Foydalanuvchi:Mohigul Xandamova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti