinanda sodir boʻlib, shaharni deyarli butunlay vayron qilgan va taxminan 30 000 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan. Oʻrtacha intensivlikdagi zilzilalar esa koʻpincha bir necha kun yoki hatto haftalar davomida vaqti-vaqti bilan takroriy silkinishlar boʻlib turgan. Turkiyadagi seysmik hodisalar ayniqsa Shimoliy Anadolu yorigʻi zonasida, Sharqiy Anadolu yorigʻi zonasida hamda Egey plitasi bilan Anadolu plitasi orasidagi subduksiya mintaqasida yuz berish ehtimoli yuqori.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiyadagi zilzilalar roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Andoza:Featured article Andoza:Use British English
| Lise Meitner | |
|---|---|
| Tavalludi |
7-noyabr 1878-yil Vienna, Austria-Hungary |
| Vafoti |
27-oktyabr 1968-yil (89 yoshda) Cambridge, England |
| Fuqaroligi |
|
| Sohasi | Nuclear physics |
| Institutlar |
|
| Tezis sarlavhasi |
Wärmeleitung in inhomogenen Körpern (Heat conduction in inhomogeneous bodies) |
| Mashhur shogirdlari |
|
| Mashhur ishlari |
|
| Mukofotlari |
|
Lise Meitner
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elise „Lise“ Meitner (/ˈmaɪtnər/ MYTE-ner;[2] 7 noyabr 1878 – 27 oktyabr 1968) Avstriya va Shvetsiyalik yadro fizik. Yadro boʻlinishini kashf etishda muhim rol oʻynagan. 1906-yilda doktorlik tadqiqotini tugatgandan soʻng, Meitner Vena universitetida fizika fanlari doktori unvonini olgan. U ilmiy faoliyatining koʻp qismini Berlinda oʻtkazgan. Berlinda u fizika professori va Kayzer Vilgelm kimyo institutida boʻlim boshligʻi sifatida ishlagan. U Germaniyada fizika sohasida toʻliq professor boʻlgan birinchi ayol sifatida tarixda oʻz oʻrnini egalladi. 1935-yil da fashistlar Germaniyasining yahudiylarga qarshi Nyurnberg qonunlari tufayli u lavozimlaridan mahrum boʻldi, va 1938-yilda sodir boʻlgan Anshlyus uning Avstriya fuqaroligidan mahrum boʻlishiga olib keldi.
1938-yil 13–14-iyulda u jasorat bilan Dirk Koster yordamida Gollandiya ga qochib ketdi. Keyingi yillar davomida u Stokgolmning osoyishta muhitida yashadi, va oxir-oqibat 1949-yil da Shvetsiya fuqaroligini qabul qildi. Shu bilan birga, 1950-yillarda oila aʼzolari bilan birga boʻlish umidi bilan Britaniyaga koʻchib oʻtdi.
1938-yil oʻrtalarida Kayzer Vilgelm nomidagi kimyo institutining isteʼdodli kimyogarlari Otto Gan va Frits Shtrassman uranni neytronlar bilan bombardimon qilish orqali bariyning izotoplarini hosil qilish mumkinligini koʻrsatib berishdi. Ushbu kashfiyotning ahamiyati Lise Meytnerga Gan tomonidan yetkazildi va 1938-yil dekabr oyida u jiyani, fizik Otto Robert Frisch bilan birga Gan va Shtrassmanning tajriba maʼlumotlarini aniq va toʻgʻri talqin qilish orqali jarayonning fizik asoslarini ishlab chiqdi.
1939-yil 13-yanvarda Frisch Gan va Shtrassman kuzatgan jarayonni oʻzining tajribalarida takrorladi. Natijada, Meytner va Frischning „Nature“ jurnalining 1939-yil fevral sonidagi hisobotida ular ushbu jarayonga „boʻlinish“ nomini berdilar.
Bu kashfiyot yadroviy boʻlinishning ochilishi bilan yakunlandi va u Ikkinchi jahon urushi davrida yadroviy reaktorlar va atom bomba larining yaratilishiga zamin yaratdi.
Lise Meitner 1944-yilda yadroviy boʻlinish boʻyicha Kimyo Nobel mukofoti ni ololmadi; bu mukofot esa uning uzoq yillik hamkori Otto Hanga berilgan edi. Koʻplab olimlar va jurnalistlar bu holatni noloyiq va adolatsiz deb hisoblashgan. Nobel arxivlariga koʻra, Meitner 1924–1948 yillarda Kimyo boʻyicha 19 marta, va 1937–1967 yillarda Fizika boʻyicha 30 marta Nobel mukofoti ga nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Garchi u Nobel mukofotini qoʻlga kiritmagan boʻlsa-da, Meitner 1962-yilda Lindau Nobel laureatlari uchrashuviga taklif qilindi va olim sifatida katta eʼtirofga sazovor boʻldi. Shu bilan birga, uning sharafi koʻplab boshqa mukofotlar bilan ham mustahkamlandi; jumladan, 1997-yilda 109-elementga „Meitnerium“ yaʼni Meytneriy nomi berildi. Albert Eynshteyn Meitnerni „Nemis Mari Kyu-ri“ si deb maqtab, uning ilmiy merosini oliyjanob soʻzlar bilan eʼtirof etgan.[3]
Dastlabki hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elise (Lise) Meitner 1878-yil noyabr oyida Avstriya-Vengriya imperiyasining Vena shahrida, Leopoldshtadt tumanidagi Kaiser Josefstraße 27 manzilida joylashgan oilaviy uyda tugʻilgan. U yahudiy yuqori oʻrta tabaqaga mansub, ziyoli va maʼrifatparvar oilada voyaga yetgan. Otasi – mashhur shaxmat ustasi va huquqshunos Filipp Meitner, onasi esa Xedvig Meitner edi. Lise sakkiz farzandli oilaning uchinchi farzandi boʻlib, bolaligidan ilm-fanga qiziqishi bilan ajralib turgan.
Vena yahudiy jamoasining tugʻilish reyestrlarida uning tugʻilgan sanasi 1878-yil 17-noyabr deb qayd etilgan. Biroq, keyinchalik rasmiy hujjatlarning barchasida 7-noyabr sanasi koʻrsatilgan boʻlib, Meitner hayoti davomida aynan shu sanani oʻzining tugʻilgan kuni sifatida tan olgan[4] .
Uning otasi Avstriyada amaliyot yuritish huquqiga ega boʻlgan dastlabki yahudiy advokatlardan biri boʻlib, farzandlarini erkin fikrlash, bilimga intilish va mustaqil qaror qabul qilish ruhida tarbiyalagan[3]. Lisening ikki katta opa-singlisi – Gisela va Auguste (Gusti), shuningdek, toʻrt nafar ukasi – Moriz (Fritz), Karola (Lola), Frida va Valter boʻlgan. Ularning barchasi keyinchalik oliy taʼlim olib, ilmli insonlar sifatida kamol topganlar [5].
Voyaga yetgach, Lise Meitner lyuteranlik eʼtiqodini qabul qilib, xristian diniga oʻtdi va 1908-yilda choʻqintirildi. Oʻsha yili uning opa-singillari Gisela va Lola ham katolik dinini qabul qilganlar[6]. Shu davrdan boshlab u oʻz ismini qisqartirib, „Lise“ shaklida ishlata boshlagan[7].
Lise Meitner hech qachon turmush qurmagan. U butun eʼtiborini ilmiy faoliyati va kasbiy kamolotiga bagʻishlab, mustahkam ilmiy martaba va yuksak eʼtirofga erishdi; uning hayotida uzoq muddatli ishqiy munosabatlar asosiy oʻrin egallamagan edi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meytnerning ilm-fanga boʻlgan qiziqishi juda erta – sakkiz yoshidayoq namoyon boʻla boshlagan. U oʻzining ilk ilmiy kuzatuvlari va fikrlarini yozib boradigan daftarini yostigʻi ostida saqlagan, bu esa uning bilimga boʻlgan cheksiz ishtiyoqidan dalolat beradi. U ayniqsa matematika va tabiiy fanlarga qiziqib, moyli qatlamlar, yupqa plyonkalar hamda yorugʻlikning aks etishi natijasida hosil boʻladigan ranglarni kuzatish va oʻrganish bilan shugʻullangan.
Oʻsha davrda ayollar uchun ochiq boʻlgan deyarli yagona kasbiy yoʻl – oʻqituvchilik edi. Shu sababli u qizlar oʻrta maktabida taʼlim olib, fransuz tili oʻqituvchisi boʻlish yoʻlini tanladi. Fransuz tilidan tashqari, uning taʼlim dasturi buxgalteriya hisobi, arifmetika, tarix, geografiya, tabiiy fanlar va gimnastika fanlarini ham oʻz ichiga olgan.
Meytner 1892-yilda oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tamomladi, bu esa uning keyingi ilmiy faoliyati uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qildi.
1897-yilgacha ayollarga Vena shahridagi davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqish qatʼiyan taqiqlangan edi. Biroq bu cheklov bekor qilingach, universitetga kirish uchun ilgari majburiy boʻlgan gimnaziya taʼlimi talabi olib tashlandi. Endilikda ayollar faqat oʻrta maktabni tugatganlikni tasdiqlovchi „matura“ imtihonini topshirish orqali oliy taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Bu oʻzgarishlar Meytner oilasiga ham yangi yoʻllarni ochdi. Uning singlisi Gisela balogʻatga yetib, 1900-yilda tibbiyot institutiga oʻqishga kirdi. Lise Meitner esa 1899-yilda yana ikki nafar yosh ayol bilan birgalikda xususiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini boshladi va oʻrta taʼlimdagi yetishmayotgan yillarni ikki yil ichida oʻzlashtirishga muvaffaq boʻldi. Fizika fanidan ularga Artur Szarvasi dars bergan.
1901-yil iyul oyida ular Akademisches gimnaziyasida tashqi yetuklik imtihonini topshirdilar. Ushbu imtihonda 14 nafar ayoldan atigi toʻrt nafari muvaffaqiyat qozondi, ular orasida Lise Meitner hamda mashhur fizik Lyudvig Bolsmann ing qizi Anriyetta Bolsman ham bor edi.
Tadqiqot, ish va akademiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vena universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Meitner 1901-yil oktyabr oyida Vena universitetiga oʻqishga qabul qilindi. Uning ilmiy dunyoqarashi shakllanishida ayniqsa buyuk fizik Lyudvig Boltsman muhim oʻrin tutdi. Meitner keyinchalik uning maʼruzalari haqida doimo katta hayrat va zavq bilan soʻzlab yurgan.
Uning doktorlik dissertatsiyasi ga Frans Exner rahbarlik qilgan boʻlib, ilmiy ish jarayonida Exnerning yordamchisi Hans Benndorf[8] ham faol ishtirok etgan. Dissertatsiya 1905-yil 20-noyabrda taqdim etilib, 28-noyabr kuni rasman tasdiqlandi. Shundan soʻng, Meitner 19-dekabrda Exner va Boltsman huzurida ogʻzaki imtihon topshirdi[9] va 1906-yil 1-fevralda fizika fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor boʻldi[10].
Shu tariqa, u Vena universitetida fizika boʻyicha doktorlik darajasini olgan ikkinchi ayol sifatida tarixga kirdi. Undan avval bu muvaffaqiyatga 1903-yilda Olga Shtayndler erishgan edi[11]. Keyinchalik, 1906-yilda Selma Freyd ham ayni laboratoriyada Meitner bilan birga ishlagan holda doktorlik darajasini oldi.
Meitnerning dissertatsiyasi 1906-yil 22-fevralda Inhomogenen Körpern („Bir jinsli boʻlmagan jismlarda issiqlik oʻtkazuvchanligi“) nomi ostida, „Wärmeleitung“ sarlavhasi bilan nashr etildi va ilmiy jamoatchilik eʼtiboriga havola qilindi[9][12].
Pol Erenfest Lise Meitnerdan lord Reley ning optika boʻyicha maqolasini tekshirishni soʻradi. Mazkur maqolada Reley tushuntira olmagan natijalar batafsil bayon qilingan edi. Meitner bu natijalarni mukammal tushuntirib, oʻz tushuntirishlari asosida bashoratlar qilgan va keyinchalik ularni tajribada sinab koʻrgan, bu esa uning mustaqil va nazoratsiz ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatini yaqqol koʻrsatdi[13]. Ushbu ish natijalari u tomonidan „Frenelning aks ettirish formulasidan kelib chiqadigan baʼzi xulosalar“ nomli hisobotda eʼlon qilindi[14].
1906-yilda ushbu tadqiqot bilan shugʻullangan paytda, Meitner Stefan Meyer tomonidan oʻsha davrda juda yangi boʻlgan radioaktivlik bilan tanishtirildi. U alfa-zarralardan ish boshladi. Kollimatorlar va metall folga yordamida oʻtkazgan tajribalarida u metall atomlarining massasi ortishi bilan alfa-zarralar dastasida sochilish kuchayishini aniqladi.
Meitnerning bu xulosalari 1907-yil 29-iyunda „Physikalische Zeitschrift“ jurnaliga taqdim etildi. Shu tajribalar keyinchalik Ernest Rezerfordni yadro atomini bashorat qilishga olib kelgan ilmiy asoslardan biri boʻldi[13][15].
Fridrix Vilgelm universiteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Otasining moddiy koʻmagi va ruhiy daldasi bilan Lise Meitner Berlin shahriga yoʻl oldi va u yerda mashhur fizik Maks Plank ma’ruza oʻqiydigan Fridrix Vilgelm universiteti ga oʻqishga qabul qilindi. Plank Meitnerning isteʼdodini erta payqab, uni oʻz uyiga taklif etdi hamda maʼruzalarini tinglashiga ruxsat berdi. Bu holat Plank uchun gʻayrioddiy qaror edi, chunki u odatda ayollarning universitetlarda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlamasdi; biroq Meitnerning salohiyatini koʻrib, uni istisno sifatida qabul qildi.[16]
Berlin davrida Meitner Plankning 1889-yilda tugʻilgan egizak qizlari – Emma va Greta bilan yaqin doʻstlashdi. Ular nafaqat ilmiy muhit, balki musiqaga boʻlgan umumiy mehr orqali ham bogʻlanib, bu doʻstlik Meitner hayotida iliq va ilhomlantiruvchi sahifalardan biriga aylandi.[17][18]
Plankning maʼruzalarida qatnashish Meitnerning vaqtini koʻp olmas edi. Shu sababli u eksperimental fizika instituti rahbari Genrix Rubensga murojaat qilib, ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati haqida soʻradi. Rubens Meitnerning oʻz laboratoriyasida ishlashidan mamnun boʻlishini bildirdi. Shuningdek, u kimyo institutida Otto Hahn fizik hamkor izlayotganini ham qoʻshimcha qildi.
Oradan koʻp oʻtmay, Meitner Otto Xan bilan tanishtirildi. Xan avvalroq William Ramsay va Ernest Rezerford rahbarligida radioaktiv moddalarni oʻrganish bilan shugʻullangan, hamda oʻsha davrda yangi radioaktiv elementlar deb hisoblangan bir qator kashfiyotlar ustida ishlagan edi.[19][20][a]
Xan Meitner bilan bir yoshda boʻlib, ularning munosabatlari boshidanoq samimiy va norasmiy tus olganini alohida taʼkidlagan. Xan Monrealda ishlagan davrida fiziklar bilan hamkorlik qilishga odatlangan edi; u hatto kamida bir nafar ayol olima – Garriet Bruks bilan birga ishlagan tajribaga ham ega boʻlgan.[22]

Kimyo instituti rahbari Emil Fisher Otto Xanning ixtiyoriga laboratoriya sifatida foydalanish uchun yertoʻlada joylashgan yogʻochni qayta ishlash uchun moʻljallangan eski ustaxonasini ajratdi. Xan bu joyni alfa va beta zarrachalar hamda gamma nurlarini oʻlchash uchun moʻljallangan elektroskoplar bilan jihozladi. Garchi yogʻoch sexida toʻliq ilmiy tadqiqotlar olib borish qiyin boʻlsa-da, noorganik kimyo boʻlimi rahbari Alfred Stok Xanga oʻzining ikkita shaxsiy laboratoriyasidan birini foydalanish uchun taqdim etdi.[24]
Lise Meitner singari, Otto Xan ham rasmiy maoshsiz ishlagan va asosan otasidan oladigan nafaqa hisobiga yashagan, garchi bu yordam Meitnernikidan biroz kattaroq boʻlsa-da. 1907-yil boshida Xan habilitatsiya ishini muvaffaqiyatli yakunlab, privat-dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʻldi.[25]
Biroq Kimyo institutidagi organik kimyo bilan shugʻullanuvchi olimlarning koʻpchiligi Xanning faoliyatini – yaʼni koʻz bilan koʻrib, tarozida tortib yoki hidlab boʻlmaydigan darajada mayda izotop izlarini radioaktivlik orqali aniqlashni – „haqiqiy kimyo“ deb hisoblamas edi. Hatto boʻlim rahbarlaridan biri kinoya bilan: „Hozirgi kunda privat-dotsent boʻlish uchun nimalar qilishmaydi!“ – deb izoh bergan.[20]
Shunga qaramay, olib borilgan izlanishlar behuda ketmadi. Lise Meitner radioaktiv element – protaktiniyning kashf etilishiga muhim ilmiy hissa qoʻshdi, bu esa uning ilm-fan tarixidagi oʻrnini yanada mustahkamladi.[26]
Dastlab bu kelishuv Lise Meitner uchun ancha mashaqqatli boʻldi. Berlinni ham oʻz ichiga olgan Prussiya qirolligi tasarrufidagi Germaniya universitetlarida oʻsha davrda ayollar hali qabul qilinmas edi. Meitnerga faqat tashqi eshigi alohida boʻlgan yogʻoch sexida ishlashga ruxsat berilgan edi, biroq u institutning boshqa qismlariga, jumladan yuqori qavatda joylashgan Otto Hahnning laboratoriya hududiga kira olmasdi. Hatto kundalik ehtiyojlar uchun ham u koʻchadagi restoran hojatxonasidan foydalanishga majbur boʻlgan.
Keyingi yili vaziyat oʻzgardi: ayollar Prussiya universitetlariga qabul qilina boshlandi. Shundan soʻng Fisher barcha cheklovlarni olib tashladi va institut binosida ayollar uchun maxsus hojatxonalar oʻrnatildi. Biroq bu yangilik barcha kimyogarlar tomonidan birdek xursandchilik bilan qabul qilinmadi[22].
Bunga javoban, Fizika instituti Meitnerni ancha iliq kutib oldi. Aynan shu yerda u Otto fon Bayer, Jeyms Frank, Gustav Gers, Robert Pol, Maks Plank, Piter Pringsxaym va Vilgelm Vestfal kabi yetuk fiziklar bilan doʻstlashib, mustahkam ilmiy aloqalar oʻrnatdi[27] .
Meitner Otto Xan bilan hamkorlik qilgan dastlabki yillarda jami toʻqqizta ilmiy maqola chop etdi: 1908-yilda uchtasi, 1909-yilda esa oltitasi. Xan bilan birgalikda u „radioaktiv qaytish“ (radioactive recoil) deb ataluvchi fizik ajratish usulini kashf etib, rivojlantirdi. Bu jarayonda atom yadrosi parchalanish vaqtida kuchli zarba bilan orqaga qaytadi va shu sababli ajralib chiqadi.
Xanni asosan yangi elementlarni (bugungi kunda ular izotoplar deb ataladi) kashf etish qiziqtirgan boʻlsa, Meitner ularning nurlanish tabiatini chuqurroq tushunishga intildi. U 1904-yilda Garriet Bruks tomonidan aniqlangan radioaktiv qaytish hodisasi radioaktiv moddalarni aniqlashning yangi va samarali usuli boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Koʻp oʻtmay, ular yana ikki yangi izotop – vismut-211 va talliy-207 ni kashf etdilar[28][29][30]. Meitnerni ayniqsa beta-zarralar qiziqtirardi. Bu davrga kelib, beta-zarralar elektronlar ekanligi allaqachon maʼlum boʻlgan edi. Alfa-zarralar maʼlum, xarakterli energiya bilan chiqarilishi aniqlangan boʻlib, Meitner bu xususiyat beta-zarralar uchun ham xos boʻlishi mumkin deb taxmin qildi.
Shu maqsadda Xan va Meitner beta-zarralarning alyuminiy tomonidan yutilishini sinchkovlik bilan oʻlchashdi, biroq tajribalar natijalari bu taxminni toʻliq tasdiqlamadi.[31]
Kayzer Vilgelm kimyo instituti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1912-yilda Otto Xan va Lize Meitner Berlinda yangi tashkil etilgan Kayzer Vilgelm Kimyo instituti ga (KWI) koʻchib oʻtdilar. Xan Emil Fisher tomonidan tashkil etilgan va Germaniyada birinchi boʻlgan radiokimyo laboratoriyasi tarkibidagi boʻlimda kichik yordamchi lavozimini qabul qildi. Bu lavozim „professor“ unvoni va yiliga 5000 marka (2021-yil hisobida taxminan 29 000 yevro) miqdoridagi maoshni oʻz ichiga olardi.
Universitetlardan farqli oʻlaroq, xususiy mablagʻlar bilan moliyalashtirilgan KWI ayollarni cheklovchi siyosatga ega emas edi, biroq shunga qaramay, Meitner Xan boʻlimida faqat „mehmon“ sifatida va maoshsiz faoliyat yuritdi.[32][33] Otasining 1910-yilda vafot etishi ortidan u moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.
Meitnerning Venaga qaytib ketishidan xavotirlangan Maks Plank uni Fridrix Vilgelm universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutiga oʻz yordamchisi sifatida tayinladi. Bu lavozim doirasida Meitner talabalar ishlarini tekshirish va baholash bilan shugʻullandi. Mazkur ish uning hayotidagi birinchi maoshli lavozim boʻldi.
Shu bilan birga, assistentlik akademik zinapoyaning eng quyi pogʻonasi hisoblangan boʻlsa-da, Lize Meitner Prussiya tarixida birinchi ayol ilmiy assistent sifatida tarixga kirdi.[32][23]
1912-yil 23-oktyabrda Kayzer Vilgelm Kimyo institutining (KWI) rasmiy ochilish marosimida Lize Meitner Kayzer Vilgelm II ga tantanali ravishda tanishtirildi.[34] Bu voqea uning ilmiy faoliyatidagi muhim eʼtiroflardan biri boʻldi. Keyingi yili Meitner Otto Xan singari institut aʼzosi (assotsiatsiya aʼzosi) maqomini oldi, garchi uning maoshi hali ham Xannikidan past boʻlsa-da.[33] Shu davrda radioaktivlik boʻlimi rasman Xan–Meitner laboratoriyasi deb atala boshlandi.
Bu muvaffaqiyatni nishonlash maqsadida Meitner Berlinning mashhur „Adlon“ mehmonxonasida ziyofat uyushtirdi. Oradan koʻp oʻtmay, Xan va Meitnerning daromadlari tibbiyotda qoʻllanilgan mezotoriy (radiy-228, „oʻrta toriy“ yoki „nemis radiyi“ nomlari bilan ham tanilgan) ishlab chiqarishdan olingan daromadlari hisobiga sezilarli darajada oshdi. Xususan, 1914-yilda Otto Xan 66 000 marka (2021-yil hisobida taxminan 369 000 yevro) daromad oldi.[35]
1914-yilda Meitnerga Pragada akademik lavozim taklif qilindi; oʻsha paytda bu shahar uning vatani boʻlgan Avstriya–Vengriya imperiyasi tarkibiga kirardi. Biroq Maks Plank Emil Fisherga Meitnerning Berlindan ketishini mutlaqo istamasligini ochiq bildirdi. Natijada Fisher Meitnerning maoshini ikki baravar oshirib, uni yiliga 3000 marka (2021-yil hisobida taxminan 17 000 yevro) miqdoriga yetkazdi.[36]
Yangi laboratoriyaga koʻchib oʻtish nihoyatda omadli qaror boʻldi. Avvalgi yogʻoch sexi vaqt oʻtishi bilan toʻkilgan radioaktiv suyuqliklar bilan jiddiy darajada ifloslangan edi. Bu moddalar havoga koʻtarilib, parchalanar, keyinchalik esa radioaktiv chang sifatida choʻkib, aniq va sezgir oʻlchovlarni deyarli imkonsiz holga keltirardi.
Shu sababli Otto Xan va Lize Meitner yangi laboratoriyada qatʼiy xavfsizlik va tozalik qoidalarini joriy etdilar. Kimyoviy va fizik oʻlchovlar alohida xonalarda amalga oshirildi. Radioaktiv moddalar bilan ishlovchi xodimlar qoʻl berib koʻrishmaslik kabi ehtiyot choralarini oʻz ichiga olgan maxsus protokollarga amal qilishlari shart edi. Ifloslanishning oldini olish maqsadida har bir telefon apparati va eshik tutqichi yoniga hojatxona qogʻozi oʻramlari osib qoʻyildi, bu yuzalarni tez-tez tozalash imkonini berardi.
Kuchli radioaktiv moddalar esa dastlab eski yogʻoch sexida, keyinchalik esa institut hududida maxsus qurilgan radiy uyida saqlandi. Ushbu choralar yangi laboratoriyaning tozaligi va ilmiy tadqiqotlarning aniqligini taʼminlashda muhim rol oʻynadi.[36]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Lise Meitner Physics Tree“. academictree.org. Qaraldi: 2025-yil 9-iyun.
- ↑ „MEITNER Definition & Meaning“. dictionary.com. Qaraldi: 2025-yil 24-may.
- ↑ 3,0 3,1 Bartusiak, Marcia. „The Woman Behind the Bomb“ (1996-yil 17-mart). 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
- ↑ Sime 1996, s. 1.
- ↑ Sime 1996, ss. 5–6.
- ↑ Sime 1996, s. 6.
- ↑ Offereins 2011, ss. 69–74.
- ↑ Sime 1996, s. 17.
- ↑ 9,0 9,1 Sime 1996, s. 398.
- ↑ Sime 1996, s. 16.
- ↑ Sime 2005, s. 7.
- ↑ Meitner, Lise „Wärmeleitung in inhomogenen Körpern“ [Thermal Conduction in Inhomogeneous Bodies]. Bayerische Staatsbibliothek (1906). Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
- ↑ 13,0 13,1 Sime 1996, ss. 18–21.
- ↑ Meitner, Lise (June 1906). "Über einige Folgerungen, die sich aus den Fresnel'schen Reflexionsformeln ergeben". Sitzungsberichte / Akademie der Wissenschaften in Wien, Mathematisch-Naturwissenschaftliche Klasse. Abteilung IIA, Mathematik, Astronomie, Physik, Meteorologie und Technik 115: 259–286.
- ↑ Meitner, L. (1 August 1907). "Über die Zerstreuung der α-Strahlen" (de). Physikalische Zeitschrift 8 (15): 489–496. ISSN 2366-9373. https://archive.org/details/physikalischeze00unkngoog/page/n73/mode/2up.
- ↑ Sime 1996, ss. 24–26.
- ↑ Sime 1996, s. 38.
- ↑ „Max Planck – a biographical overview“. Max-Planck Gesellschaft. 2024-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- ↑ Sime 1996, ss. 26–27.
- ↑ 20,0 20,1 Hahn 1966, s. 50.
- ↑ Hughes 2008, ss. 134–135.
- ↑ 22,0 22,1 Sime 1996, ss. 28–29.
- ↑ 23,0 23,1 Hahn 1966, s. 66.
- ↑ Hahn 1966, s. 52.
- ↑ Stolz 1989, s. 20.
- ↑ „Women in Radiation History: Lise Meitner“ (2021-yil 7-yanvar).
- ↑ Hahn 1966, s. 65.
- ↑ Hahn 1966, ss. 58–64.
- ↑ Dava Sobel, Dava „Harriet Brooks“. Linda Hall Library (2020-yil 2-iyul). 2024-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-iyul.
- ↑ Brooks, H. A. (21 July 1904). "A Volatile Product from Radium". Nature 70 (1812): 270. doi:10.1038/070270b0. ISSN 0028-0836.
- ↑ Watkins 1983, ss. 551–553.
- ↑ 32,0 32,1 Sime 1996, ss. 44–45.
- ↑ 33,0 33,1 Sime 2005, s. 11.
- ↑ Hahn 1966, ss. 70–71.
- ↑ Sime 1996, s. 47.
- ↑ 36,0 36,1 Sime 1996, s. 48.
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found