Foydalanuvchi:Nataeva/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kingston
Kingston shahri (inglizcha: City of Kingston)
Shahar hokimiyati binosi
Shahar hokimiyati binosi
Nickname: 
Limestone City
Motto(s): 
Antiquitate Civilitate Humanitate (lot.)
(„Faxrli tarixga ega xushmuomala va topqir hamjamiyat“)
Nataeva/qumloq is located in Southern Ontario
Nataeva/qumloq
Janubiy Ontarioda joylashuvi
Nataeva/qumloq is located in Canada
Nataeva/qumloq
Kanadada joylashuvi
Koordinatalari: 44°14′05″N 76°30′39″W / 44.23472°N 76.51083°W / 44.23472; -76.51083 G OKoordinatalari: 44°14′05″N 76°30′39″W / 44.23472°N 76.51083°W / 44.23472; -76.51083 G O
Mamlakat Kanada
Provinsiya Ontario
Asos solingan 1673 (Fort Cataraqui oʻlaroq; keyinchalik Fort Frontenac deb oʻzgartirilgan)
Inkorportatsiya qilingan 1838 (shaharcha); 1846 (shahar)
Birlashtirilgan 1998 (Kingston va Pittsburgh shaharlari)
Hukumat
 • Mayor Bryan Paterson[1]
 • Boshqaruv organi Kingston shahar kengashil
 • MP (Federal) Mark Gerretsen (LPC)
Scott Reid (CPC)
 • MPP (Provinsial) Ted Hsu (OLP)
John Jordan (PCPO)
Hudud
 • Quruqlik 451,19 km2 (200 sq mi)
 • Metro
1 906,82 km2 (700 sq mi)
Balandligi
93 m (305 ft)
Aholisi
 (2021)
 • Shahar 132 485
 • Zichligi 274,4/km2 (700/sq mi)
 • Metro
172 546
 • Metro zichligi 83,1/km2 (200/sq mi)
  source:[2]
Vaqt mintaqasi UTC−05:00 (EST)
 • Yoz (DST) UTC−04:00 (EDT)
Pochta indeksi diapazoni
K7K – K7P
Hudud kod(lar)i 613, 343 va 753
YAIM CA$ 9,4 milliard (2018)[3]
Kishi boshiga YAIM CA$ 54 022 (2016)
Veb-sayt www.cityofkingston.ca

Kingston – Kanadaning Ontario provinsiyasidagi shahar. Ontario koʻlining shimoli-sharqiy tomonida, Toronto va Monreal shaharlari oʻrtasida joylashgan. Shahar yaqinidan Mingorol orollari hamda Prince Edward kauntisi kabi sayyohlik hududlari oʻrin olgan. Kingstonning laqabi „Ohaktosh shahri“ (inglizcha: Limestone City), chunki shahardagi koʻplab binolarda mahalliy ohaktosh ishlatilgan.

1841–1844-yillarda Kingston Kanada provinsiyasining birinchi poytaxti boʻlgan[4]. 1844-yil 10-mayda poytaxt Monrealga koʻchirilgan. Kingston qisqa vaqt davomida poytaxt boʻlgan boʻlsa-da, shahar harbiy jihatdam muhim ahamiyat kasb etib keladi. Kingston Ontario provinsiyasining taʼlim va sogʻliqni saqlash markazi hisoblanadi. Unda ikkita yirik universitet, kasb-hunar kolleji hamda uchta yirik shifoxona joylashgan.

Kingston 1998-yilgacha Frontenac kauntisining markazi boʻlgan. Hozirgi kunda esa Kingston Frontenac kauntisidan alohida munitsipalitetdir. Kingston Ontario janubi-sharqidagi eng yirik munitsipalitet hamda Ontario provinsiyasining oʻninchi eng yirik metropoliten hududidir. Shahar, shuningdek, Kanadaning birinchi bosh vaziri John A. Macdonaldning vatani hisoblanadi.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kingston shahrining dastlabki nomi Cataraqui boʻlib, bu unga mahalliy xalqlar bergan nomdir. Bu soʻz „buyuk yigʻilish joyi“, „yashirinadigan joy“, „oʻtib boʻlmas“, „loyqa daryo“, „chekinish joyi“, „suvdan koʻtarilgan loy qirgʻoq“, „daryolar va koʻllar uchrashadigan joy“, „suvdadagi toshlar“ yoki „ohaktosh (yoki loy) joylashgan joy“ maʼnolarini anglatishi mumkin[5][6][7][8][9][10][11].

1787-yilga kelib Cataraqui qirol George III sharafiga „King's Town“ yoki „the King's Town“ (oʻzbekcha: „Qirol shahri“) deb atala boshlangan. Bu nom 1788-yilda „Kingston“ deb qisqartirilgan[12][13]. Cataraqui nomi bilan bugungi kunda Princess koʻchasi va Sydenham Road chorrahasi atrofidagi hudud ataladi. Makzur hududda Cataraqui qishlogʻi (avvalgi Waterloo deb nomlangan) joylashgan. Cataraqui, shuningdek, munitsipal saylov okrugining nomidir.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Kingston aholisining 82,4% oq tanli/yevropalik, 13,4% koʻzga koʻrinadigan ozchiliklar va 4,2% mahalliy aholi tashkil qilgan. Koʻzga koʻrinadigan eng katta ozchilik guruhlari janubiy osiyoliklar (3,4%), xitoylar (2,4%), qoratanlilar (2,0%), arablar (1,2%) va lotin amerikasiliklardir (1,0%)[14].

Etnik va madaniy kelib chiqishi (2021) Aholi Foiz
Irlandlar 33,410 25.9%
Inglizlar 32,920 25.5%
Shotlandlar 28,430 20.0%
Kanadaliklar 20,990 16.3%
Fransuzlar 14,315 11.1%
Germaniyalik-kanadaliklar 12,210 9.5%
Oqtanlilar

Yevropalik-kanadaliklar

6,675 5.2%
Britaniya orollari 6,535 5.1%
Gollandiyalik-kanadaliklar 6,395 5.0%
Italyanlar 4,630 3.6%
Kanadadagi hindular (Shimoliy Amerika hindulari)

Kanadadagi mahalliy xalqlar

3,825 3.0%
Polshalik-kanadaliklar 3,550 2.7%
Xitoylik-kanadaliklar 3,155 2.4%
Valliy(uelslik)-kanadaliklar 3,025 2.3%
Eslatma: bir kishi bir nechta etnik guruhga tegishli ekanligini aytishi mumkin.
Kingston shahridagi panethnic guruhlar (2001−2021)
Panetnik
guruh
2021[15] 2016[16] 2011[17] 2006[18] 2001[19]
Aholi soni % Aholi soni % Aholi soni % Aholi soni % Aholi soni %
Yevropalik-kanadaliklar 106,315 82.34% 104,340 86.79% 106,660 89.68% 103,540 90.78% 103,030 92.75%
Kanadadagi tub xalqlar 5470 4.24% 4,220 3.51% 3,485 2.93% 2,360 2.07% 1,765 1.59%
Janubiy osiyolik kanadaliklar 4,430 3.43% 2,395 1.99% 1,995 1.68% 1,720 1.51% 1,430 1.29%
Sharqiy osiyolik kanadaliklar 3,990 3.09% 3,250 2.7% 2,505 2.11% 2,920 2.56% 2,035 1.83%
Afrikalik kanadaliklar 2,600 2.01% 1,750 1.46% 1,105 0.93% 1,030 0.9% 685 0.62%
Yaqin sharqlik kanadaliklar 2,300 1.78% 1,480 1.23% 1,065 0.9% 645 0.57% 530 0.48%
Janubiy osiyoliklar 1,860 1.44% 1,300 1.08% 1,035 0.87% 755 0.66% 755 0.68%
Lotin amerikalik kanadaliklar 1,270 0.98% 885 0.74% 805 0.68% 710 0.62% 595 0.54%
Boshqalar 875 0.68% 590 0.49% 280 0.24% 360 0.32% 265 0.24%
Umumiy javoblar 129,115 97.46% 120,215 97.11% 118,930 96.41% 114,050 97.31% 111,085 97.28%
Umumiy aholi 132,485 100% 123,798 100% 123,363 100% 117,207 100% 114,195 100%

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ottawa Valley election results: Mayoral Races“. CTV Ottawa (2014-yil 28-oktyabr). 2014-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  2. „Population and Dwelling Count Highlight Tables, 2016 Census“. Statistics Canada (2017-yil 8-fevral). 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-fevral.
  3. „Table 36-10-0468-01 Gross domestic product (GDP) at basic prices, by census metropolitan area (CMA) (x 1,000,000)“. Statistics Canada (2017-yil 27-yanvar). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  4. Osborne 2011, p. 81
  5. Quebec History – Cataraqui (Wayback Machine saytida March 4, 2016, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
  6. „Cataraqui Archaeological Research Foundation - About“. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  7. Histoires de Bâtiment – Naval Historic Sites – Kingston (Wayback Machine saytida April 13, 2014, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
  8. All About Canada, Kingston, Ontario-Settlement and Early Days (Wayback Machine saytida April 13, 2014, sanasida arxivlangan) Retrieved April 12, 2014
  9. Brown, Ron. Hidden Ontario: Secrets from Ontario's Past. Toronto: Dundurn, 2011 — 98–100 bet. ISBN 978-1554889556. 
  10. Young, Susan „Celebrating Lemoine Point Farm“. The Kingston Whig-Standard (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  11. „Indigenous People - City of Kingston“. www.cityofkingston.ca. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  12. Armstrong 1973, p. 67.
  13. „Chronology of the History of Kingston“. Kingston Historical Society. 2012-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
  14. „Profile table, Census Profile, 2021 Census of Population - Kingston, City (CY) [Census subdivision, Ontario“]. www12.statcan.gc.ca (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  15. „Census Profile, 2021 Census of Population“. www12.statcan.gc.ca (2022-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  16. „Census Profile, 2016 Census“. www12.statcan.gc.ca (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  17. „NHS Profile“. www12.statcan.gc.ca (2015-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  18. „2006 Community Profiles“. www12.statcan.gc.ca (2019-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
  19. „2001 Community Profiles“. www12.statcan.gc.ca (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.