Foydalanuvchi:Mirtojiyeva Laylo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atoqli shoirimiz Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko'z qishlog'ida dunyoga keladi. Buyuk shoirimiz, jamoat arbobi Abdulla Oripov zamonaviy she'riyatimizning yetuk darg'alaridan desak adashmagan bo'lamiz. Shoirimiz o'z she'rlarida hayotga bo'lgan muhabbat, inson qalbidagi ziddiyatlar, murakkabliklarga o'ziga xos, teran yo'sinda yondasha olgan buyuk shoirdir. Abdulla Oripov o'z she'rlari bilan o'zbek she'riyatiga yangicha ruh olib kirgan. O'zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she'riyati katta o'rin tutadi. Uning "Sohibqiron", "Ezgulik", "Men nechun sevaman O'zbekistonni" kabi bir qator kitoblarida Vatanni sevish, uni ulug'lash, insonlar qalbidagi kechinmalar, ularga yechim izlash kabi bir qator masalalarga o'ziga xos yondasha olgan. Uning she'rlari butun umr kelajak avlodlarga meros bo'lib qoladi.